I texnologik qismi 6 I payvandlanayotgan buyumning tavsifi 6
Jarayonlar bo’yicha tekshirishga
Download 309.35 Kb.
|
Рахмаоналиев Шодиербек БМИ 23,05,2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyor payvand birikmalarni tekshirish
- III.3. Sifat nazorati usullari 15
Jarayonlar bo’yicha tekshirishga qo’yidagilar kiradi:
a) detallarni payvandlashga tayyorlashni, payvandlash rejimini va choklarning to’g’ri joylashtirilishini tekshirish; b) payvandlash jarayonida uskunalar holatini, qo’shimcha ashyolar hamda nazorat-o’lchash asboblari sifatini va mos kelishini tekshirish. Tayyor payvand birikmalarni tekshirish termik ishlov berishdan keyin (agarda u texnologik jarayon talablarida ko’zda tutilgan bo’lsa) bajariladi. Payvand birikmalarni nazorat qilish usullari asosiy ikki guruxga bo’linadi: buzmasdan nazorat qilish va buzib nazorat qilish. Buzmasdan nazorat qilish vazifasiga nafaqat nuqson mavjudligi yoki uni bartaraf etish, balki nuqson darajasi aniqlanadi. Olingan ma’lumot birinchidan ta’mirlash imkon darajasini beradi; ikkinchidan, nuqson xosil bo’lish sababini aniqlash va uni bartaraf etish yo’lini topish. Bu nazorat usullari guruxiga: 1. Choklarni ko’zdan kechirish va o’lchamlarini o’lchash; 2. Radiatsion defektoskopiya; 3. Ultratovush defektoskopiya; 4. Magnit va elektr-magnit defektoskopiya; 5. Kapillyar defektoskopiya; 6. Oquvchanlik defektoskopiyalari qiradi. Buzmasdan nazorat qilishda nazorat ob’ekti bo’lib buyum xisoblanadi, buzib nazorat qilishda esa nuqsonni aniqlash uchun buyum bilan bir vaqtda o’sha texnologik rejimlarda o’sha metalldan namuna plastinalar payvandlanadi (ba’zan namunalar bevosita buyumning o’zidan qirqib olinadi) va nazorat qilinadi. Buzib nazorat qilish guruxiga: 1. Mexanik sinov; 2. Metallografik tekshirish; 3. Korroziyaga tekshirish; 4. Payvandlanuvchanlikka sinashlar qiradi. III.3. Sifat nazorati usullari15 1) Choklarni ko’zdan kechirish va o’lchamlarini o’lchash Tekshirishning bu usuli payvandlashda zarur va keng tarqalgan usullardandir. Payvandlashda yomon payvandlanadigan po’latlarning payvand choklarini qayta-qayta ko’zdan kechirish tavsiya etiladi. Ko’zdan kechirish bilan darz ketgan joylar yoki birikkan elementlar o’qlarining noperpendikulyarligi, biriktiriladigan elementlar qirralarining surilganligi, choklarning o’lchamlari va shakllari nomuvofikligi (balandligi, kateti va chok kengligi hamda kuchaytirishning bir tekismasligi, qatlamlanishi bo’yicha), barcha ko’rinishlar va yo’nalishlardagi darzlar, erib to’planib qolgan joylar, kesiklar, kuygan joylar, to’ldirilmagan kraterlar, yaxshi payvandlanmagan yerlar, g’ovaklik va boshqa nuksonlar, bir kesimdan ikkinchi kesimga o’tishning ravonmasligi, payvandlangan uzel (buyum)ning umumiy geometrik o’lchamlarining chizma va texnik shartlarga to’g’ri kelmasligi, payvandchining tamg’asi yo’qligi yoki qo’yilgan tamg’aning joriy qilingan talablarga mos kelmasligi aniqlanadi. Bittasini ham koldirmasdan barcha payvand birikmalarni ko’zdan kechirish lozim. Tashqi ko’rik va payvand birikmalarni o’lchash tekshirish ob’ekti yetarlicha yoritilgan sharoitda amalga oshiriladi. 2) Oquvchanlik usuli bilan ob’ektning germetikligini buzuvchi tirqishlar topiladi. Germetiklik deb sosud devori yoki birikmalar orasidan gaz yoki suyuqlikni o’tishini cheklab qo’yyuvchi xususiyatga aytiladi. Gidravlik sinovlar. Tekshirishning bu usulida payvand quvur suvga to’ldiriladi. Shundan keyin nasos yoki gidravlik press bilan ish bosimidan 1,25 marta va undan ortiq bosim hosil qilinadi. Gidravlik sinash usuli, tutib turish vaqti, bosim kattaligi va yul qo’yiladigan oqish tekshiriladigan ob’ekt uchun belgilangan texnik shartlarda ko’rsatiladi. Gidravlik sinashlar bosim ostida ishlaydigan bug’ va suv kozonlari, quvurlar va idishlarning mustahkamligini hamda zichligini tekshirishda bajariladi. Download 309.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling