I texnologik qismi 6 I payvandlanayotgan buyumning tavsifi 6


Download 309.35 Kb.
bet13/14
Sana26.10.2023
Hajmi309.35 Kb.
#1724275
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Рахмаоналиев Шодиербек БМИ 23,05,2023

Dastlabki nazorat qilishda quyidagilarni tekshirib o’tildi:
a) payvandlash ashyolari (elektrodlar, payvandlash simi, flyuslar va gazlar) hamda defektoskopiya uchun ashyolar;
b) payvandlash uskunalari, yig’ish-payvandlash moslamalari, nazorat o’lchash asboblari, qurollar, apparatura hamda defektoskopiya o’tkazish uchun asboblar.
Payvandchilar, nazoratchi-defektoskopchilar va payvand choklarini tekshirish masalasi bilan shug’ullanuvchi muxandis-texnik xodimlar malakasi, albatta tekshirib o’tildi. Murakkab va o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan payvand buyumlarni tayyorlash bilan bog’liq, bo’lgan payvandlash ishlarini bajarishga fakat Davlat texnik nazorati tomonidan tasdiklangan «Payvandchilarni attestatsiya qilish qoidalari»ga muvofiq sinovdan o’tgan va belgilangan nusxadagi «Payvandchi guvohnomasi» bulgan payvandchilargina qo’yilishi mumkin. Har bir payvandchi o’z guvohnomasida belgilangan payvandlash ishlariga qo’yilishi lozim.

  1. Berilgan materiallaga asosan payvandlash usuli tanlangan, payvandlash jihozi tanlangan.

Flyus ostida payvandlash usuli 1939 yilda Ukraina Fanlar Akademiyasining Elektr payvandlash institutida Ye.O. Paton ishtiroki bilan, N.G. Slavyanov g’oyasi asosida ishlab chiqildi, va o’shanda bu usulga «flyus ostida taqir elektrod bilan tezkor avtomatik payvandlash» nomi berilgan
Elektr-shlak payvandlash – bu eritib payvandlash usuli bo’lib, bunda chokni qizdirish uchun, issiqlik, erigan shlak orqali o’tayotgan elektr tok yordamida qizdirladi.
Plazmali payvandlash – bu eritib payvandlash usuli bo’lib, bunda metall qizishini siqilgan yoy ta’minladi. Plazmali payvandlashda issiqliq manbai sifatida elektr yoy qo’llaniladi, uning ustuni ishlanayotgan buyumning issiqliq energiyasini tarkibini oshirish maqsadida iloji boricha qisilgan. Plazmali payvandlashda asosiy uskuna bo’lib plazmatron - plazmaning generatori ya’ni yuqori haroratga ega bo’lgan ionlashgan gaz.

  1. Quvurlarni sifatini ta’minlovchi sifat nazorati (tashqi ko’rish, oquvchanlik defektoskopiya) tanlangan.

Tekshirishning bu usuli payvandlashda zarur va keng tarqalgan usullardandir.
Payvandlashda yomon payvandlanadigan po’latlarning payvand choklarini qayta-qayta ko’zdan kechirish tavsiya etiladi. Ko’zdan kechirish bilan darz ketgan joylar yoki birikkan elementlar o’qlarining noperpendikulyarligi, biriktiriladigan elementlar qirralarining surilganligi, choklarning o’lchamlari va shakllari nomuvofikligi (balandligi, kateti va chok kengligi hamda kuchaytirishning bir tekismasligi, qatlamlanishi bo’yicha), barcha ko’rinishlar va yo’nalishlardagi darzlar, erib to’planib qolgan joylar, kesiklar, kuygan joylar, to’ldirilmagan kraterlar, yaxshi payvandlanmagan yerlar, g’ovaklik va boshqa nuksonlar, bir kesimdan ikkinchi kesimga o’tishning ravonmasligi, payvandlangan uzel (buyum)ning umumiy geometrik o’lchamlarining chizma va texnik shartlarga to’g’ri kelmasligi, payvandchining tamg’asi yo’qligi yoki qo’yilgan tamg’aning joriy qilingan talablarga mos kelmasligi aniqlanadi.

Download 309.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling