I texnologik qismi 6 I payvandlanayotgan buyumning tavsifi 6


Download 309.35 Kb.
bet12/14
Sana26.10.2023
Hajmi309.35 Kb.
#1724275
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Рахмаоналиев Шодиербек БМИ 23,05,2023

3,4.1-rasm Uchma-uch choklaming asosiy konstruktiv yelementlari:
a - kichik qalinlikdagi uchlami tayyorlamasdan; b - V-simon ajratish bilan16

A) B) D)
3,4.2-rasm. Burchakli, y a ni ustma-ust, tavr choklaming asosiy konstruktiv yelementlari: a - normal (m ye’yordagi), b - qavariq, d – botiq
Payvand birikmalarini yeritib payvandlashning istagan uslublari bilan bajarishda choklaming yeni va balandligi notekis b oiisbi, balandliklar, chuqurchalar, katetlari va burchak choklarining balandligi bir tekis bo’lmasligi mumkin17
IV. XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

Bitiruv ishining bu qismida ishlash jarayonida hayot faoliyatining xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari kurib chiqiladi.


Hayot faoliyati deb insonni har kungi faoliyati, dam olishi, yashash tarziga aytiladi.
Insonlarni texnosferadagi faoliyatining xavfsizligini asoslarini o’rganishga kirishishni avvalo tirik mavjudotlarning o’zaro va atrof-muhit bilan bir-biriga munosabati to’g’risidagi umumiy bilimlarda HFXni o’rnini bilishdan boshlash kerak.
Yong’inlar sanoat korxonalari, xalk xo’jaligini hamma tarmoqlari, qishloq xo’jaligi va turar joy massivlarida yuz berishi, yetkazadigan zarari jihatidan tabiiy ofatlarga tenglishishi mumkin bo’lgan hodisa hisoblanadi. Yong’inlar katta moddiy zarar keltirishi bilan birga og’ir baxtsiz hodisalar zaharlanish, quyish bilan bilan birga kishilar hayotini olib ketgan xollar ko’plab uchraydi.
Olimlarni atrof-muhitni o’zgarishiga insonlarni ta’siri XIX va XX asrlarda xavotirga keltira boshladi. Biosfera o’zining xokimligini asta-sekin yo’qota boshlab, insonlar yashaydigan joylarda ishlab chiqarish rivojlanishi va tabiatga ta’siri natijasida texnosferaga aylana boshladi. Tirik va tirik bo’lmagan materiyadagi o’zaro biologik munosabatlar, fizik va kimyoviy jarayonlarga o’z o’rnini bo’shata boshladi, jamiyatda tabiatni va insonlarni texnosferaning negativ faktorlaridan muxofazalash talabi yuzaga keldi.
Shuning uchun ham yong’inga qarshi kurash barcha aholining umumiy burchi hisoblanadi va bu ishlar davlat miqyosida amalga oshiriladi.
Umuman yong’in chiqmasligini ta’minlash, yong’in chiqkan taqdirda ham uning rivojlanib, tarqalib ketmasligi chora-tadbirlarini ko’rish, birinchidan moddiy boyliklarni saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar bo’lsa, ikkinchi tomonidan esa, inson salomatligi va uning hayotini saqlab qolish chora-tadbirlari amalga oshirilishi, bu masalalar hayot faoliyati xavfsizligining tarkibiy qismi ekanligidan dalolat beradi.
Bizning vazifamiz yong’in haqida asosiy tushunchalar berish bilan birga, unga qarshi samarali kurash olib borish, yong’inni o’chirishda qo’llaniladigan birlamchi vositalar, hamda yong’inga qarshi qo’llaniladigan har xil zamonaviy xabar bergichlarni qo’llash tartibi bilan tanishtirishga qaratilgan.
Bu tutun va gazlarni eshik va derazalar orkali, shuningdek aeratsiya fonarlari orkali, maxsus konstruksiyadagi tutun chikarib yuborish orkali, maxsus konstruksiyadagi tutun chikarib yuborish oraliklari ta’minlanadi, yengil kulaydigan devorlar(maxsus ishlangan)orkali xam chikarib yuborilishi mumkin. Tutun chikarib yuborish oraliklari xosil bo’lgan tutunni yonidagi xonalarga o’tkazmaslikni ta’minlashi, shuningdek yong’inni tartibga keltirishi, ya’ni yong’inni kerakli yo’nalishga yo’naltirish imkoniyatini berishi kerak. Tutun chikarib yuborish teshiklari podval xonalarda, fonarsiz sanoat binolarida va skladlarda ko’llanilishi mumkin. Bu teshiklarning kesim maydonlari xisoblash yo’li bilan topiladi.
Yong’in bo’lgan takdirda xonalardagi tutunni chikarib yuborish vositalari. Ma’lumki yong’in bo’lgan vaktda undan xosil bo’ladigan tutun nixoyatda katta xajmni tashkil kiladi. Shuni aytib kerakki yong’inning inson uchun eng zararli omili xam mana shu tutun ta’siridan bo’gilishi va zaxarlanish ayniksa ko’prok uraydi. Tutunning tarkali va bo’guvchi ta’siri natijasida binodagi odamlarni evakuatsiya kilish kiyinlashadi va alangalanayotgan yerga yetib borishning kiyinlashishi o’tni o’chirishda qiyinchiklar tugdiradi. Tutun ayniksa ko’kavatli binolarda ayniksa ko’plab qiyinchiklar tugdiradi.
Yengil kulaydigan devorlar konstruksiyalari oldindan xisoblar o’rnatilgan bo’ladi va yong’in natijasida xosil bo’lgan gazlar bosimi xavfli vaziyat vujudga keltirsa, bu konstruksiyalar kulab, binoning asosiy konstruksiyalariga zarar yetkazmaslikni ta’minlaydi. Yengil ko’lovchi konstruksiyalar asosan binoning tashkariga chikib turgan devorlariga yoki to’siklariga o’rnatilgan bo’ladi.
Bular bosim ma’lum mikdordan oshib ketganda bu gazlarni chikarib yuborish imkoniyatini beradi. Bundan tashkari bosim oshib ketganda ochilib ketishi mumkin bo’lgan panel klapanlardan xam foydalaniladi. Bular devor va tomga o’rnatilgan bo’lishi kerak. Yengil kulovchi elementlarning kesim yuzalari xisoblash bilan aniklanadi va SM 502-77 asosida normaga keltiriladi.
O’t o’chirish vositalari. Xar kanday yonginni o’chirganda yonginni kuchayishiga olib kelayotgan omillarni va sharoitini aniklash muxim o’rinni egallaydi. Bunda yonishning davom etishini to’xtatuvchi sharont yaratish katta axamiyatga ega. Yonginni o’chirganda kattik jismlar yonganda yonginning tezligi 4m/min, suyukliklar yuzasi bo’yi esa 30m/min ekanligini xisobga olish kerak.
Yonishdan xosil bo’lgan maxsulotlar asosan kattik changsimon moddalar, parlar va gazlardan iborat bo’ladi.
Undan xosil bo’ladigan xarorat esa, moddaning yonganda issiklik ajratishi va yonish tezligi va alanganing tarkalishi, shuningdek binoning xajmi va xavo almashish sharoitlariga boglik bo’ladi.
Yukori xarorat ta’sirida kizigan tutun, yonish maxsulotlarini tezlikda tarkalishga yordam beradi, shuningdek xona tutunga to’ladi va bu o’z navbatida yonginni o’chirishga xalakit beradi.
Yongin vaktida ko’p mikdora inert gazlar, yonuvchi gazlar va shuningdek tutun ajralib chikadi. Yonuvchi gazlarning asosiy qismi zaxarli bo’lib, ularning zararli ta’siri yonayotgan materiallarning turi va yonishining intensivligiga boglik.
Zararli ta’sirchan va zaxarli gazlar yonginga karshi muxofaza katlamlari yonganda (brom birikmalari va xlor), yogoch materiallar (SO) polimer kurilish materiallari va boshka juda ko’p xolarda ajralib chikadi. To’la yonib bo’lmagan yonish maxsulotlari kizigandan keyin va sof okimi ta’sirida kaytadan alanga olib ketishi mumkin.
Yongin (o’t) o’chirish vositalari va usullari. O’t o’chirish usulari ko’yidagicha bo’lishi mumkin:
1. Yonayotgan zonani ko’p mikdorda issiklik yutuvchi materiallar yordamida sovitish.
2. Yonayotgan materiallarni atmosfera xavosidan ajratib ko’yish.
3. Yonayotgan zonaga kirayotgan xavo tarkibidagi kislorod mikdorini kamaytirish.
4. Maxsus ximiyaviy vositalarni ko’llash.
O’t o’chirish vositalari sifatida, suv. suv parlari, ximiyaviy va mexanik ko’piklar, inert va yonmaydigan gazlar, kattik, parashoksimon materiallar va maxsus ximiyaviy moddalar va aralashmalardan foydalaniladi.
Suv bilan o’chirish. Suv eng ko’p tarkalgan arzon va shuning bilan birga xamma bo’lgan o’t o’chirish vositasi bo’lib, uning bilan xar kanday katta masshtabdagi va kichik mikdordagi yonginlarni o’chirish mumkin.
Suvning o’t o’chirishdagi asosiy xususiyati uning ko’p mikdorda issiklik yutishiga asoslangan bo’lib, u tushgan yonayotgan o’chokning xaroratini keskin kamaytirib, yonmaydigan xolatga olib keladi. 1litr suvni 1 oS gacha isitish uchun 4, 2 kDj issiklik sarflanadi. Demak 1 litr suvni xavo xarorati 20 oS kaynash xaroratigacha chikarish uchun 335 kDj issiklik sarflanadi. Uning parga aylanishi uchun esa 2260 kDj issiklik sarflanadi. Bundan tashkari 1litr suv 17000l parga aylanishini xisobga olsak, unda yonayotgan zonadan kislorolni sikib chikarishi xisobiga yana alanganing o’chirishini ko’shimcha ta’minlaydi.
Suv bilan reaksiyaga kirishishi mumkin bo’lgan moddalarni, masalan ishkoriy yer metallar: kaliy, natriylarni suv bilan o’chirib bo’lmaydi. Chunki bu metallar xattoki 0 oS dan past xaroratda xam suv bilan reaksiyaga kirishib suv tarkibidan vodorodni sikib chikaradi, uning xavo bilan aralashmasi portlashga xavfli aralashma xosil kiladi. Shuningdek suv bilan, kuchlanish ostida bo’lgan elektr ustanovkalarini xam o’chirib bo’lmaydi. Bunda o’chiruvchi xayoti uchun xavfli vaziyat vujudga keladi. Chunki suv elektr tokini yaxshi o’tkazadi.
Bundan tashkari yonayotgan kalsiy karbidni xam suv bilan o’chirish bo’lmaydi, buning natijasida asetilen ajralib chikishi portlash xavfini vujudga keltiradi. Suv bilan o’chirishda suvni kuchli okim sifatida, purkash yo’li bilan va mayda zarrachalar sifatida va shuningdek ko’piklantirilgan xolatlarda ko’llanilishi mumkin. Kuchli suv okimi sifatida yonayotgan zonaga yo’naltirilgan suv, birinchidan alangaga zarba beradi, ikkinchidan yonayotgan yuzani sovutadi. Bu yo’l bilan alangalanayotgan yonginlarni uzokdan turib o’chirish imkoniyatini tugdiradi.
Bunday yonginlarda yakin kelish imkoniyati, olov tapti kuchli bo’lganligidan deyarli bo’lmaydi. Kuchli suv okimi bunday yongina yo’naltirilganda asosan sovutish xisobiga alanga susayadi va alanga tarmoklari suv kuchi bilan uzib yuboriladi. Ammo kuchli suv okimi bilan xar kanday yonginni xam o’chirish imkoniyati bo’lavermaydi. Masalan bunday usulda yengil alangalanuvchi suyukliklarni o’chirishda foydklanish aksincha zararli xulosaga olib keladi. Chunki yengil alangalanuvchi suyukliklar kuchli suv okimi ta’sirida katta maydonalarga tarkaba ketishi va suvdan yengil bo’lganligi sababli suv yuzasida o’z yonishini davom ettirishi yonginning katta maydonalarga tarkab ketishiga sababchi bo’ladi.
Agar suvni purkash yo’li bilan ishlatilsa, bunda suv zarralarining kattaligi 0, 1mm dan kichkina bo’lsa, unda suv zarralarining yonuvchi jismlar bilan tutashish yuzalari katta bo’lganlari sababli yonayotgan zonadan issiklikni yutish kattalashadi, shuningdek suv zarralarikichik xajmiga ega bo’lganligi sababli uning buglanishi kuchayadi, bu o’z navbatida o’chirishning xavoni sikib chikarish omilini vujudga keltiradi va o’chirish o’z-o’zidan ma’lumki, tezlashadi.
Suv purkash usulida binolarning ichidagi yonginlarni o’chirish xam yaxshi natixa beradi. Bu usul bilan xonadagi xaroratni pasaytirish va tutunga karshi kurashish mumkin. Bu usulni ko’llashda suvni binoning yukori qismiga purkash kerak. Purkashni shunday amalga oshirish kerakki, purkalgan suv iloja boricha ko’prok yonish maxsulotlari bilan to’knashsin. Purkalgan suv zarrachalari pastga karab yo’naladi, ko’tarilayotgan issiklik bilan to’knashib bugga aylanadi va bu bug yo’nalishini o’zgartirib yukoriga karab yo’naladi, buning natijasida xosil bo’lgan bug xonaning yukori tomonini egallaydi va yonayotgan zonani bosadi. Yirikrok zarrachalar esa kizib, pastga karab yo’nalish davrida yonishdan xosil bo’lgan maxsulotlar bilan birikib pastrokka yonish o’chogiga yo’naladi va bu yerda parlanib yana xavoning o’rnini egallaydi. Bu bilan ajralayotgan tutuni bosim xonani sovutadi, kislorodli xavoning kirish yo’lini bosim ortishi xisobiga kamaytiradi. Bu esa yonginni o’chirish imkoniyatini yaratadi. Suv purkash yo’li bilan 120 oS xaroratdan yukori xaroratlarda chaknashi mumkin bo’lgan yonuvchi suyukliklarni o’chirishda xam foydalanish mumkin.
Bug yordamida o’chirish. Ba’zi bir sanoat korxonalarida juda ko’p mikdorda bug xosil bo’lishi mumkin. Bunday korxonalarda yongin chikkan takdirda bugdan foydalanish maqsadga muvofik xisoblanadi.
Bug bilan o’chirishning asosiy moxnyati, bugning xonalarga yuborilishi natijasida u, bu xonadagi kislorodga boy avoni sikib chikarib, uning o’rnini egallashga asoslangan. Bugning o’t o’chirish samaradorligi uning ma’lum bir xonaga yuborilgan mikdoriga boglik bo’ladi. Bunda bug yonayotgan xonadagi asosiy bo’shliklarning xammasini to’ldirib, kislorodli xavoni butunlay sikib chikarishi kerak. Bunda xosil bo’ladigan ortikcha namlik o’t o’chirishning asosiy vositasi bo’la olmaydi.
Yukori bosimga mo’ljallangan vodoprovod sistemasida esa xisoblangan mikdordagi suvni stvollar yordamida binoning eng yukori nuktasidan kamida 10m uzoklikka otib berishi kerak. Bunday vazifalarni bajarish uchun vodoprovod baklarini yetarli darajadagi balandlikka o’rnatish bilan yoki ayrim xollarda nasoslar yordamida amalga oshiriladi.
Sanoat korxonalarida o’t o’chirish uchun kerak bo’ladigan suvning mikdor sanoat korxonasining yongin kategoriyasi va bu binoning o’tga chidamlilik darajasiga va uning umumiy xajmiga karab belgilanadi.
Mashinasozlik sanoat korxonalarida yongin o’chirish uchun suvning mikdori 10 l/s dan 40 l/s belgilanadi.
Agar vodoprovod sistemasidan yonginni o’chirish uchun suv olishi texnik tomonidan mumkin bo’lmasa (masalan ichimlik suvni ingichka vodoprovod quvurlari orkali keltirilayotgan bo’lsa) unda sanoat korxonalarini territoriyasida suv saklovchi kurilmalar tashkil kilinadi. Bundan suv saklovchi kurilmalarning xajmi yongin vaktida undan olinadigan suvning maksimal mikdori 3 soatga yetadigan bo’lishi kerak.
Yonginga karshi kurilgan vodoprovod sistemalari aylanma vodoprovod sistemasigasuv ikkita trubopprovod bilan umumiy sistemaga ulanadi. Yonginga karshi gidrantlar sanoat korxonasi maydonida bir-biridan 100 m dan ortik bo’lmagan masofada joylashtirildi va ular bino devoriga va ko’chlar kesishgan joylarga 5 m dan yakin bo’lmasligi kerak.
Ko’pik bilan o’chirishning asosiy xususiyati, u yengil alangalanuvchi suyuklik yuzasini yoki kattik jism yuzasini yupka ko’pik kavati bilan koplashi natijasida, yonayotgan modda bilan xavodagi kislorod o’rtasida to’sik xosil kiladi. Bu to’sikning mustaxkamligi ko’pikning turganlik xossasiga boglik bo’ladi. Chunki ko’pik yengil alangalanuvchi suyuklikdan ancha yengil bo’lganligi sababli uning yuzasida muxofaza kobigi tashkil kiladi va bu kobik suyuklik parlari xosil bo’lishiga to’skinlik kiladi va shuningdek kislorod kirmasligini ta’minlaydi. Agar ko’pikning turgunligi kam bo’lsa, unda suyuklik yuzasida uzilish xosil bo’lishi mumkin, ya’ni tarang tortilib turgan parda ochilib ketishi mumkin, bu esa albatta alangalanishning kaytadan boshlanishiga sharoit yaratadi. Bundan tashkari ko’pikning issiklik o’tkazish xususiyati juda past bo’lganligidan, yonayotgan yuzadan issiklikni suyuklik yuzasiga ta’sir etishiga to’siklik kiladi.
Ximiyaviy ko’piklar asosan ko’lda ishlatiladigan o’t o’chirgichlarda keng ko’llaniladi. Ularning mukim o’rnatiladigan turlari xam bor.
Mexanik ko’piklar esa 4-6 ko’pik xosil kiluvchi poroshoklar yoki rastvorlarni suv va xavo bilan aralashtirilishi xisobiga ko’pik generatorlari, ko’pik xosil kilish stvollarida ko’pikka aylantirib ishlatiladi.
O’chirish uchun ishlatiladigan ko’piklarning xarakterli belgalari, ularnin turgunligi va ko’pik xosil kilish darajasi xisoblanadi. Ko’pik xosil kilish xarajasi bu xosil bo’lgan ko’pikning uni xosil kilish uchun sarflanadigan moddalarga nisbatan xisoblanadi. Ko’pik xosil kilish darajasi ximiyaviy ko’piklar uchun 5, mexanik ko’piklar uchun 8-12 bo’lishi mumkin. Yukori ko’piruvchi mexanik ko’piklarda bu mikdori 100 va undau katta bo’lishi mumkin. Ko’pikning turgunligi esa uning katta xaroratda so’nmasdan ma’lum vaktgacha chidash berishi xisoblanadi. Ximiyaviy ko’piklar suyuklik yuzasida 1 soatgacha PO-I yordamida olingan mexanik ko’piklar 30 min, PO-6 yordamida xosil kilingan ko’piklar esa 40-45 minut turgunlikka ega bo’lishi mumkin.
Sanoat korxonalaridagi o’t o’chirish sistemalarining asosiy qismini suv va ko’piksimon moddalar tashkil kiladi. Shuni xam ta’kidlash kerakki, suv va ko’pik bilan xamma yerda va xar kanday yonginlarni o’chirish mumkin emas. Chunki ba’zi bir xolatlarda ximiyaviy reaksiyalar sanoat chikindilari ta’sirida yetarli darajada unumdor ko’pik ajratmasdan, ulardan boshka moddalar ajralib chikishi yonginni kuchaytirishga olib kelishi mumkin.
Ko’pikni xilma-xil kurilmalarda xosil kilish mumktn: bular doimiy o’rnatilgan, ko’chirib yuborish mumkin bo’lgan yoki xarakatlanuvchi kurilmalar va ko’lda ishlatiladigan o’t o’chirgichlardir.
Qo’lda ishlatiladigan ko’pikli o’ch o’chirgichlar juda keng taralgan o’ch o’chirish sistemalari xisoblanadi. Ularning keng tarkalganligiga asosiy sabab, o’t o’chiruvchi moddani xoxlagan vaktda ishlatish mumkin. Uni ishlatish juda oson va uni bir odam bir necha sekund davomida ishga tayyorlashi va ishlatishi mumkin. Bundan tashkari undan ajralib chikadigan ko’piksimon modda okim sifatida anchagina bosim yordamida (6-8ati) bir necha metr masofadagi yonayotgan zonaga 6-8m) yo’naltirilishi mumkin. Bu esa uni samarali ishlatish imkoniyatini beradi.
V. EKOLOGIK QISMI

Ekologiya yunoncha "oikos" (eykos) - yashash joyi, makon va «logos» - fan, so’zidan olingan bo’lib, tirik organizmlarning tevarak atrofdagi muhit bilan o’zaro munosabatini o’rganadigan biologik fan hisoblanadi. Ekologiya muhit omillarining o’simlik va hayvonlar organizmiga ta’sirini, organizm va populyatsiyaning muhitomillariga ko’rsatadigan reaksiyalarini, populyatsiyalar soni va tizimini bir xil saqlovchi mexanizmlarni(jarayonlarni), tabiiy guruhlarning biologik mahsuldorligini, biogeotsenozlar yoki ekosistemalarning harakatlanish qonuniyatlarini va biosferani o’rganadi. Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, u inson ta’siriga qanday javob beradi bularning barchasi ekologiyaning predmetidir.


Inson borki, hayot uchun kurashadi, tabiatning barcha injiqliklariga moslashishga intiladi, har bir kishi tabiat in’omlaridan foydalanadi, quradi, bunyod etadi. Odatda inson biror maqsadni ko’zlab tabiatning muayyan bir sohasida ijobiy yoki ko’pincha salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Kishilar o’zlari uchun istiqomat joylari barpo etar ekanlar, buning atrof muhitning o’simlik va hayvonot dunyosiga qandaydir salbiy ta’siri bo’ladi, natijada tabiat kambag’allashib boradi.
Inson qurilish materiallari sifatida tabiiy o’rmonlarni keragidan ortiqcha kesadi, demak o’simlik dunyosi qisqarib, u o’z navbatida atmosfera havosini musaffo bo’lishiga rahna tug’diradi, tuproq eroziyaga uchraydi, yer osti suvlari kamaya boradi, ko’chkilar paydo bo’lib, sel natijasida jarliklar hosil bo’lishi mumkin. Bu lavha insonning tabiatga ko’rsatgan ta’siridan bir parcha xolos. Tabiatga nisbatan ko’r-ko’rona yondoshish, uning ehsonlaridan ayovsiz foydalanish pirovardida og’ir asorat qoldirishi mumkin. Bizni o’rab turgan butun tabiat, borliq, ming yillar mobaynida shunday bir muvozanatga kelganki, uning bir bo’lagiga yetkazilgan ozor boshqa bo’laklariga ham salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmaydi. Tabiatga ta’sir etishda ba’zi jiddiy xatolarga yo’l qo’yilishi mumkin ekanligini Orol fojiasi misolida yaqqol ko’rsatish mumkin.
Hozirgi zamon ekologiyasi odam va biosfera o’rtasidagi o’zaro munosabat masalalarini jadal o’rganmoqda. Hozirgi zamon ekologiyasining yana muhim vazifalaridan biri bu biologik resurslardan oqilona foydalanish, odam faoliyati ta’sirida tabiat o’zgarishlarini oldindan ko’ra bilish, tabiatda kechayotgan jarayonlarni boshqarish yollarini o’rganish, zararkunandalarga qarshi kurashning zararsiz va samarador usullarini yaratish, sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish.
Ekologiya umumiy va xususiy yoki tarmoqli bo’ladi. Umumiy ekologiya yoki sinekologiya har xil sistemalar (populyatsiyalar, jamoalar va ekosistemalar) ning tuzilishini, xossalarini hamda ularning funksional prinsiplarini, xususiy ekologiya yoki autekologiya esa ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o’zaro munosabatini, turlarning muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini o’rganadi.
Ekologiyada uning predmetlarini ob’ektini o’rganishning qo’yidagi 5 ta prinsipi ishlatiladi:
1. Ekosistemani o’rganish. Bu usul bilan ekosistemaning shakllanishini, tizimini, ekosistema komponentlarining (abiotik, biotik) o’zaro munosabatlarini, ular o’rtasidagi moddalar va energiya almashinish jarayonlarini o’rganiladi.
2. Jamoani o’rganish. Bu usul jamoaning biologik komponentlarini o’rganishga katta e’tibor beradi. Jamoa ekologiyasi boshqacha qilib aytganda sinekologiya deyiladi. Jamoani o’rganishda avvalam bor, har xil biologik birliklar (o’rmon, cho’l, dasht) tarkibida uchraydigan o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarni o’rganiladi. Ularni o’rganishda cheklovchi omillarga alohida e’tibor qilinadi.
3. Populyatsiyani o’rganish. Populyatsion ekologiya - autekologiya muammolarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Hozirgi zamonda populyatsiyani analiz qilishda populyatsiya o’sishining matematik modulini tuzish mumkin. Bundan tashqari populyatsiyadagi u yoki bu tur sonining saqlanib qolishi yoki kamayib ketishi hodisalari o’rganiladi. Tur va uning saqlanib qolish modullarini tuzishda uning tug’ilishi, hayotchanligi va o’limi katta ahamiyatga ega. Shu sababli populyatsion ekologiya qishloq xo’jaligi va meditsina sohasida uchraydigan zararkunandalar va parazitlarning ko’payib ketish holatlarini tushuntirib berishda muhim nazariy asos bo’lib xizmat qiladi va bu sohada olingan ma’lumotlarga asoslanib, zararkunandalar va parazitlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqilishi mumkin.
4. Yashash sharoitini o’rganish. Yashash sharoiti - bu muayyan bir tur individ yashaydigan joydir. Masalan chuchuk suv ko’llari, dub o’rmonzori yoki cho’l zonasini olib qarasak, bu yerlarda shu sharoitlarga moslashgan o’simlik va hayvon turlari yashaydi. Har bir tur o’zining yashash sharoitida aniq bir ekologik burchakni egallaydi. Bir xil joyni egallagan ikki tur o’rtasida yashash uchun kurash davom etib biri ikkinchisini siqib chiqarmaguncha bu kurash davom etishi mumkin.
5. Evolyusion va tarixiy ekologik prinsiplari. Evolyusion ekologiya planetamizda hayotning rivojlanishiga bog’liq bo’lgan o’zgarishlarni o’rganadi. Ya’ni odamning paydo bo’lib, atmosferaga ta’siri kuchayganga qadar mavjud bo’lgan ekologik omillarning ta’siri to’g’risida tushunchalar beradi. Tarixiy ekologiya esa, kishilik jamiyatining rivojlanishi va texnologiyaning joriy qilinishi natijasida ularning tabiatda ko’rsatgan ta’sirini ta’minlovchi o’zgarishlarni o’rganadi.
Ekologik ob’ektlar qo’yidagi usullar yordamida kuzatiladi:
1. Muhitning holatini baholash va uni ruyxatga olish usullari. Bu usullarga meteorologik kuzatishlar, haroratni o’lchash, suvning tiniqligini, sho’rligini va kimyoviy tarkibini aniqlash; Tuproq muhitini aniqlash, yorug’lik tushish, radiatsion fonni, muhitning kimyoviy va bakterologik ifloslanishini aniqlash va shu kabilar kiradi.
Bundan tashqari ekolog ekologik ob’ektlar va muhitning sifat holatlarini doimo kuzatib borishi lozim yoki monitoring bo’lishi kerak. Suv, havo, tuproq va o’simliklar tarkibidagi zararli aralashmalarning tarkibini doimo aniqlab kuzatib borish hozirgi zamon ekologiyasining muhim vazifalaridandir.
2. Tabiiy jamoalardagi o’simliklar va hayvonlar mahsuldorligi va biomassasini aniqlash va uni baholash usullari. Buning uchun nazorat maydonchalarda individlarni hisoblash, tuproq yoki suv massasida (hajmida) organizmlarni aniqlash, marshrutni hisoblash, hayvonlarni ovlash va ularni belgilab keyin ular orqali kuzatishlar olib borish, hattoki hayvonlar, baliqlar sonini daraxtlar qalinligini ekinlar holati va hosildorligini kosmik kuzatishlar yordamida aniqlash kabi usullar qo’llaniladi.
3. Tashqi muhit omillarining tirik organizmlar faoliyatiga ta’sirini o’rganish. Bu usul turli xillarda amalga oshiriladi. Chunonchi u yoki bu ob’ekt yuzasidan uzoq vaqt va murakkab kuzatishlar olib boriladi. Bunda ko’pincha ekspremental kuzatishlar o’tkaziladi. Bu usullar bilan ekosistemani doimiyligini va uning tarkibidagi o’simliklar hayvonlar va odamlarning har xil sharoitga moslashish belgilarini aniqlash mumkin.
4. Ko’p turli jamoalardagi organizmlarning o’zaromunosabatlarini o’rganish usullari. Bu usullar ekosistemaning muhim qismi hisoblanadi. Ular yordamida tabiatda yoki laboratoriyada organizmlarning trofik munosabatlarini aniqlash mumkin. Masalan radioaktiv izotoplar yordamida bir organizmdan ikkinchi organizmga qancha miqdorda organik moddalar va energiya (ya’ni o’simliklardan o’txo’r hayvonlarga, o’txo’r hayvonlardan yirtqichlarga) o’tganligini aniqlash mumkin.
5. Matematik modellashtirish usullari. Bu usul bilan atmosferaning ifloslanishi, daryolarning o’z-o’zini tozalash holatlarini aniqlash oson, biroq ekologik sistemalarni

VI. IQTISODIYOT QISMI


Korxonalarning asosiy belgisi ularning o’zlariga tegishli mulkning mavjudligidir. Aynan shu narsa korxonalarning moddiy- texnik imkoniyatlarini belgilab beradi hamda ularning iqtisodiy erkinligi va kelajagini taminlaydi. Muayyan mulkdan foydalanmasdan hech bir korxona o’zining xo’jalik faoliyatini amalga oshira olmaydi.


Korxonalar egalik qiladigan mulk ko’chmas va ko’chirib bo’ladigan mulklarga ajraladi.
Ko’chmas mulkka yer uchastkalari, yer osti boyliklari, maxsus suv ob’ektlari va umuman yer bilan bog’liq bo’lgan buzilmas narsalar, shu jumladan o’rmonlar, ko’p yillik daraxtlar, inshootlar, binolar kiradi.
Ko’chirib bo’ladigan mulkka ko’chmas mulkka kirmaydigan narsalar hamda pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlar kiradi.
Korxona mulkini aylanma aktivlar va uzoq muddatli aktivlarga ham ajratish mumkin. Bunda korxona mulkining nafaqat ijtimoiy ko’rinishi balki ishlab chiqarish jarayonidagi roli, ahamiyati va korxona iqtisodiyotiga tasiri ham hisobga olinadi.
Uzoq muddatli aktivlar korxona xo’jalik faoliyatida uzoq muddat mobaynida qatnashadi. Bu amortizatsiya jarayonining davomiyligi va aylanma tezligining sekinligi bilan bog’liq. Shuning uchun ular uzoq muddatli yoki sekin aylanadigan aktivlar deb ataladi. Shuningdek, ular immobilizatsiya fondlari ham deb ataladi.
Korxonalarda uzoq muddatli aktivlarning tuzilishi va tarkibi bir-biridan jiddiy farq qiladi. Biroq, barcha korxonalar uzo muddatli aktivlari tarkibida asosiy fondlar salmoqli hissani tashkil etadi.
Asosiy fondlar - bu moddiy (ashyoviy) boylik bo’lib, o’zining tabiiy ko’rinishi, uzoq vaqt mobaynida o’zgartirmaydi hamda qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga qismlab o’tkazadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari umumiy ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi hisoblanadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati, mehnatning qurollanganlik darajasi asosiy ishlab chiqarish fondlarining hajmiga bog’liq. Asosiy fondlarning va mehnatning qurollanganlik darajasining oshishi mehnatga ijodiy xarakter bag’ishlaydi va jamoaning madaniy – texnik darajasini oshiradi.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida asosiy fondlar ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi, iqtisodiy o’sishni taminlovchi barcha omillar ichida asosiy o’rinni egalaydi.
Asosiy fondlar jamiyat moddiy resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Ularning 65% dan ko’prog’i asosiy ishlab chiqarish fondlariga to’g’ri keladi.
Asosiy fondlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko’ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo’linadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadi. U o’zining amal qilish sikli davomida ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta ishlatiladi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari bosqichma – bosqich eskirib, o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qismlab o’tkazib boradi. Ular amortizatsiya ajratmalari hisobiga qoplanadi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlariga korxona balansida turgan, xodimlarga xizmat qiladigan turar joylar, bog’cha, sport muassasalari va boshqa madaniy-maishiy xizmat ko’rsatuvchi ob’ektlar kiradi. Ishlab chiqarish fondlaridan farqli o’laroq ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi va o’zining qiymatini mahsulotga o’tkazmaydi. Ularning qiymati iste’molda yo’q bo’lib ketadi. Ularning o’rni to’ldirilmaydi. Ular korxona foydasi hisobiga takror ishlab chiqariladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlari ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligiga bevosita ta’sir o’tkazmasada ishchilar turmush sharoiti bilan bog’liq holda albatta korxonaning xo’jalik faoliyati natijasiga ta’sir qiladi.
Korxonalar asosiy ishlab chiqarish fondlari iqtisodiy o’xshashligiga qaramasdan umumiy maqsadi va xizmat qilish muddati bilan farqlanuvchi mehnat vositalarining asoiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ularni aloxida xususiyatlari bo’yicha muayyan guruhlarga ajratish zarurati tug’iladi.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- yer uchastkalari, egalik qilish huquqiga ega korxonaga tegishli bo’lgan tabiatdan foydalanish ob’ektlari (suv, er osti boyliklari; boshqa tabiiy resurslar);
- binolar (ishlab chiqarish – texnik, yordamchi binolar va boshqalar);
- inshootlar (injenerlik qurilish ob’ektlari, ishlab chiqarishga yordamlashuvchi inshootlar);
- uzatish qurilmalari (elektr uzatish shaxobchalari);
- mashina va jihozlar;
- o’lcham va nazorat qilish asboblari, qurilmalari va laboratoriya jihozlari;
- hisoblash texnikasi;
- transport vositalari (ichki va tashqi ishlab chiqarish)
- qiymati eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ko’p bo’lgan asbob va moslamalar;
- ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari;
- xo’jalik ichidagi yo’llar.
Asosiy fondlar alohida guruhlari o’rtasidagi nisbat asosiy fondlarning qaysi guruhi uchun mablag’ sarflanishi jamiyat uchun ahmiyatsiz emas. Chunki korxonalarni ishlab – chiqarishda asosiy o’rin egalaydigan va ularning ishlab chiqarish imkoniyatlarini xarakterlaydigan asosiy fondlarning aktiv qismi - mashina va jihozlarning ko’payishi qiziqtiradi.
Asosiy fondlaraktiv qismining normal ishlashini ta’minlaydigan binolar, inshootlar, inventarlar asosiy fondlarning passiv qismiga kiradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlar qiymatida jihozlar hissasining oshishi boshqa teng sharoitlarda shlab chiqarishning o’sishiga va fondlar qaytimining oshishiga olib keladi.
Shuning uchun aosiy fondlar strukturasini to’g’ri tashkiletish ishlab chiqarishning o’sishiga, tannarxning pasayishiga va korxona pul mablag’larining ortishga olib keluvchi shart sifatida qaraladi.
Sanoatning turli tarmoqlariga tegishli korxonalarda asosiy ishlab chiqarish fondlari strukturasi bir xil bo’lmaydi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari strukturasiga asosiy ta’sir qiluvchi omillar bo’lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot xarakteri, mahsulo ishlab chiqarish hajmi, mexanizatsiya va avtomatlashtirilganlik darajasi hamda korxonaning iqlim va geografik joylashishi va xususiyatlari hisoblanadi.
Birinchi omil binolarning qiymati va o’lchamiga, transport vositalari va o’tkazish qurilmalarining hissasiga tasir qiladi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi -maxsus ishchi mashina va jihozlari hissasining oshishiga olib keladi. Xuddi shunday uchinchi va to’rtinchi omillar ham asosiy fondlar tuzulishiga ta’sir ko’rsatadi. Asosiy fondlar tarkibidagi bino va inshootlar hissasi iqlim sharoiti bilan ham bog’liq.
Quyidagilar asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilishining yaxshilanishga olib keladi:
- uskunalarni yaxshilash va zamonaviylashtirish;
- uskunalar xususan hal qiluvchi ahamiyatga ega bolgan stanoklar, avtomatlashtirilgan va yarim avtomatlashtirilgan stanoklar, universal va murakkab stanoklar, avtomatik liniyalar hamda hisoblash dasturlash stanoklari tuzilishini takomillashtirish;
- bino va inshootlardan optimal foydalanish, bo’sh turgan joylarga qo’shimcha uskunalar o’rnatish;
- korxonaning qurilish loyihalarini to’g’ri tuzish va qurilish rejasini sifatli qilib amalga oshirish;
- ortiqcha va kam foydalaniladigan uskunalarni tugatish.
Asosiy fondlarni hisobga olish va rejalashtirish natural va pul shaklida olib boriladi. Asosiy fondlarni baholashdan oldin mashinalar soni, ularning unumdorligi, quvvati, ishlab chiqarish maydonining o’lchami va boshqa natural shakldagi miqdoriy ko’rsatkichlar aniqlanadi. Bu ma’lumotlar tarmoq va korxona ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda, ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda, uskunalar balansini tuzishda foydalaniladi.
Ushbu ko’rsatkichlar asosida uskunalar inventarizatsiya qilinadi va ularni hisobdan chiqarish, hisobga kiritish amalga oshiriladi.
Asosiy fondlarni pul (qiymat) shaklida baholash asosiy fondlarning takror ishlab chiqarishini rejalashtirish, eskirish me’yorini va amortizatsiya ajratmalari miqdorini hamda xususiylashtirish hajmini aniqlash uchun zarur hisoblanadi.
Asosiy fondlarni baholashning boshlang’ich, qayta tiklanish va qoldiq qiymat ko’rinishlari farqlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarinin boshlang’ich qiymati asosiy fondni yaratish yoki sotib olish uchun ketgan hamda uni o’rnatish, montaj uchun ketgan jami xarajatlar so’mmasidan iborat. Bundan amortizatsiya me’yori va amortizatsiya ajratmalari ko’lamini aniqlashda, korxona foydasi va rentabelligini hisoblashda foydalaniladi.
Fan-texnik taraqqiyoti natijasida asosiy fondlarni ishlab chiqarish shartlari va omillari ham o’zgarib bormoqda, binobarin, joriy bozor baholari va tariflari bilan bog’liq ravishda ularni ishlab chiqarish xarajatlari ham o’zgarib bormoqda. Hozirgi kunda asosiy fondlar joriy baholari va tariflariga birinchi darajali ta’sir qiluvchi omil bo’lib inflyatsiya hisoblanadi.
Korxona balansida asosiy fondlar vaqt o’tishi bilan turli xil qiymatda aks etib qoladi. Ya’ni, xo’jalik yuritishning hozirgi sharoitida asosiy fondlarni faqat ularning boshlang’ich qiymati bo’yicha haqiqiy baholab bo’lmaydi va shuning uchun ularni qayta baholash va bir xil qiymatga o’tkazish zarurati to’g’iladi.
Tiklanish qiymati -bu asosiy fondlarning takror ishlab chiqarish uchun hozirgi, ya’ni qayta baholash o’tkazilganidan keyingi qiymati.
Asosiy fondlar ishlatilishi jarayonida eskirib boradi va o’zining boshlang’ich qiymatini bosqichma-bosqich yo’qotib boradi. Ularning real qiymatini aniqlash uchun eskirgan qismining qiymatini aniqlash zarurati to’g’iladi. Ularning boshlang’ich yoki tiklanish qiymatidan eskirish so’mmasi ayrilib asosiy fondlarning qoldiq qiymati aniqlanadi.
Eskirishning jismoniy va ma’naviy ko’rinishlari farqlanadi.
Jismoniy eskirish deganda asosiy fondlarning boshlang’ich iste’mol qiymatining bosqichma-bosqich yo’qolib borishi tushuniladi. Bunda nafaqat ularning ishlash jarayonidagi eskirishi, balki bekor turishi natijasida ham eskirganligi kiradi. Asosiy fondlarning fizik eskirishi asosiy fondler sifatiga, ularning texnik takomillashganligiga, texnologik jarayonning xususiyatlariga, ularning ishlash vaqtiga, tashqi ta’sirlardan himoyalanganligiga hamda asosiy fondlarni parvarish qilish va ularga xizmat ko’rsatish darajasiga bog’liq.
Asosiy fondlarning jismoniy eskirishi hatto ularning bir xil elementlarida ham har xil bo’ladi. Asosiy fondlarning to’liq va qisman eskirishi farqlanadi. To’liq eskirganda ishlab turgan, asosiy fondlar yo’qotiladi va joyiga yangisi (kapital qurilish yoki eskirgan asosiy fondlarni joriy almashtirish vositasida) keltiradi. Qisman eskirish ta’mirlash yo’li bilan qoplanadi.
Asosiy fondlarning jismoniy eskirishi haqiqiy xizmat qilgan davrni normativdagi davrga bo’lish va 100 ga ko’paytirish yo’li bilan hisoblanishi mumkin. Nisbatan to’g’ri usul bu ob’ektning tabiiy holatini tekshirishdir.
Ma’naviy eskirish bu - mashina va uskunalar qiymatining ularni takror ishlab chiqarish uchun ketadigan umumiy, zaruriy xarajatlarining qisqarishi, yangi va unumdor mashina va uskunalarning joriy qilinishi ta’sirida pasayishidir. Ushbu omillar ta’sirida asosiy fondlar o’zining texnik tavsifi va iqtisodiy samaradorligi jihatdan qoloq bo’lib qoladi ya’ni ma’naviy eskiradi.
Hozirgi sharoitda ma’naviy eskirishni hisobga olishning ahamiyati ortib boradi. Ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun hali to’liq jismoniy eskirmagan, lekin ma’naviy eskirgan asosiy fondlarni yangisi bilan almashtirish kerak bo’ladi. Ma’naviy eskirgan texnikani o’z vaqtida zamonaviylari bilan almashtirmaslik mahsulot tannarxini pasaytirishga, sifatini yaxshilashga imkoniyat bermaydi. Bunday mahsulotlar bilan raqobatga kirishib bo’lmaydi.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida tijorat korxonlarida asosiy fondlarni yangilashga ketadigan xarajatlarni qoplashning asosiy manbai ularning o’z mablag’lari hisoblanadi. Bu mablag’ asosiy fonddan foydalanish mobaynida amortizatsiya ajratmasi shaklida jamg’ariladi.
Amortizatsiya - asosiy fondlar eskirishini mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qismlab o’tkazish yo’li bilan yig’ilib boriladigan pul mablag’laridir.
Asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi ko’p hollarda jadal kechadi.
Shuning uchun boshqaruvchi amortizatsiya ajratmasini tez ma’naviy eskirayotgan assoiy fondlarning o’rnini qopla oladigan darajada belgilashi lozim. Bu muammoni tezlashtirilgan amortizatsiya usuli yordamida hal qilish mumkin.
Hozirgi kunda uskunalar qiymatining katta qismini dastlabki yillardayoq ishlab chiqarish xarajatlariga o’tkazishni ta’minlaydigan notekis amortizatsiya keng qo’llanilmoqda. Masalan, birinchi yil - 50%, ikkinchi yil -30%, uchinchi yil - 20% o’tkaziladi. Bu korxonalarga inflyatsiya sharoitida qilingan xarajatlarni tezroq qoplash va uskunalarni yangilash imkonini beradi.
Sanoat korxonalarida amortizatsiya ajratmalari so’mmasi mustaqil ravishda korxonaning asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish va takomillashtirishga sarflanadi.
Asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishning turli shakllari mavjud. Oddiy takror ishlab chiqarish shakli - bu eskirgan mehnat vositalarini kapital ta’mirlash. Bunda ta’mirlash xarajatlari bevosit mahsulot tannarxiga qo’shiladi. Noishlab chiqarish fondlarini ta’mirlash uchun xarajatlar foyda hisobiga qoplanadi.
Asosiy fondlarni kengaytirilgan shaklda takror ishlab chiqarish deganda yangi qurilishni amalga oshirish, korxona faoliyatini kengaytirish, uni rekonstruksiya qilish, texnik qayta qurollanish xamda uskunalarni modernizatsiya qilish tushuniladi.
Bu shakllarning har biri aniq vazifani bajaradi, o’ziga yarasha ustunlik va kamchiliklari bor. Yangi qurilish hisobiga asosiy fondlarining barcha elementlari zamon talabiga javob bera oladign korxonalar yuzaga keladi.
Biroq hozirgi sharoitda ishlab chiqarishning susayishi bilan ko’pchilik korxonalar mablag’ yetishmasligi sababli faoliyatini to’xtatadilar.
Rekonstruksiya qilishda kapital xarajatlarning asosiy qismi eski ishlab chiqarish binolari va inshootlaridan foydalanish davrida fondlarning aktiv qismini takomillashtirishga yo’naltiriladi. Uskunalarga qilinayotgan xarajatlar hissasining ortishi mehnat unumdorligining ortshiga, ishlab chiqarishning kengayishiga va mahsulot tannarxining pasayishiga olib keladi. Uskunalarni modernizatsiyalash deganda uskunalardagi ma’naviy eskirishni to’liq yoki qisman bartaraf qilish va ishlab chiqarishga nisbatan zamonaviy konstruksiyalarni joriy qilish tushuniladi.
Uskunalarni modernizatsiyalsh bir necha yo’nalishlarda olib borilishi mumkin:
- ishlayotgan mashinalarning konstruksiyasini ularning texnik imkoniyatlarini oshiradigan qilib takomillashtirish;
- stanok va mexanizmlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash;
- uskunalarni dasturiy boshqarishga o’tkazish.
Uskunalarni modernizatsiya qilish iqtisodiy jihatdan samarali bo’lib, mehnat unumdorligi va yillik ishlab chiqarish hajmini oshiradi, mahsulot tannarxini kamayishiga olib keladi. Agar foydaning o’sishi modrnizatsiya xarajatlari tufayli asosiy fondlar qiymatining o’sishidan yuqori bo’lsa rentabillik oshgan bo’ladi.
Asosiy fondlar tuzilishining, texnik darajasining mahsulot ishlab chiqarishning oshishiga, mahsulot tannarxining kamayishiga ta’siri ulardan foydalanish darajasiga bog’liq.
Asosiy fondlardan foydalanish ko’rsatkichlarini quyidagi uch guruhga birlashtirish mumkin:
- asosiy fondlardan ekstensiv foydalanish ko’rsatkichlari. Bu ko’rsatkichlar muddat bo’yicha ulardan foydalanish darajasini ifodalaydi.
- asosiy fondlardan intensiv foydalanish ko’rsatkichlari. Bu ko’rsatkichlar ularning quvvatidan foydalanish darajasini ifodalaydi.
- asosiy ishlab chiqarish fondlaridan integral foydalanish ko’rsatkichlari. Bu ko’rsatkichlar barcha omillar - ekstensiv va intensiv omillar ta’sirini ifodalaydi.
Birinchi guruh ko’rsatkichlariga uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffitsienti, uskunalardan foydalanishning smenalilik koeffitsienti, uskunalarning ish bilan ta’minlanganlik koeffitsienti, uskuna ishlash vaqti rejimining smenali koeffitsienti.
Korxonalarda smenalilik koeffiitsentini oshirishga intilish kerak, chunki u qanchalik yuqori bo’lsa, mahsulot ishlab chiqarish ham ortadi.
Uskunalar ishining smenaliligini oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilar:
- ishchi o’rinlarining ixtisoslashganlik darajasini oshirish.
Bu ishlab chiqarishning seriyaliligini va uskunalarning ish bilan ta’minlanganligini oshiradi;
- ishlarning ritmligini oshirish;
- bekor turib qolishlarni kamaytirish;
- ta’mirlash ishlarini samarali yo’lga qo’yish;
- asosiy va maxsus yordamchi ishchilar mehnatini mexanizatsiyalash. Bu qo’shimcha ishchi kuchini ozod qilish va ularni og’ir yordamchi ishlarga yoki uchinchi smenaga o’tkazish imkonini beradi.
Uskunalarning ish bilan ta’minlanganlik koeffitsienti ham uskunalardan vaqt bo’yicha foydalanishni xarakterlaydi. Bu ko’rsatkich asosiy ishlab chiqarishdagi jami mashina parklari uchun hisoblanadi. Bu ko’rsatkich mavjud uskunalar bilan barcha mahsulotlarni tayѐrlash mehnat sig’imining uning ishlash vaqti fondiga nisbati sifatida aniqlanadi. Amaliyotda uskunalarning ish bilan ta’minlanganlik koeffitsienti smenalik koeffitsietidan ikki barobar (agar 2 smenali rejim bo’lsa) yoki uch barobar (agar 3 smenali rejim bo’lsa) kam qiymatda qabul qiladi.
Mahsulotlarning fondlar sig’imi ko’rsatkichi fondlar qiymatiga teskari ko’rsatkich hisoblanadi. Bu ishlab chiqarilgan mahsulotning har bir so’miga qancha asosiy fondlar to’g’ri kelishini ifodalaydi. Agar fondlar qaytimi o’sish tendensiyasiga ega bo’lsa, unda fondlar sig’imi kamayib boradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni oshiruvchi asosiy yo’nalishlar.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini xalq xo’jaligi miqyosida baholash qiyin. Bu muammoning yechimi mahsulot ishlab chiqarishning oshishiga, aholi istemolini to’laroq qondirilishiga, mamlakatda uskunalar badlansining oshishiga, mahsulot tannarxining kamayishiga, ishla chiqarish rentabilligining oshishiga olib keladi.
Asosiy fondlardan nisbatan to’laroq foydalanish yangi quvvatlarni jalb qilish kabi ehtiyojlarning kamayishiga olib keladi.
Asosiy fondlardan foydalanishning yaxshilanishi ularning aylanish tezligining oshganligini ham bildiradi.
Yangi korxonalarning qurilishi, uskunalarni rekonstruksiya qilinishi va texnik qayta qurollanish natijasida uskunalar unumdorligining oshishii
Xullas, asosiy fondlardan samarali foydalanish iqtisodiy islohotlarning muhim vazifasi hisoblangan - chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshishi, raqobat sharoitida mahsulotlarning tez realizatsiya qilinishi bilan ham chambarchas bog’liq.
Asosiy fondlardan samarali foydalanish ularning samaradorligini oshirishga ta’sir qiluvchi intensiv va ekstensiv omillardan qanchalik to’liq foydalanilayotganligiga bog’liq. Asosiy fondlardan foydalanishning ekstensiv o’sishi bir tomonidan kalendar davrda uskunalardan foydalanish vaqtini oshirishni taqozo qilsa, ikkinchi tomondan uskunalarning umumiy qiymatida ishlayotgan uskunalar hissasini oshirishni taqozo qiladi.
Uskunalaran foydalanish vaqtini oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilar:
- Smena o’rtasida bo’sh turib qolishlarni kamaytirish maqsadida uskunalarni ta’mirlash sifatini oshirish, o’z vaqtida asosiy ishlab chiqarishni ishchi kuchi bilan, xom-ashyo bilan, yonilg’i va yarim fabrikatlar bilan ta’minlab turish;
- Kun mobaynida uskunalarning bekor turib qolishini qisqartirish, ularning ishini smenalik koeffitsientini oshirish.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo’li ortiqcha uskunalar miqdorini kamaytirish va o’rnatilmagan uskunalarni ishlab chiqarishga tezroq jalb etish hisoblanadi. Mehnat vositalari katta qismining bekor turishi ishlab chiqarishni o’stirish imkoniyatlarining qisqarishiga, uskunalarning bekordan bekor jismoniy eskirishiga va uzoq vaqt ishlamasdan saqlanish natijasida ularning yaroqsiz ahvolga kelib qolishiga sabab bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan yaxshi saqlangan uskunalar ham ma’naviy eskirish natijasida jismoniy eskirgan uskunalar qatoriga qo’shilib qoladi.
Asosiy fondlardan foydalanishning intensiv o’sishi vaqt birligida uskunalarning ish bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishni taqozo qiladi. Uskunalarning intensiv ish bilan ta’minlanganligini oshirish uchun ishlayotgan mashina va mexanizmlarni modernizatsiyalash, ular ishining optimal rejimini o’rnatish lozim. Texnologik jarayonlarning optimal rejimda ishlash ishchilar soni va asosiy fondlarni ko’paytirmay turib mahsulot ishlab chiqarishni oshiradi va mahsulot birligiga sarflanadigan moddiy resurs xarajatlarni kamaytiradi.
Asosiy fondardan foydalanish intensivligini oshirish quyidagilarni talab qiladi: ishlab chiqarish texnologiyalarini va mehnat qurollarini takomillashtirish; mehnatni ilmiy tashkil etishni va boshqarishni takomillashtirish; ishchilarning professionaligi va bilmini oshirish; ishlab chiqarish jarayonidagi nuqsonlarni bartaraf qilish.
Texnika rivojlanishi va shu bilan bog’liq ravishda jarayonlarni intensivlashtirish chegaralanmagan. Shuning uchun aosiy fondlardan foydalanishni intensiv oshirish imkoniyatlari ham chegaralanmagan.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo’llaridan biri uning tuzilishini takomillashtirish hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarishning qanchalik o’sishi asosiy sexlarga bog’liq va shuning uchun ularning asosiy fondlar umumiy qiymatidagi hissasini oshirish lozim.
Yordamchi ishlab chiqarishdagi asosiy fondlarning ortishi mahsulotlar fond sig’imining oshishiga olib keladi, lekin bevosita mahsulot ishlab chiqarishning ortishiga olib kelmaydi. Biroq yordamchi ishlab chiqarishning proporsional ravishda rivojlanishisiz asosi sexlar to’liq quvvat bilan ishlay olmaydi. Shuning uchun aosiy fondlarning optimal ishlab chiqarish tuzilishini aniqlash ulardan foydalanishni oshiruvchi asosiy yo’nalish hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshiruvchi muhim omil - korxonalarni xususiylashtirish va aksionerlik jamiyatlariga aylantirishdir. Ikkala holatda ham mehnat jamoasi asosiy fondlarning egasiga aylanadi, ishlab chiqarish vositalarini boshqarish, asosiy fondlarning ishlab chiqarish tuzilishini mustaqil shakllantirish, shuningdek korxona foydasini boshqarish imkonini beradi. Bu maqsadli investitsiyalashni oshirishga yordam beradi.

VII.Umumiy xulosalar


1. Buyumni yuqori sifatini ta’minlovchi quvurni payvandlashning namunaviy texnologik jarayoni ishlab chiqildi. Payvand birikmalarning yuqori sifatli va ishonchli chiqishini ta’minlash uchun dastlabki tekshirish, jarayonlar bo’yicha tekshirish, tayyor payvand birikmalarni tekshirish ishlarini bajarish lozim.



Download 309.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling