I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki bolak bargli ginkgo
- 10-rasm. Ginkgo biloba.
Nazariy tushuncha: Bu ajdod faqat bitta qabila va
bitta oilani o‘z ichiga olib, oilaning yagona vakili - ikki bo'lak bargli ginkgo o'simligi hisoblanadi. Quyida shu o'simlik bilan tanishamiz. 40 Ikki bo'lak bargli ginkgo Bu o'simlik (10-rasm) har yili barglarini to lab turadigan, bo'yi 40m. ga yetib boradigan daraxt. Tanasi to'q kulrang, silliq po'stloq bilan qoplangan, uchki tomonidan shoxlanadi. Barglari o'rta qismidan bir oz o'yiq bo'lgan uchburchalc shakldagi plastinkadan iborat bo'lib, uzun bandga aylanadi. Barg plastinlcasi ba'zan yaxlit boladi. 10-rasm. Ginkgo biloba. 1-qisqargan novdadagi kuchalasimon otaliq qubbalar; 2-mikrosporangiyli mikrosporofil; 3-qisqargan novdadagi onalik qubbalar; 4-alohida olingan qubba; 5-urug‘- kurtakning bo'yiga kesimi; 6,7-urug' va uning bo'yiga kesimi; Ginkgo ikki uyli o'simlikdir: uning mikro va mega- sporangiylari har xil tuplarda hosil boladi. Mikrospo- rangiylar kalta novdalarda rivojlanadi. Ular barg qoltiqlaridan o‘sib chiqqan maxsus o'qlarda kuchalalar tarzida joylashgan. O'qlardagi mikrosporangiylar uzun oyoqchalarda turadi va har bir oyoqchada odatda ikkitadan boladi. Sporangiy bilan oyoqchasi mikrospo- rofilni tashkil etadi. Bu o'rinda mikrosporo-filni otalik qubbachasi deb atash mumkin. Megosporangiylar yoki uruglcurtaklar ham kalta novda-chalarda hosil bolib, barg qoltiqlaridan joy oladi. Uruglcurtaklar uzun oyoq- chadan iborat. Bu oyoqcha-ning yo'g'onlashgan yuqori qismida ikkitadan yoki juft holda urug‘ kurtak boladi. Har bir urug‘kurtak asosini halqasimon aylana bo'rtiq (valik) o'ragan. Mana shu tuzulmalarning hammasi (urug'kurtak, oyoqcha, bo'rtiq (valik)) makrosporofil yoki onalik qubbasi deb qaraladi. Urug'kurtak bitta qalin qoplag'ichga, ya'ni integu-mentga ega. Bu qop- laglchning uchi cho'zilib ikki pallali mikropila yoliga aylanadi. Qoplaglch uchini nutsellus egallaydi va unda endosperm yoki arxegoniyli gametofit hosil boladi. Nutsellusning uchida chang kamerasi rivojlanadi. Mikrosporalar (changlar) mikrosporangiy ichida ta- raqqiy etib, ularning har biri uchtadan - protallial, anteridial va vegetativ hujayralarga ega boladi. Bu hujayralar mikrospora qobiqchasiga o'ralgan holda, mikrosporangiy devorini yorilishi bilan tashqariga tarqaladi va shamol yordamida urug'kurtakka kelib tushadi, uning mikropila yo li orqali chang kamerasiga o‘tadi. Bu yerda mikrospora qobiqchasi yorilib, undagi 3 ta hujayralardan bittasi, ya'ni vegetativ hujayra o‘sib, chang naychasiga aylanadi. Bu naycha ingichka o‘sim- talar bilan nutsellusga kelib birikadi. Shu vaqtning o‘zida anteridial hujayradan bir tutam xivchini bor ikkita yirik spermatozoid paydo boladi. Chang naycha- sining uchi yorilishi bilan spermatozoidlar chang kame- rasidagi suyuqlikka chiqadi va bir oz vaqtdan so‘ng ulardan biri arxegoniydagi tuxum hujayra tomon y o l oladi, u bilan qo'shilish natijasida otalanish sodir boladi. Otalangan tuxum hujayradan murtak (embrion) rivojlanadi. Urug'kurtak to'laligicha urug'ga aylanadi. IJrug' tashqi tomonidan sersuv qalin po‘st, ichki tomo nidan qattiq toshsimon po'st bilan o'ralgan. Yupqa par da endosperm va uning yuqori qismidan joy olgan ikkita urug'pallali murtakni o'rab turadi. Urug' qulay sharoitga tushgandan so'ng, ginkgo o'simligiga ayla nadi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling