I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/71
Sana03.11.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1742779
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71
Bog'liq
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar

Nazariy tushuncha: Qarag‘aysimonlar ajdodi, Korda- 
itkabilar va Qarag'aykabilar ajdodchasini o‘z ichiga 
oladi. Ulardan Kordaitkabilar faqat qazilma holda 
uchraydigan o'simliklar hisoblanadi. Qarag'aykabilar 
ajdodchasi ochiq urug“li o'simliklar orasida tur soni 
jihatidan ko'pchilikni tashkil etadi. Ularning hozirgi 
davrda 7 ta oilasi, 55 ta turkumi va 560 ta turi mavjud. 
Bu turlar bir nechta qabilalarga bolib o'rganiladi. 
Shulardan Qarag'aynamolar qabilasi faqat Qarag'ay- 
doshlar oilasidan tashkil topgan. Bu oila 10 ta 
turkumni, 250 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ulardan 
birining tuzilishi va ko'payishi amaliyot darslarida 
o'rganib chiqishga tavsiya etiladi.
44


Oddiy qarag‘ay
Bu o'simlik (11-rasm) daraxt bo'lib, bo'yi 40 m ga 
yetib boradi. Tanasi monopodial ravishda shoxlanadi. 
Shoxlari uzun va qisqa novdalarga ega. Qisqa novdalar 
bir juft yoki ikkita ninasimon barg chiqaradi. Barglari 
uchinchi yiliga borib to'kiladi. Oddiy qarag'ay bir uyli, 
ayrim jinsli o'simlik. U ko'payish uchun otalik va onalik 
qubbalarini hosil qiladi. Otalik qubbalar to'planib, 
boshoqsimon qalin «to'pgullar»ga aylanadi. Ular bahor- 
da o'sib chiqqan uzun novdalar asosida paydo bo'ladi. 
To'pgullar bir-biriga zich taqalgan, ayrim qubbalardan 
tashkil topgan. Har qaysi qubbaning o'rtasida bitta o'q 
bo'lib, unga mikrosporofillar yoki otaliklar birikkan 
bo'ladi. Mikrosporofil shaklan tangacliaga o'xshagan va 
pardasimon tashqi uchi yuqoriga qayrilgan. Tanga- 
chaning 
pastki 
tomonida 
ikkita 
mikrosporangiy 
mavjud. Mikrosporangiy ichida mikrosporalar yoki 
changlar yetiladi. Har bir mikrospora ikki qavat: tashqi 
(ckzina) va ichki (intina) po'st bilan o'ralgan. Tashqi 
po'stning ikki yon tomonida havo bilan tolgan ikkita 
pufak hosil boladi. Bu moslamalar mikrosporalarni 
osongina olib keladi. Mikrosporalar mikrosporangiy 
ichida una boshlaydi. Har bir mikrospora o'z qobig'iga 
oga. Qobiq ichida dastlab ikkita protallial hujayra hosil 
bo'ladi. Lekin ular tez orada yo'qolib ketadi. Ma'lum 
vaqt o'tgach yana ikkita yangi anteridial va vegetativ 
hujayralar vujudga keladi. Shu vaqtda mikrosprongiy 
dcvori yoriladi va mikrosporalar shamol yordamida 
onalik qubbalariga kelib tushadi.
Onalik qubbalari bahorda o'sib chiqqan yosh, uzun 
novdalar uchlarida bitta yoki ikkitadan hosil bo'ladi. 
Bularda ham xuddi otalik qubbalaridek o'rtasidan o'q 
o'tadi, bu o'qqa tangachalar birikkan. Tangachalar ikki 
xil: biri kichkina yoki qoplovchi tangacha bo'lib, 
to'g'ridan-to'g'ri o'qda turadi. 
Qoplovchi tangacha 
qo'ltig'ida, cheti yo'g'on tortgan bir oz etdor ikkinchi 
yirik yoki urug' beruvchi tangacha rivojlanadi. Urug'
45


beruvchi tangachaning ustki yuza tomonida, asosiga 
yaqin joyida ikkita urug'kurtak paydo bo‘lib, ular 
birgalikda makrosporofillarni tashkil etadi. Urug'kurtak 
shaklan o'zgargan makrosporangiylardir.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling