I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar
Magnoliyatoifa yoki gull! o'sim liklar bo'lim i -
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar
Magnoliyatoifa yoki gull! o'sim liklar bo'lim i -
Magnoliophyta, Anthophyta Bu b o lim o'sim liklari g'oyat muraklcab tuzilishi, takomillashganligi, nihoyatda xilma-xilligi, turlarining behad ko'pligi (250 mingdan ortiq), tabiat va inson hayotida tutgan o'rni bilan o'simliklarning boshqa guruhlaridan keskin farq qiladi. Bularning urug'i, oldingi bolim - ochiq uruglilarniki singari, mikrosporachi barg betida himoyasiz ochiq holda bolmay, balki qirralari qo'shilib o'sgan, o'zgar- gan, mikrosporachi bargda, ya'ni onalikda hosil boladi. Onalik yangi organ, faqat yopiq urug'lilar uchun xos bolganligidan bular onaliklilar (Gynoeciatae) deb ham nomlanadi. Onalik 3 qismdan iborat bolib, uning kengaygan ostki qismi tuguncha, changlarni tutishga moslashgan yoyiq yuqori qismi tumshuqcha, tuguncha bilan tumshuqchani birlashtirib turgan o'rta qismi ustuncha deb ataladi. Tuguncha ichida urug'kurtak (mikrosporangiy) boladi. Urugkurtak otalangandan (uruglangandan) so'ng urug'ga, tugun cha devorchasi esa mevaga aylanadi. Meva urug'ni yaxshi himoya qila oladigan, uni tarqatadigan va shu bolim vakillari uchun xos bolgan yangi organdir. 49 Urug‘ meva ichida joylashib, yaxshi himoya qilingan- ligidan bular yopiq urug‘lilar nomini olgan. Bu bolim vakillarining muhim belgilaridan biri ularning chin guli bo'lishdir. Shu sababdan ham ular ko'pincha gulli o'simliklar deb ataladi. Gulli o'simliklarning yana bir muhim o ‘ziga xos belgilaridan biri ulardagi qo‘sh urug'lanish hodisasidir. Qo‘sh uruglanish (otalanish) jarayoni natijasida 2 ta zigota hosil bo'lib, ulardan biri taraqqiy etib, murtakka, ikkinchi esa murtakni oziqlantiruvchi duragay to'qima - endospermga aylana- di. Gulli o'simliklarning har xil yashash sharoitida o'sishga moslanib, keng tarqalib (Arktikadan tropik mintaqalarga) hozirgi geologik davrning hukmron o'simligi bo'lib qolish sabablaridan biri, murtagining duragay to'qimadan tashkil topgan endosperm bilan oziqlanishidir. Gulli o'simliklar bo'limi ikki va bir pallalilar ajdodiga bolinadi. Ikki pallalilar ajdodiga mansub o'simliklar kelib chiqishiga ko‘ra qadimgi bo'lib, ular orasida daraxt, buta va o't o'simliklar uchraydi. Hozirgi vaqtda bu sinfga 190000 tur o'simlik kirib, ular 10000 turkum, 429 ta oilani tashkil etadi. Ikki pallali o'simliklar ajdodining o'ziga xos xarakter- li belgilari quyidagilardan iborat: 1. Murtagi ikkita palladan iborat. 2. Urug'i endospermli yoki endospermsiz. 3. Murtagida boshlang'ich ildiz o'simlik hayotining to oxirigacha saqlanib o'q ildiz hosil qiladi. 4. O'tkazuvchi nay tolalar to'plami ochiq tipda bo'lib, ular halqa shaklida joylashgan. Shu bilan birgalikda, ularda poyaning ikkilamchi tartibda qalinlashishiga imkon beradigan kambiy qatlami mavjud. 5. Bularning ko'pchiligida gulqo'rg'on 5 a'zoli. 6. Bu sinfda daraxtsimon vakillari bir pallalilarga nisbatan ko'p uchraydi. 50 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling