I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: Burchoqdoshlar oilasi
- Mavzuning maqsadi
- Kerakli jihozlar
Nazorat savoliari
1. Ra'noguldoshlar oilasi nechta oilachaga bo lib o'rganiladi? 2. Oilaning nechta turkum va turi mavjud va ular qayerlarda tarqalgan? 3. Olma, nok, dolan a kabi o'simliklarning mevasi qanday meva deyiladi? 4. Qaysi oilacha o'simliklarining tuguncha.si ustki? MAVZU: Burchoqdoshlar oilasi « O'rganilayotgan vakilning sistematik o'rni • Ra nokabilar ajdodchasi - Rosidae • Burchoqnamolar qabilasi - Fabales • Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasi - Fabaceae Vakillari: 1. O'tloq sebargasi - Trifolium pratense 2. Sariq qashkarbeda-M elilotus officinalis 3. Tuksizmiya, shirinmiya - Glycirrhiza glabra 4. Soxta yantoq - Alhagi pseudalhagi 5. O'tloq burchog'i - Lathyrus pratensis 6 . Ekma no'xat -Cicer sativum 7. Ekma beda -Medicado sativa 8 . Kolcno'xat-Pisum sativum (24-rasm) Mavzuning maqsadi: Oilaga mansub o'simliklarning anatomo-morfologik tuzilishini, ko'payishini, turlar sonini, tarqalishi va ekologiyasini, tizimda tutgan 84 " o'rnini, muhim vakillarining ilmiy (lotincha) nomlarini va ahamiyatini o'rganish. Kerakli jihozlar: Gerbariy namunalari, o'simliklar aniqlagichi, rasmlar, jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, o'simlik turlarining har-xil mevalari, lupa, pintset, preproval nina va boshqalar. Nazariy tushuncha: Burchoqdoshlar oilasi 500 ga yaqin turkum va 12 ming turni o'z ichiga oladi. Ular daraxt, chala buta, ko'p yillik, ikki yoki bir yillik o't o'simliklari hisoblanib, butun yer yuzida tarqalgan. Poyasi tik, o'rmalovchi va yotib o'suvchi bo'ladi. Barglari asosan murakkab uchtalik, panjasimon, toq va ju ft patsimon, ba'zan oddiy, yon bargchalarga ega. Murakkab patsimon barglarning uchki tomonidan yaproqlari ba'zan shaklini o'zgartirib, gajaklarga, yon barglari esa tikanlarga aylangan. Gullari ikki jinsli, noto'g'ri, ba'zan to'g'ri bolib shingil, boshcha, soyabon yoki boshoqsimon to'pgulda joylashgan. Changchisi va urug'chilari hashoratlar yordamida ba'zan o‘z-o‘zidan changlanadi. Gulqo'rg'oni murakkab kosachabargi 5ta, ko'pincha qo'shilib o'sgan. Tojbargi ham 5ta. Ustki toj- bargi yirikroq b olib, «yelkan» yoki «bayroqcha» deyi- ladi. Ikki yonidagisi «eshkak», ikkita ostkisi, chang- chilarni o'rab turgani esa «qayiqcha» deb ataladi. Changchilar soni odatda 10 ta, ulardan bittasi erkin, qolgan 9 tasining chang iplari o'zaro qo'shilib ketadi yoki uning aksi, hammasi erkin holda ham boladi. Urug'chisi bitta mevabargchadan tashkil topgan. Tugunchasi ustki va bir uyali. Mevasi xilma-xil shaklga va kattalikka ega bolgan dukkakdir. Dukkagi ko'pincha qorin va orqachoklar bo'ylab yoki bosh chokidan bo'li- nadigan, ba'zi hollarda bolinm ay shakllan yong'oq- simon boladi. Dukkagida bitta yoki bir nechtagacha buyraksimon dumaloq u ru glar hosil boladi. U ruglari endospermsiz. 85 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling