I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar
Qovoqnamolar qabilasi - Cururbitales
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
- Aham iyati
Qovoqnamolar qabilasi - Cururbitales
Qovoqdoshlar oilasi - Curcurbitaceae Vakillari: 1. Oddiy qovoq - Cucurbita pepo 2. Qovun- Melo orientalis S.Tarvuz - Citrullus vilgaris 4.Qozon yuvgich - Luffa cylyndrica 5. Bodring- Cucmis sativus (20-rasm) M avzu n in g m aqsadi: Oilalarga mansub o'simlik larning anatomo-morfologik tuzilishini, ko'payishini, turlar sonini, tarqalishi va elcologiyasini, tizimda tutgan o'rnini, muhim vakillarining ilmiy (lotincha) nomlarini va ahamiyatini o'rganish. 72 Kerakli jihozlar: Gerbariylar, o'simliklar aniqla- gichi, rasmlar, jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, lupa, pintset, preproval nina va boshqalar. Nazariy tushuncha: Bu oilaning 120 ta turkumi va 1000 ga yaqin turi m a'lum bolib, ular Yer sharining subtropik mintaqalarida tarqalgan. Oila vakillari bir yillik va ko'p yillik o'rmalab o'suvchi o't o'simliklar, ba'zan (tropik va subtropik mintaqalarida) liana, buta va kichik daraxtlardir. Poyasi (palaklari) dag‘al tuklar bilan qoplangan, ko'pincha ichi kovak boladi. Barg qo‘ltig‘idagi gajaklar oddiy yoki murakkab tuzilishiga ega. Barglari oddiy, butun, o‘yilgan yoki patsimon qirqilgan, yon bargchasiz, poyaga ketma-ket joylashgan. Gullari to'g'ri, bir yoki ikki uyli o'simliklar, barg qo'ltig'idagi guli yakka yoki to'pgul hosil qiladi. Gulqo‘rg‘oni murakkab 5 a'zoli. Kosacha barglari o'zaro qo'shilgan 5 tishchali. Gultojibarglari ham o'zaro birik- kan qo‘ng‘iroqsimon, kamdan kam erkin holda joylashgan. Changchilari 5 (3)ta, shulardan 4 tasi ko'p turkumlarida ikkitadan ju ft bo‘lib, qo'shilib o'sadi, bittasi erkin qoladi. Urug'chisi ko‘pincha uchta meva bargchaning qo'shilib o'sishidan hosil bolgan. Tugunchasi ostki, uch uyali va ko‘p urug'kurtakli. Mevasi yirik, soxta, rezavorsimon qovoq meva, yoki ko'sakcha. Aham iyati: Qovoqdoshlar oilasining ko'pchilik vakillari oziq-ovqat, yem-xashak, dorivor va manzarali o'simliklar sifatida foydalaniladi. Oziq-ovqat sifatida qadimdan ekib o'stirib kelinayotgan qovun, tarvuz, bodring, qovoq kabi o'simliklar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Ayrimlarining (qozon yuvgich) mevasi tolali bo'lganligidan mochalqalar tayyorlanadi va xonadonlarda qozon yuvgich sifatida ishlatiladi. Uning urug'i tarkibida 25-42% yog' boladi. Uni ovqatga ishlatish mumkin. Suvqovoqning mevasini ichi bo'sh bo'lganligidan suv tashish va donlar solib qo'yishdn 73 foydalaniladi. Suvqovoqning mayda mevalaridan esa nosdonlar tayyorlanadi. 20-rasm. Ekiladigan bodring. l-poyada(palakdci), gul, bcirg, va gajjaklarning joylanishi; 2-changchi gul; 3-untg‘chi gul; 4-mevasi; 5,6-changchi va urug'chi gullarining diagrammasi Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling