I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/71
Sana03.11.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1742779
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71
Bog'liq
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar

Nazorat savoliari
1. Ra'noguldoshlar 
oilasi 
nechta 
oilachaga 
bo lib
o'rganiladi?
2. Oilaning nechta turkum va turi mavjud va ular 
qayerlarda tarqalgan?
3. Olma, nok, dolan a kabi o'simliklarning mevasi 
qanday meva deyiladi?
4. Qaysi oilacha o'simliklarining tuguncha.si ustki?
MAVZU: Burchoqdoshlar oilasi
« O'rganilayotgan vakilning sistematik o'rni
• Ra nokabilar ajdodchasi - Rosidae
• Burchoqnamolar qabilasi - Fabales
• Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasi - Fabaceae 
Vakillari:
1. O'tloq sebargasi - Trifolium pratense
2. Sariq qashkarbeda-M elilotus officinalis
3. Tuksizmiya, shirinmiya - Glycirrhiza glabra
4. Soxta yantoq - Alhagi pseudalhagi
5. O'tloq burchog'i - Lathyrus pratensis
6 . Ekma no'xat -Cicer sativum
7. Ekma beda -Medicado sativa
8 . Kolcno'xat-Pisum sativum (24-rasm)
Mavzuning maqsadi: Oilaga mansub o'simliklarning 
anatomo-morfologik tuzilishini, 
ko'payishini, 
turlar 
sonini, tarqalishi va ekologiyasini, tizimda tutgan
84 
"


o'rnini, muhim vakillarining ilmiy (lotincha) nomlarini 
va ahamiyatini o'rganish.
Kerakli jihozlar: Gerbariy namunalari, o'simliklar 
aniqlagichi, 
rasmlar, jadvallar, 
fiksatsiya qilingan 
gullar, o'simlik turlarining har-xil mevalari, lupa, 
pintset, preproval nina va boshqalar.
Nazariy tushuncha: Burchoqdoshlar oilasi 500 ga 
yaqin turkum va 12 ming turni o'z ichiga oladi. Ular 
daraxt, chala buta, ko'p yillik, ikki yoki bir yillik o't 
o'simliklari hisoblanib, butun yer yuzida tarqalgan.
Poyasi tik, o'rmalovchi va yotib o'suvchi bo'ladi. 
Barglari asosan murakkab uchtalik, panjasimon, toq va 
ju ft patsimon, ba'zan oddiy, yon bargchalarga ega. 
Murakkab patsimon barglarning uchki tomonidan 
yaproqlari ba'zan shaklini o'zgartirib, gajaklarga, yon 
barglari esa tikanlarga aylangan. Gullari ikki jinsli, 
noto'g'ri, ba'zan to'g'ri bolib shingil, boshcha, soyabon 
yoki boshoqsimon to'pgulda joylashgan. Changchisi va 
urug'chilari hashoratlar yordamida ba'zan o‘z-o‘zidan 
changlanadi. Gulqo'rg'oni murakkab kosachabargi 5ta, 
ko'pincha qo'shilib o'sgan. Tojbargi ham 5ta. Ustki toj- 
bargi yirikroq b olib, «yelkan» yoki «bayroqcha» deyi- 
ladi. Ikki yonidagisi «eshkak», ikkita ostkisi, chang- 
chilarni o'rab turgani esa «qayiqcha» deb ataladi. 
Changchilar soni odatda 10 ta, ulardan bittasi erkin, 
qolgan 9 tasining chang iplari o'zaro qo'shilib ketadi 
yoki uning aksi, hammasi erkin holda ham boladi.
Urug'chisi bitta mevabargchadan tashkil topgan. 
Tugunchasi ustki va bir uyali. Mevasi xilma-xil shaklga 
va kattalikka ega bolgan dukkakdir. Dukkagi ko'pincha 
qorin va orqachoklar bo'ylab yoki bosh chokidan bo'li- 
nadigan, ba'zi hollarda bolinm ay shakllan yong'oq- 
simon boladi. Dukkagida bitta yoki bir nechtagacha 
buyraksimon dumaloq u ru glar hosil boladi. U ruglari 
endospermsiz.
85



Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling