I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar
MAVZU: Yalpizdoshlar (Labguldoshlar) oilasi
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
MAVZU: Yalpizdoshlar (Labguldoshlar) oilasi
• O'rganilayotgan vakilning sistematik o'rni • Yalpiznamolar qabilasi - Lamiales • Yalpizdoshlar oilasi - Lamiaceae Vakillari: 1. Osiyo yalpizi - Mentha asiatica 2. Maydagul tog'rayxon - Origanum tyttanthum 3. Gulbandli kiyiko't - Ziziphora pedicellata 4.Turkiston arslonqulog'i - Leonurus turkestanicus 5. Oq lamium - Lamium album 93 M avzu n in g m aqsadi: Oilaga mansub o'simliklarning anatom o-m orfologik tuzilishini, ko'payishini, turlar sonini, tarqalishi va ekologiyasini, tizim da tutgan o'rnini, m uhim vakillarining ilm iy (lotincha) nomlarini va aham iyatini o'rganish. Kerakli jihozlar: Gerbariylar, o'sim liklar aniqlagi- chi, rasmlar, jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, mevalar, lupa, pintset, preproval nina va boshqalar. Nazariy tushuncha: Bu oila o ‘z ichiga 200 dan ortiq turkum va 3500 turni o'z ichiga oladi. Ular asosan Yer sh arining issiq va m o''tadil iqlim li hududlarida tarqalgan bo'lib, bir va ko'p yillik o't. chalabuta, tropik m intaqalarda esa ba zi vakillari buta va daraxtsimon o'sim liklardir. U larning poyasi 4 qirrali, barglari oddiy, povaga qaram a-qarshi joylashgan, yonbargchalari yo'q. To'pgullari barg qo'ltiqlarida joylashgan. Ikkita qaram a-qarshi barg qo'ltig'idan chiqqan dixaziy to'p- gullar o'zaro birlashib halqa to'pgul hosil qiladi. Har bir doira to'pgullar o'z navbatida boshoq, ro'vak, shingil ba'zan kallak to'pgullarda joylashgan. Gullari asosan noto'g'ri, ba'zan to'g'ri, 5 a'zoli qo'sh gulqo'r- g'onli. Gulkosa barglari 5 ta, birikib o'sgan 5 tishli bo'ladi. Gultojibarglari 5 ta, birikib o'sib 2 ta labni hosil qiladi. Ustki labi ikkita, pastki labi uchta gultojibargning birikib o'sishidan hosil bo'lgan. Changchilari 4 ta, ulardan 2 tasi qisqa chang iplariga ega. B a'zan chang chilari ikkita bo'lib, qolgani qisqargan yoki shiradonlarga aylangan. Changchi iplari gultoji naylariga birikib o'sgan. Urug'chisi bitta, ikkita meva- bargli, tugunchasi ustki. Har qaysi urug'kurtak orasida ju d a barvaqt to'siq hosil bo'ladi. Natijada tuguncha 4 bo'lakka ajraladi. Mevasi bir urug'li 4 ta yong'oq- chasim on mevachalarga ajraladigan uvoq meva. 6. Korolkov marmaragi - Salvia korolkovii (26-rasm) 94 Ahamiyati: Oila vakillari efir moylariga boy bo'lganligidan parfyum eriya va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Bulardan tashqari bir necha turlari dorivor o'sim liklar hisoblanib tibbiyotda qollaniladi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling