I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: Hiloldoshlar oilasi
- Mavzuning maqsadi
- Kerakli jih ozlar;
Nazorat savollari
1. Piyozdoshlar oilasi nechta turkum va turni o'z ichiga oladi? 2. Oila vakillari qanday to'pgullarni hosil qiladi? 3. Oilaning yovvoyi holda tarqalgan turlaridan qaysi birlarini bilasiz? 4. Piyozdoshlar oilasi Loladoshlar oilasidan gul qismlarining qaysi birlarining o'ziga xosligi bilan farq qiladi? MAVZU: Hiloldoshlar oilasi • O'rganilayotgan vakilning sistematik o'rni • Lolakabilar ajdodchasi - Liliidae • Hilolnamolar qabilasi - Cyperales « Hiloldoshlar oilasi - Cyperaceae Vakillari: 1. Tuganakli salomalaykum - Cypirus rotundus 2. Yo'g'on tumshuq qorabosh - Carex pachystilis 3. K o l qiyog'i - Skirpus lacustris 4. Kechki hilol -Juncellus serotinus 5. Dengizoldi suv hiloli - Boldoschoenus maritimus Mavzuning maqsadi: Oiiaga mansub o'simliklarning anatomo-morfologik tuzilishini, ko'payishini, turlar sonini, tarqalishi va ekologiyasini, tizim da tutgan o'rnini, muhim vakillarining ilmiy (lotincha) nomlarini va ahamiyatini o'rganish. Kerakli jih ozlar; Gerbariylar, o'sim liklar aniqlagi- chi, rasmlar, jadvallar, to'pgullar, mevalar, lupa, pintset, preproval nina va boshqalar. 104 Nazariy tushuncha: Bu oila 100 ta turkum va 4000 turni o'z ichiga oladi. Ular Yer sharining deyarli hamma qismida tarqalgan ko'p yillik, ba'zan, bir yillik o ‘t o'simliklardir. Poyasi ko'pincha uch qirrali bo'g'imsiz, b a 'za n silindirsim on, yer ostki qism i ildizpoyalarga aylangan. Bargi tilchasiz yopiq qinli, uch tomonga qa- rab o'sgan bo'lib, ko'pincha poyaning quyi qismida jo y lashadi. Barg yaprog'i qattiq, ensiz lentasimon, chetlari g'adur-budur. Gullari ikki yoki bir jinsli. Bir uyli, ba'zan ikki uyli o'simlik. To'pguli boshchasimon, bo- shoqsimon, supurgisimon, soyabonsimon. Gullari gul- qo'rg'onsiz, b a'zan tukcha va qiltiqlari bo'ladi. Changchilari asosan 3 ta, ba'zan 6 tagacha bo'lishi mumkin. Urug'chisi 1 ta, 2-3 ta mevabargli. Tugun- chasi ustki. Ba'zi turkumlarida tugunchasi tangacha- barglar bilan o'ralib xaltachalarga aylangan. Mevasi uch qirrali yoki dumaloq yong'oqcha. A h a m iya ti:O ila vakillarining ayrim turlaridan man- zarali yoki yem-xashak o'simligi sifatida foydalaniladi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling