I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aham iyati
K erakli jih o zlar: G erbariy nam unalari, o'sim liklar
aniqlagichi, rasmlar, jadvallar, to'pgullar, mevalar, lupa, pintset, preproval nina va boshqalar. Nazariy tushuncha: Bug'doydoshlar oilasi 700 tur kum va 7500-10000 turni o'z ichiga oladi. Ular Yer yuzining hamma qit'alarida tarqalgan. Bu oiiaga bir yillik, ikki va ko'p yillik o't o'simliklar b a'zan , buta va d araxtlar kiradi. U larning poyasi ingichka, naysi- mon, bo'g'imlarga bo'lingan. Bo'g'imlari bo'rtgan, ichi berk, bo'g'im oraliqlarining ichi esa bo'shliqdan iborat. Barglari oddiy, bandsiz, b a'zan bandli, poyada ketma- ket joylashgan. Ular poyani o'rab turadigan naysim on 106 uzun qindan va tasmasimon, nashtarsim on, ba'zan tuxum sim on yoki bigizsim on shaklga ega bo'lgan barg yaproqlaridan iborat. Barg qinining barg yapro- qiga o'tish jo yid a yupqa pardasimon o'simta tilcha va 2ta quloqchasi bor. Tilcha 2 ta yonbargchaning qo'shilib o'sishidan hosil bo'lgan deb qaraladi. U poya bilan qin orasiga suv tushishiga yo'l qo'ymaydi. Gullari mayda, gulqo'rg'onsiz bo'lib, ular o'z navbatida boshoq, supurgi, shingil, so'ta, ro'vak kabi oddiy va murakkab to'pgullarni hosil qiladi. Har bir boshoqcha 1 dan 10 tagacha, ba'zan undan ko'p, ikki jin sli yoki bir jinsli, ikkita gultangacha barglar va ular ostidan chiqqan, ikkita etli boshoq tangacha bargli gullardan tashkil topadi. Ayrim hollarda ularning soni o'zgarib turishi ham mumkin. Boshoq tangacha barglar boshoqchani o'rab turganini ostki, o'ralib turgan ichkarisidagini esa ustki boshoq tangacha barg deyiladi. Ulardan keyin changchi va urug'chilarni o'rab turgan gultangacha barglar joylashgan bo'ladi. G ultangacha barglarning bosh oqch a o'zagidan chiqqan etli va kattarog'in i ostki, u n in g qarsh isida gul banddan chiqqan ki- chikrog'ini ustki gultangacha barg deyiladi. Gultan gacha barglar ichida 1,2,3 ta bo'lib joylashgan kich- kinagina yupqa parda bo'lib, bu parda o'zgargan gul- qo'rg'on, "lodequla" deb ataladi. Lodequlalar tanga-cha barglarni itarib, ularni bir-biridan ajratadi va gulning ochilishiga changchi va urug'chilarning gul ichidan tashqariga chiqib, osilib turishiga imkon beradi. Changchilar asosan 3 ta yoki 6 ta, ba'zan 2 ta ham bo'lish i m um kin. U rug'chisi bitta, 2 yoki 3 ta mevabargchaning qo'shilib o'sishidan hosil bo'lgan. Ustunchasi qisqa, ba'zan o'troq holda bo'lib, tum- shuqchasi 2 ta bo'lakka bo'lingan, patsimon tuzilishga ega. Tugunchasi ustki bir uyali va bir urug'kurtakli. Mevasi quruq don meva. Aham iyati: Bu oila o'simliklari insonlar hayotida muhim aham iyatga egaligi bilan boshqa oilaliklardan 107 alohida ajralib turadi. Chunki bu o'sim liklarning urug'i tarkibida 50-75 % kraxmal, 20% oqsil, yog', mineral m oddalar va vitam inlar bor. Bu oila vakillari nafaqat oziq-ovqat, balki yem-xashak va manzarali o'simliklar sifatida ham m alu m . Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling