I umumiy qoidalar
Ta’lim muassasasi rahbarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining yoki xo‘jalik murining moddiy javobgarlik bo‘yicha vazifalari va majburiyatlari
Download 42.62 Kb.
|
2 5253776259015512040
Ta’lim muassasasi rahbarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining yoki xo‘jalik murining moddiy javobgarlik bo‘yicha vazifalari va majburiyatlari
6.9.1.Maktab direktorining ma’muriy-xo‘jalik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari maktab direktorining taqdimotiga ko‘ra tuman xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo‘shatiladi. 6.9.2.Maktab direktorining ma’muriy-ho‘jalik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bevosita maktab direktoriga bo‘ysunadi. 6.9.3.Maktab direktorining ma’muriy-ho‘jalik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini amalga oshiradi: Ta’lim muassasasi binolarining texnik holatiga, ya’ni saqlanishiga, barcha moddiy boyliklar (inventarlar,turli o‘quv ko‘rgazmali jihozlar)ning saqlanishiga javobgardir. Ta’lim muassasasidagi xo‘jalik ishchilarini nazorat qilish, har oyda hisobxonaga, ishchi-hodimlarni ishga kelganligi haqida tabel topshirish. Hisobxonaga oy oxirida kirim, chiqim qilingan moddiy tovar boyliklarning (muassasaga olib kelingan inventarlarni, xo‘jalik va kontselyariyamollarini kirim qilish, ularni o‘z vaqtida tarqatish, ro‘yhatdan chiqarilgan moddiy boyliklarni chiqim qilish) aylanma qaydnomasini topshirish. Har o‘quv yili bolanguncha barcha jihozlarni ta’mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, labaratoriyalarni ta’mirlash,jihozlash, yangi o‘quv yiliga taxt qilib, ro‘hat bo‘yicha jihozlar, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinat mudirlariga, labaratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshirish va o‘quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olish. Kommunal hizmat ko‘rsatadigan har bir tashkilot bilan ajratilgan limitlar asosida, belgilangan tartibda shartnomalar tuzish hamda hududiy g‘aznachilik bo‘limlaridan ro‘yhatdan o‘tkazish uchun muassasa hisobchisiga taqdim etish. Kommunal to‘lovlar(gaz,suv,elektr va issiqlik energiyasi) bo‘yicha hisoblagichlarni kundalik ko‘rsatkichlarini olib,tahlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil qilish. Telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo‘linmalariga habar berib, aloqani tiklash choralarini ko‘rish. Ta’lim muassasasining sanitariya holatini talablar darajasida bo‘lishida farroshlar,binoi qo‘riqlashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirishda bog‘bonlar ishini to‘g‘ri tashkil qilish. Bir yilda bir marta muassasa hisobchisi bilan birgalikda moddiy boyliklarni turlari bo‘yicha inventarizatsiya qilish. Muassasada hodimlar o‘rtasida shanbaliklarni, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va ularda faol qatnashish. Qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda hizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining etarli darajada bo‘lishini, uning davomiyligini, issiqlik etarli darajada bo‘lmagan kunlarda hizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ma’lum qilish hamda ushbu kunlarni ro‘yhatga olib, muassasa hisobchisiga issiqlik uchun to‘lab beriladigan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantirish. Kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini, kanalizatsiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltirish. Yakka tartibda isitiladigan ta’lim muassasalarida qattiq va suyuq yoqilg‘i materiallarini vaqtida etkazish va sifatli saqlash, ulurni belgilanagan miqdorda sarflash hamda isitish tizimini optimal darajada ishlashini ta’minlash. Yong‘in havfsizligi asboblarini etarli darajada bo‘lishini nazorat qilish. 6.9.4.Ta’lim muassasasi rahbarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining zimmasiga kassirlik vazifasi yuklatilgan holatda: Ta’lim muassasasi kassiri naqd pullarni davlat bankidan qabul qilish va topshirish bo‘yicha kassa operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan birlamchi hisob hujjatlari shakllari bilan rasmiylashtiradi. Kassa operatsiyalari hisobini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanagan shakl bo‘yicha maxsus kassa daftarida yuritadi hamda kassa daftarini o‘chirishlar va tuzatishlar qilishga yo‘l qo‘ymasdan olib boradi. Ta’lim muassasasi xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (ya’ni hizmat safari harajatlari,kasallik varaqalari, suyunchi pullari,qarilik nafaqalari, 2yoshgacha bolasiga qarayotgan onalarga to‘lanayotgan nafaqalar) bo‘yicha bankda naqd pulga buyurtma beradi va naqd pul oladi hamda xodimlarga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi. Kundalik tarqatilgan naqd pullar haqida ta’lim muassasasi rahbariga hisobot berib boradi.Kassaga doir barcha moliyaviy hujjatlar va kassa kitobini yuritadi. Kassada pul mablag‘larining saqlanishi va tarqatilmagan pul mablag‘larini bank muassasasiga qaytib topshirishga javobgar hisoblanadi. 6.9.5.Maktablarda buxgalter, moddiy javobgar shaxs lavozimlari kiritiladi. Maktab buxgalteri o‘z vazifalarini uning vakolat va javobgarlik doirasi belgilanagan umumta’lim maktablari (maktab-internatlari) buxgalteri haqidagi tegishli Nizom talablari asosida amalga oshiradi: Download 42.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling