I umumiy qoidalar


III. MAKTAB TA’LIM-TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA UNI TASHKIL ETISH


Download 42.62 Kb.
bet3/11
Sana24.03.2023
Hajmi42.62 Kb.
#1290983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5253776259015512040

III. MAKTAB TA’LIM-TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA UNI TASHKIL ETISH

3.1.Maktabdagi ta’lim jarayonit umumta’lim dasturining ikki bosqichiga muvofiq amalga oshiriladi:


a) boshlang‘ich ta’lim I-IV sinflar 
b) umumiy o‘rta ta’lim I-IX sinflar
3.2. Boshlang‘ich ta’lim:
O‘quvchilarning o‘qish,yozish,hisoblashga oid dastlabki bilim-ko‘nikmalarni ,nazariy fikrlash elementlarini , nutq va hulq madaniy asoslarini shakllantiradi,shaxsiy gigiena va sog‘lom tumush tarzini ta’minlashga asos yaratadi.
3.3.1-sinfga 7yoshli o‘g‘il qizlar to‘la va 6-yoshli bolalardan esa ruhan va jismonan tayyor,tibbiy pedagogik komissiya va maktab ruhshunoslik hizmat ko‘rigidan o‘tgan bolalar xalq ta’limi bo‘limidagi tashxis komissiyasining hulsasiga binoan qabul qilinadi.Bolalarni qabul qilish o‘quv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
3.4.Maktab ta’limi O‘zbekiston Respublikasi XTV tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari muvofiq amalga oshiriladi;
3.5.Maktabdagi ta’lim tili O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili to‘g‘risida”gi va "Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq belgilanadi.Ta’lim tilini tanlashda mazkur maktab hududida istiqomat qiladigan ota-onalarning hohishistaklari inobatga olinadi.
3.6.Davlat ta’lim standartlari talablari doirasida o‘quv dastirini o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarga yordam ko‘rsatish uchun boshlang‘ich va V-IX sinflarda pedagogik qo‘llab-quvvatlashning turli shakllari (korrektsiya sinflari, tenglashtiruvchi sinflar va hakazo),ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun mahsus sinflar hamda uyda ta’lim berish tashkil qilinishi mumkin.
3.7.Maktab o‘quvchilariga tibbiy hizmat ko‘rsatish , maxsus biriktirilgan tibbiy hodim tomonidan amalga oshiriladi va tibbiy hodim ma’muriyat bilan teng ravishda bola sog‘ligi uchun mas’uldir.
3.8.Maktabda o‘quvchilarni sinfdan-sinfga ko‘chirish, yakuniy attestatsiyalarni o‘tkazish Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar (nizom, yo‘riqnoma)ga asosan amalga oshiriladi.
3.9.O‘quvchilarni tibbiy komissiya hulosasiga asosan sinfdan-sinfga ko‘chirish yoki yakuniy atestatsiyadan ozod qilish masalasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qo‘shma buyrug‘iga asosan hal etiladi.
3.10.O‘quvchilarga maktabni tamomlaganligi haqidagi hujjatlarning berish tartibi , yakuniy attestatsiyaning belgilangan tartibdan istisnolar Xalq ta’limi vaziligi tomonidan belgilanadi.
3.11.Maktabning yakuniy attestatsiyalardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma, ta’limda alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga imtiyozli shahodatnoma topshiriladi.
3.12.Maktab o‘z hududida (mikrohudud) yashovchi maktab yoshidagi I-IX sinflarda o‘qishi lozim bo‘lgan barcha bolalarni majburiy ta’lim olishga to‘liq jalb etishni amalga oshiradi.
3.13.Maktablardagi darsning o‘quv choragi va o‘quv yilining davom etish muddati, kunlar va haftalar bo‘yicha darslar jadvali, inflarning to‘ldirilishi va o‘quvchilarga beriladigan o‘quv yuklamalari umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlariga muvofiq belgilanadi.
3.14.Maktablarda o‘quv yili 1 sentyabrdan boshlanadi va 31 avgustda tugaydi. O‘quv yilidagi o‘quv mashg‘ulotlari 2 sentyabrda boshlanadi va 25 mayda tugaydi.
3.15.O‘quv yilidagi o‘quv mashg‘ulotlari 4 chorakka (2 yarim yillikka) bo‘linadi, ularning boshlanishi va oxiri o‘quv rejasi bilan belgilanadi, O‘quv yilidagi o‘quv mashg‘ulotlari amaliy mashg‘ulotlarni hisobga olmaganda 34 hafta,1-sinflarda esa 33 hafta davom etadi, ularga maktab pedagogika kengashi qarori bilan fevral oyinig ikkinchi o‘n kunligida bir hafta ta’til beriladi. 
O‘quv yili davomida kuzgi,qishki,bahorgi ta’tillar kamida 30 kalendar kuni qilib belgilanadi va Xalq ta’limi vazirligining buyrug‘i (tayanch o‘quv rejasini tasdiqlash vaqtida) bilan tasdiqlanadi.
Yozngi ta’til o‘quv yili mashg‘ulotlari (imtihonlari) tugagan kundan boshlab 31 avgustgacha davom etadi.
3.16.Maktabda o‘quv ishlari va mashg‘ulotlari bayram kunlari o‘tkazilmaydi.
1 yanvar - Yangi yil
8 mart - Xotin-qizlar kuni
21 mart - Navro‘z bayrami
9 may - Xotira va qadrlash kuni
1 sentyabr – Mustaqillik kuni
1 oktyabr - O‘qituvchilar va murabbiylar kuni
8 dekabr - Konstitutsiya kuni
Ramazon va Qurbon Hayiti bayramlarining 1-kuni.
3.17.Kundalik o‘quv mashg‘ulotlari soni va tartibi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan dars jadvali bilan belgilanadi.Darslar orasida tanaffuslarning davom etishi o‘quvchilarning faol dam olishlari va issiq ovqat tanovul qilishlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
3.18.Birinchi sinf o‘quvchilariga uy vazifasi berish majburiy emas.II-IX sinf o‘quvchilariga pedagogik talablar va hra bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda uy vazifalari beriladi.
3.19.Maktab o‘quvchilarining bilimlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.
3.20.Maktablar uchun iqtidorli bolalarni izlash , tanlab olish, ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etish, iqtidorli o‘quvchilardan tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilari maxsus, shu jumladan mualliflik (variativ) o‘quv dasturlari va yakka tartibdagi dasturlar asosida ta’lim olishlari mumkin.
3.21.Maktablardagi sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va to‘garak ishlari o‘quvchilar va ota-onalar hohish istaklarini, o‘quvchilarni qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.



Download 42.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling