I umumiy qoidalar


Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari


Download 42.62 Kb.
bet8/11
Sana24.03.2023
Hajmi42.62 Kb.
#1290983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5253776259015512040

Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari:
6.7.1.Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari direktorining taqdimotiga ko‘ra tuman xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan tayinlanadi va lavozimidan olinadi.
6.7.2.Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishni tashkil qiladi, tarbiyaviy jarayon yuzasidan umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, aniq bir tadbirlar o‘tkazilganida o‘quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlashda havfsizlik texnikasi me’yorlariga va qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi, mahalla qo‘mitasi va boshqa maktabdan tashqari tashkilotlar bilan hamkorlikda rahbarlik qiladi.
6.7.3.Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bevosita maktab direktoriga bo‘ysunadi.
6.7.4.Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga bevosita (1) sinf rahbarlari, (2) o‘quvchilar, (3) sardorlar, (4) qo‘shimcha ta’lim pedagoglari bo‘ysunadi.
6.7.5.Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi:
O‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ish bo‘yicha joriy va istiqbol rejalar tuzilishini va uning o‘tkazilishini tashkil etadi.
Maktabdan tashqari tashkilotlar: mahalla qo‘mitasi va shu kabi boshqa tashkilotlar bilan olib boriladigan ishlar rejasi tuzilishini tashkil etadi . 
Tarbiyachilar,sinf rahbarlari, katta sardor va bevosita ushbu direktor o‘rinbosariga bo‘ysunuvchi boshqa xodimlarning ishini muvofiqlashtiradi.
Muntazam ravishda tarbiyaviy jarayon sifatini, to‘garaklar ishini va maktabdan tashqari tadbirlarga, to‘garaklar mashg‘ulotlariga(o‘quv yili davomida kamida 180 soat)qatnaydi, ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi, tahlil natijalaridan pedagoglarni habardor qiladi.
Tarbiyaviy jarayonni tashkil etish masalalari bo‘yicha ota-onalarni(ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi.
Maktab direktorining o‘quv-tarbiyaviy ish bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda tarbiyaviy va madaniy-bo‘sh vaqt faoliyati bo‘yicha mashg‘ulotlar jadvallarini tuzadi; vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan xodimlarning o‘rniga darslar o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Maktab bo‘yicha belgilangan hisobot hujjatlari, shuningdek bevosita o‘ziga bo‘ysunadigan xodimlar tomonidan tegishli hujjatlar tuzilishini ta’minlaydi.
O‘quvchilar jamoalariga madaniy-okurtiv va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishda yordam beradi, to‘garaklarda va h.k.larda o‘quvchilar kontingentini saqlash choralarini ko‘radi, maktabni o‘quvchilar bilan to‘ldirishda ishtirok etadi.
Maktab pedagog va boshqa xodimlarni tayyorlashda ularni attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etadi.
Sinf rahbarlari va bevosita ushbu direktor o‘rinbosariga bo‘ysunadigan xodimlar tomonidan ularning zimmasiga yuklangan tarbiyaviy ishni tashkil etish bo‘yicha vazifalar bajarilishini, o‘quvchilarning ixtiyoriy jamoatchilik uchun foydali mehnatini muhofaza qilish me’yorlari va qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda ta’minlaydi.
Sinf rahbarlari, guruhlar, to‘garaklar va sport seksiyalari rahbarlariga safarlar, ekskursiyalar, ishlab chiqarish va jamoatchilik uchun foydali mehnatni va h.k.larni tashkil etishda, shu jumladan o‘quvchilar mehnati muhofaza qilinio‘ini ta’minlash, jarohatlanishni va boshqa baxtsiz xodisalarni oldini olish masalalarida uslubiy yordam beradi.
Tarbiyaviy tadbirlar va ta’lim muassasasidan tashqari o‘quvchilar bilan ish olib borishda sanitariya-gigiena me’yorlari va talablari, mehnatni muhofaza qilish va yong‘in havfsizligi qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi va ular bajarilishi uchun tegishli choralar ko‘radi.
O‘quvchilar va ularning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan) ko‘chada, suvda va h.k.larda sodir bo‘ladigan jarohatlanishni, YTH, baxtsiz hoisalarni oldini olish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etadi; ota-onalarni o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ish olib borishga jalb etishni tashkil etadi, majmuaviy tarbiyalash tizimi yaratilishiga ko‘maklashadi.
Maktabdan tashqari tarbiya bo‘yicha hamkorlikda faoliyat yuritish uchun maktab bilan bolalar qo‘shicha ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni bog‘laydi va qo‘llab-quvvatlaydi.
Maktabda, turmushda, jamoat joylarida pedagogning jamoatdagi o‘rniga munosib ahloq me’yorlariga amal qiladi.

.Direktorning moliyaviy hamda moddiy masalalar bo‘yicha vazifalari va



Download 42.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling