I umumiy qoidalar
Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
Download 42.62 Kb.
|
2 5253776259015512040
Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
6.6.1.Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari maktab direktorining tavsiyasiga ko‘ra tuman xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo‘shatiladi. 6.6.2.Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari maktab direktori bilan hamkorlikda maktabning o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etadi, maktab pedagoglari jamoasiga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi, o‘quv jarayonida havfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta’minlaydi, o‘quv ishi bo‘yicha hisobotlarni yuritadi va umumiy majburiy ta’lim bo‘yicha ishni tashkillashtiradi. 6.6.3.Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bevosita maktab direktoriga bo‘ysunadi. 6.6.4.Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bevosita (1)o‘qituvchilar,(2)o‘quvchilar,(3)labaratoriya xodimlari bo‘ysunadi. 6.6.5.Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi: Pedagogdlar jamoasining faoliyati kundalik istiqbolli rejalashtirilishini tashkil etadi. O‘qituvchilar va boshqa pedagog xodimlarning o‘quv rejalarini va dasturlarini bajarish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi. Zaruriy o‘quv-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi. Ta’lim jarayonining sifatini va o‘quvchilarning ta’limiy tayyorgarlik natijalari ob’ektiv ravishda baholanishini, to‘garaklar va fakultativlar ishini muntazam nazorat qiladi; maktab pedagog xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan darslar va o‘quv mashg‘ulotlarining boshqa turlariga tashrif buyuradi(o‘quv yili davomida kamida 180 soat), ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi, tahlil natijalarini pedagoglarga ma’lum qiladi. Imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish ishlarini tashkil etadi. Ota-onalar uchun ma’rifat ishlarini tashkil etadi, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan ota-onalarni (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi. Pedagog xodimlarga yangi (innovatsion)dasturlar pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va ishlab chiqishda yordam beradi; O‘quv mashg‘ulotlari va ta’lim faoliyati boshqa turlarining jadvallarini tuzadi, vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan o‘qituvchilarning darslari sifatli va o‘z vaqtida almashtirilishini ta’minlaydi, qoldirilgan va boshqa o‘qituvchi o‘rniga o‘tilgan darslarni qayd qilish jurnalini yuritadi. Belgilangan hisobot hujjatlari o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlaydi,pedagoglar tomonidan sinf jurnallari va boshqa hujjatlar to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishini nazorat qiladi. Pedagog kadrlarni saralash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etadi, ularning malakasini va kasbiy mahoratini oshirish ishlarini tashkil etadi; uslubiy birlashmalar ishiga rahbarlik qiladi, o‘z malakasini oshiradi. Maktab pedagog va boshqa xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda ishtirok etadi; pedagoglar va o‘quv-tarbiya xodimlar tarkibini ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritadi, imzolaydi va maktab direktoriga topshiradi. Direktorning ma’muriy-xo‘jalik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari ishtirokida o‘quv xonalari, ustaxonalar, sport zali hamda yordamchi xonalarni pasportlashtirish o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini tashkil etadi. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda amaliy va labaratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarda havfsizlik texnikasi bo‘yicha bo‘limlar ishlab chiqilishini va vaqti-vaqti bilan kamida 5 yilda 1 marta qayta ko‘rib chiqilishini tashkil etadi. Direktorning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda yo‘l harakati, ko‘cha-ko‘yda o‘zini tutish, yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish uslubiyati va tartibini belgilaydi, o‘quvchilar bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishni amalga oshiradi. Kasaba qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘quv asboblari va jihozlari, kimyoviy reaktivlar, ko‘rgazmali qurollar,maktab mebelidan foydalanish va saqlash xavfsizliginig ma’muriy jamoa nazoratini amalga oshiradi. Namunaviy ro‘yhatlarda nazarda tutilmagan, shu jumladan tegishli ruhsatnoma-dalolatnomasiz ustaxonalarda,o‘quv xonalari va boshqa xonalarda o‘rnatilgan yasama kimyoviy reaktivlar,o‘quv jihozlari va asboblarni olib qo‘yish choralarini o‘z vaqtida ko‘radi, ta’lim muassasasi xonalarida xodimlar va o‘quvchilarning sog‘ligi uchun havfli sharoitlar yuzaga kelganida ta’lim jarayonini to‘xtatib turadi. Maktabda, turmushda, jamoat joylarida pedagogning jamiyatdagi o‘rniga munosib bo‘lgan ahloqiy me’yorlarga amal qiladi. Download 42.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling