I. Umumiy qoidalar


II. Xalqaro xamkorlik doirasida qo’yilgan vazifalar va funksiyalar


Download 19.47 Kb.
bet2/4
Sana11.09.2023
Hajmi19.47 Kb.
#1675639
1   2   3   4
Bog'liq
Nizom

II. Xalqaro xamkorlik doirasida qo’yilgan vazifalar va funksiyalar

2.1. Xalqaro hamkorlik doirasida har bir qit'a yoki mamlakat doirasida ishlashga biriktirilgan guruh a’zosi, quyidagi vazifalarni bajaradi:
2.1.1. Universitetning xorijiy davlatlar ta'lim muassasalari hamda ta'lim markazlari bilan imzolangan bitimlari asosida xalqaro hamkorlik strategiyasini ishlab chiqishda va asosiy yo‘nalishlarni belgilashda ishtirok etadi;
2.1.2. Kafedraning hamkorlik va xalqaro aloqalarni rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan o’z taklifini bildiradi;
2.1.3. Xorijiy ta'lim muassasalari, markazlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan universitetning, xususan iqtisodiyot kafedrasining hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda va ularni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;
2.1.4. Xorijiy davlatlarda ta'lim olish, malaka oshirish yoki ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borish, xorijiy universitetlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o’rnatish, ularni rivojlantirish, qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «El-yurt umidi» jamg‘armasi, shuningdek boshqa nodavlat tashkilotlari tanlovlariga nomzodlar ro‘yxatini universitet rahbariyatiga (rektoratiga, 2-fakultet dekanatiga hamda kafedraga) ko‘rib chiqish uchun tavsiya etadi;
2.1.5. Guruh, fakultet, kafedra va bo‘limlarining xorijiy davlat hamda nodavlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan taklif qilinadigan o‘quv-uslubiy dasturlarni, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini hisobga olib, amaliyotga joriy etish va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga qaratilgan loyihalarda qatnashish yuzasidan ishlarni muvofiqlashtiradi;
2.1.6. Xorijiy hamkorlar bilan ta'lim loyihalarni amalga oshirish borasida universitetning “Iqtisodiyot kafedrasi”, 2-fakultet va zarur bo’lganda, boshqa bo‘limlarga yordam beradi;
2.1.7. Xorijiy davlatlar olimlari, professor-o‘qituvchilari va mutaxassislarini universitet ta'lim jarayoniga jalb etish hamda hamkorlikda o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarni olib kirishga ko‘maklashadi;
2.1.8. Kafedra professor-o‘qituvchilarining xorijiy xizmat safarlari yuzasidan hisobotlarni umumlashtiradi va universitet rahbariyatiga taqdim etadi;
2.1.9. Xorijiy safarlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 5 martdagi «Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi PQ-2142-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 24-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli xatlari asosida amalga oshiradi;
2.1.10. Xalqaro hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritadi va amalga oshiradi.


Download 19.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling