I. Umumiy qoidalar


Guruhning majburiyatlari quyidagilardan iborat


Download 19.47 Kb.
bet4/4
Sana11.09.2023
Hajmi19.47 Kb.
#1675639
1   2   3   4
Bog'liq
Nizom

3.2. Guruhning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
3.2.1. Kafedra va xorijiy ta'lim muassasalari, markazlari o‘rtasida tuzilgan shartnoma va memorandum shartlari bajarilishini ta'minlash;
3.2.2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, universitet rahbariyati, 2-fakultet, kafedraga, o‘rnatilgan tartibda, universitetning xalqaro aloqalari bilan bog‘liq hisobot va boshqa ma'lumotlarni taqdim etib borish;
3.2.3. Xorijiy ta'lim muassasalari, markazlarida, xalqaro konfernesiyalarda ishtirok etgan, malaka oshirgan va ta'lim kurgazmalarida yoki o‘quv kurslari, seminarlarida ishtirok etgan, kafedra professor-o‘qituvchilari va xodimlarining tegishli hisobotlarini, universitet rahbariyatiga muhokamaga kiritish;
3.2.4. Xorijiy ta'lim muassasalari, markazlarining takliflariga muvofiq chet el safariga chiquvchi 2-fakultet, xususan kafedra professor-o‘qituvchilariga hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘mak berish;
3.2.5. Kafedraning xalqaro aloqalariga oid ma'lumotlarni, universitet rahbariyatiga tezkorlik bilan taqdim etib borish;
3.2.6. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.

IV. Guruhni boshqarish

4.1. Guruh a’zolari, kafedra ichki tartib qoidalari talablariga muvofik, kafedra rahbarining tavsiyasiga kura, universitet raxbariyati tomonidan tasdiqlanadi yoki guruh tarkibidan chiqariladi;


4.2. Guruh a'zoligiga nomzodlar, oliy ma'lumotga ega va biror-bir xorijiy tilni mukammal biladigan shaxs bulishi mumkin;
4.3. Yuritiladigan barcha hujjatlar, kafedra boshlig‘i, 2-fakultet dekani yoki universitet rektori yoki uning topshirig‘iga muvofiq, tegishli prorektor tomonidan shaxsan imzolanadi va universitet muhri bilan tasdiqlanadi.
4.4. Guruh a'zolari, o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.

V. Guruh faoliyatini tashkil etish

5.1. Guruh ishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, universitet rektori, tegishli prorektor topshiriqlari xamda 2-fakultet dekanati topshiriqlariga muvofik, shuningdek universitet, kafedra ish rejalari, guruh a'zolarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi;


5.2. Guruhning ish rejasi, universitetning tegishli ish rejalari va kafedra zimmasiga yuklatilgan vazifalar asosida shakllantiriladi;
5.3. Guruhning ish rejasi, universitet rektori yoki uning topshirig‘iga muvofiq tegishli prorektor tomonidan tasdiqlanadi;
5.4. Guruh faoliyati, universitet rektori qarorlari va buyruqlari, prorektorning topshiriqlarining amalga oshirilishi, tizimli monitoringini ta'minlash, tegishli ish rejalariga muvofiq, o‘rganish yo‘li bilan, shuningdek universitet, 2-fakultet dekanati hamda kafedrada o‘tkaziladigan majlislarda, hisobotlarni eshitish orqali tashkil etiladi.
Download 19.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling