I. Umumiy qoidalar


Guruh o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni bajaradi


Download 19.47 Kb.
bet3/4
Sana11.09.2023
Hajmi19.47 Kb.
#1675639
1   2   3   4
Bog'liq
Nizom

2.2 Guruh o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
2.2.1. Kafedraning xorijiy oliy ta'lim muassasalari, ta'lim markazlari bilan xalqaro hamkorligini o‘rnatadi va shu bilan bog’liq jarayonga aktiv ishtirok etadi;
2.2. Guruh, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
2.2.1. Kafedraning xorijiy oliy ta'lim muassasalari, ta'lim markazlari bilan xalqaro hamkorligini o‘rnatishda ishtirok etadi;
2.2.2. Kafedra professor-o‘qituvchilarining xorijiy davlatlar ta'lim muassasalari, markazlari, jamg‘armalari, jumladan xalqaro tashkilot va jamg‘armalar tomonidan e'lon qilingan tanlovlarda ishtirok etishlarida ko’mak beradi;
2.2.3. Universitet rahbariyati, kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalarining xorijiy davlatlar ta'lim muassasalari, markazlarida malaka oshirishlari, o‘quv kurslarida qatnashishlari, ko’rgazma, konferentsiya va boshqa ta’lim tadbirlarida ishtirokini ta'minlash uchun, tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
2.2.4. Universitet, 2-fakultet, xususan kafedraga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar vakillari, professor-o‘qituvchilari va talabalar bilan davra suhbatlari va uchrashuvlarni tashkil etishadi aktiv qatnashadi;
2.2.5. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.

III. Guruhning huquq va majburiyatlari

3.1. Guruh o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
3.1.1. Universitet boshqaruvida ko‘rib chiqiladigan hamda kafedra va xorijiy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma'lumotlarni universitetning 2-fakulteti, iqtisodiyot kafedrasi, boshqa tarkibiy bo‘linmalari hamda boshqa organ va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rab olish;
3.1.2. Xorijiy hamkorlar bilan ikki va ko‘p tomonlama memorandum hamda shartnomalarni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘ladigan hujjat hamda ma'lumotlarni yig‘ish;
3.1.3. Universitet, 2-fakultet, xususan kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalarini xorijiy ta'lim muassasalari va ta’lim markazlarida malaka oshirishi, ilmiy izlanishlar olib borishi va hamkorlikda, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berish va takliflar kiritish;
3.1.4. Xorijiy ta'lim muassasalari, markazlarida ta'lim olish yoki xalqaro ta'lim konferensiyalar va kurgazmalarida ishtirok etish uchun yuboriladigan nomzodlar ro‘yxatini, universitet rahbariyatiga tavsiya qilish;
3.1.5. Universitet, xususan kafedra va xorijiy davlat ta'lim muassasalari o‘rtasida imzolangan shartnoma, memorandumlar doirasida hamda boshqa xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy safarda bo‘lib kelgan xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalardan, o‘rnatilgan tartibda, hisobotlarni, o’z vaqtida taqdim etilishini talab qilish;
3.1.6. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Download 19.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling