Foydalanilgan va o’rganilgan adabiyotlar ro’yxati...............................................
|
|
Ilovalar, izohlar va qo’shimcha hisob kitob..................................................... ….
|
|
KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so`ng barcha soxalarda bo`lgani kabi aholini ijtimoiy ximoya qilish ya`ni davlat va ishlab chiqarish xodimlarining oylik maoshini bosqichma bosqich oshirib borish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Bunday o’zgarishlarni izchil ravishda amalga oshirilishining eng muhim omili tub iqtisodiy islohotlar bilan bog’liq bo’ldi. Bu iqtisodiy islohotlarning muhim natijalaridan biri ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va iqtisodiyotning real sektorida barqaror o’sishni ta’minlash uni izchil va samarali ravishda amalga oshirish bilan iqtisodiyotning asosiy sohalarida barqaror o’sishga erishildi.
Avvalgi sharoitlarda ham qashshoklikni yumshatuvchi ma’lum tadbirlar tizimi mavjud edi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ular asta-sekin barham topib bormoqda. Ularning o’rnini samarali ravishda bosuvchi mexanizm yuzaga kelishi iqtisodiy jihatdan zarurat bo’lib qoldi.
Davlat iqtisodiyotining rivoji albatta aholining daromadalari va yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi qiymatidan iborat. Aholi daromadlari korxonalar tomonidan to’lanayotgan ish haqida o’zining amaliy ifodasini topsa, mehnat unumdorligi yalpi ichki mahsulotni ko’taruvchi va aholi jon boshiga ko’proq qismini to’g’ri kelishini ta’minlovchi kategoriyalardan biri bo’lib hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi bo’yicha 2017 yilda mehnat resurslari soni 18672,5 ming kishini tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 183,6 ming kishiga, yoki 1,0 % ga o’sishi kuzatildi. Mehnat resurslari tarkibida iqtisodiy faol aholi soni 14357,3 ming kishini (jami mehnat resurslarining 76,9 %), iqtisodiy nofaol aholi soni esa 4315,2 ming kishini (23,1 %) tashkil etdi. Respublikada ish bilan band aholi soni 13520,3 ming kishini tashkil etib, 2016 yilning mos davriga nisbatan 1,7 % ga o’sdi.
Yuqoridagi statistik ma`lumotlardan xam ko`rinib turibtiki, mamlakatimizda aholini ijtimoiy ximoya qilishga alohida e`tibor qaratilib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |