Mehnat resurslari tahlili va normasi tahlili.
6-jadval
“Uzsalaman” QK AJda ishchilarning ish vaqtidan foydalanishini tahlili
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “Uzsalaman” QK AJdaishchilarning ish vaqti fondi 2016 yilga nisbatan 170062 kishi-soatga ortgan. Bunga asosan bir ishchining ishlagan kishi kunlarini 19734 kishi-kuniga ko’payganligi ta’sir etgan. Bundan tashqari ishchilar sonining avvalgi yilga nisbatan 78 kishiga ko’payganligi va o’rtacha ish kuni davomiyligini 0,6 soatga ortganligi ham o’z ta’sirini ko’rsatgan. Korxonada ish vaqti fondi qisqargan bo’lsada, korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmi o’sgan. Bu esa korxonada mehnat unumdorligining o’sganligidan dalolat beradi.
Mehnat unumdorligi tahlili. Mehnat resurslaridan foydalanish darajasi yakuniy natijada ishchilar mehnat unumdorligini o’zgarishiga ta’sirko’rsatadi. Mehnat unumdorligi ma’lum vaqt ichida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqtni ifodalaydi. SHu sababdan ishchilar ish vaqti tahlilida mehnat unumdorligi darajasiga ham alohida e‘tibor qaratiladi. Ishchi xodimlar unumdorligiga turli omillar ta’sirko’rsatadi. Tahlilim asosiy vazifasi analiz omillar ta’sirdarajasini aniqlashdan iborat. O’rganilaytgan korxonada mehnat unumdorligi bo’yicha tahlilni amalga oshirish uachun quyidagi jadval ma’lumotlaridan foydalaniladi.
7-jadval
“Uzsalaman” QK AJda mehnat unumdorligi ko’rsatkichlarining darajasi va dinamikasi tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |