Ish haqi tizimi tahlili
Ish xaqini tashkil etishning bozor andozasi ish kuchining qiymati va mulkchilik shakllarining hilma-hilligiga asoslangan bo’lib, ishlab chiqarish vositalari egasini va xodimni bir shahsga birlashtirmaydi. Buning ustiga u xodimning mehnatga xaq to’lashni umuman iqtisodiy tizim faoliyatining natijalariga bevosita bog’liq qilib qo’ymaydi. Aksincha, bozor andozasi ishlab chiqarish vositalari egalari (korxonalarning yakka tartibdagi va aktsiya egalari) o’rtasida yoki yollanma xodim vazifalarining aniq taqsimlanishini nazarda tutadi.Yollanma xodim faqat o’z mehnatining natijalari uchun javob beradi, uning bu mehnatiga umuman korxonaning faoliyati natijalari qanday bo’lishidan qat’iy nazar xaq to’lanishi kerak. Quyida keltirilgan 8-jadvalda ishchi va xodimlarga ish xaqi to’lashning yagona ta’rif tizimi keltirilgan.
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “Uzsalaman” QK AJda ish xaqi to’lashning yagona ta’rif setkasiga asosan jami 22 razryadla belgilangan. Eng kichik 1-razryad 2,476 koeffitsientga teng.
Birinchi razryad uchun ta’rif stavkasi 370842,9 so’m. ta’rif stavkasini topish uchun korxonaning eng kam ish xaqi ta’rif koeffitsientiga ko’paytiriladi. 2017-yil davomida korxonadagi ish xaqi hisoblash uchun qabul qilingan eng kam ish xaqi 149775 so’m. Korxonaning barcha oddiy ishchilariga 1-6 razryadlar bo’yicha ish xaqi oladilar korxonada qabul qilingan oylik o’rtacha ish soati 169,4 soatni tashkil etadi.
Korxonadagi eng katta razryad ya’ni 22 razryad ta’rif koeffitsienti 10,240 bo’lib, unga belgilangan ish xaqi miqbori, ya’ni ta’rif stavkasi 1533696 so’m. Korxona boshqaruv xodimlari esa 22 razryadga oylik ish xaqi bilan ta’minlanadilar.SHunday qilib, ish xaqini tashkil etishning bozor andozasida birinchi o’rinda xodimning o’z mehnati natijalaridan manfaatdor bo’lishi turadi. Bu hol korxona bilan jamiyat manfaatlari ish xaqini tashkil etishga ta’sir ko’rsatmaydi degan ma’noni anglatmaydi.
“Uzsalaman” QK AJ da vaqtbay va ishbay ish xaqi hisoblanadigan ishchilar tahlili. Korxonada 2016 2017 yillarda b/ish bilan band bo’lgan xodimlar keltirilgann.
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2016 yilda korxonada jami ishlovchilarning 36 nafari vaqtbay ishchilar, 31 nafari ishbay ishchilar bo’lib hisoblanadi.
10-jadval
“Uzsalaman” QK AJda vaqtbay va ishbay ish xaqi hisoblanadigan ishchilar tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |