I va II klass konsentratorlari
Download 85 Kb.
|
malumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- II klass konsentratorlari (repiterlari)
7.2.1. I va II klass konsentratorlari IEEE802.3 standarti repiterli konsentratorlarni ikkita klassga ajratadi, ular bir-biridan ishlatilish sohalari va baja- radigan vazifalari bilan ajralib turadilar. Har bir konsentrator o‘z klassining belgisi bilan belgilab qo‘yiladi, ya’ni I va II rim raqamlaridan tegishlisini aylana ichiga olingan belgi bilan bel- gilanadi. II klass konsentratorlari (repiterlari) – bular keng tarqal- gan, taniqli konsentratorlar, Ethernet tarmog‘i ishlab chiqaril- gandan beri ulardan foydalaniladi. Shuning uchun ham ular- dan Fast Ethernet tarmog‘ida foydalanishga ruxsat etilgan. Bu konsentratorlar segmentdan kelgan signallarni aynan o‘zidek qilib, boshqa segmentga hech qanday o‘zgartirmasdan uzatishi bilan ajralib turadi (ya’ni tarmoq signallarini kodlash usulida o‘zgartirib bera olmaydilar). Shuning uchun bu konsentrator- larga faqat bir turdagi signal ishlatuvchi segmentlarni ulash mumkin. Masalan, bu konsentratorlarga faqat 10BASE-T yoki 100BASE-TX bir xil tarmoq segmentlarini ulash mumkin. To‘g‘ri, ularga turli masalan, 10BASE-T va 10BASE-FL yoki 100BASE-TX va 100BASE-FX segmentlarini ham ulash mum- kin, lekin ular bu holda bir xil uzatish kodidan foydalanish- lari kerak. Ammo bu konsentratorlar turli kodlashtirish tizimli segmentlarni birlashtira olmaydilar, masalan, 100BASE-TX va 100BASE-T4. II klass konsentratorlarida signalni ushlanishi I klass kon- sentratorlariga nisbatan kam. Standartga ko‘ra, signal ushla- nishi 46 bit oraliq vaqtidan (100BASE-TX/FX uchun) 67 bit oraliq vaqtgacha bo‘ladi (100BASE-T4 uchun). Shu holatdan bu turdagi konsentratorlarda kengaytirish imkoniyat va ular- ning portlar sonining chegarasi kelib chiqadi (odatda ular soni 24 tadan oshmaydi). Lekin konsentratorlarning kam ushlanish – 144 –
tarmoq ish faoliyatiga tarmoqdagi umumiy ushlanish vaqti ta’sir qiladi (konsentratordagi va kabeldagi ushlanish). II klass konsentratorlarini o‘zaro ulash uchun maxsus ken- gaytirish portlari (UpLink port, ïîðò ðàñøèðåíèÿ) ishlatiladi. Buning uchun har bir konsentrator shu porti bilan boshqa bir konsentratorning oddiy portlaridan biriga ulanadi (7.5-rasm). II klass konsentratorlarni ishlab chiqarish I klass konsentrator- lariga nisbatan ancha murakkab, chunki ularga vaqt bo‘yicha qo‘yilgan qattiq talablar mavjud. Shu bilan bir qatorda ular- ning imkoniyatlari kam, shuning uchun ularni sekin-asta I klass konsentratorlari siqib chiqarmoqda. 7.5-rasm. Ikkita II klass konsentratorlarini ulash. Download 85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling