I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
Kutilayotgan natijasi. Talabalarda jag‘sizlar katta sinfi to‘garak og‘izlilar sinfi, tuzilishi, skeleti, xazm qilish organlari, jabra apparati, qon aylanish sistemasi to‘g‘risida mikroskopik ishlarni amalga oshirish kunikmalari shakllanadi. 14-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Miksinalarning xarakterli belgilari Tugarak og‘izlilar sinfining umumiy tavsifi. To‘garak og‘izlilar umurtqali hayvonlarning primitiv gruppasi bo‘lib, minoga va miksinlarni o‘zi ichiga oladi. To‘garak og‘izlilarning gavdasi silindrsimon cho‘ziq bo‘ladi. Terisi yalang‘och, shilimshik. Juft suzgich qanotlari bo‘lmaydi. Og‘zi jag‘siz bo‘lib, Og‘iz so‘rg‘ichining to‘rida joylashadi. Burun teshigi bitta. Xordasi umrbod saqlanadi. Orqa miyasining yon tomonlarida juft tog‘ay o‘simtalari metamer xolda joylashadi. Bu o‘simtalar umurtqalilarning ustki yoylarining kurtagidir. Daryo minogasi misolida to‘garak og‘izlilarni ichki va tashqi tuzilishi. Morfologiyasi. Gavdasi uzun ilonga o‘xshaydi va uch qismga - bosh, tana va dumga bo‘linadi. Boshining oldingi past qismida Og‘iz oldi voronkasi bor. Og‘zi oldi voronkasida shox tishlari bo‘ladi. Boshning ikki yon tomonida bir juft ko‘zi bo‘ladi. Ikki ko‘zining orasida toq burun teshigi bor. Boshining ikki yon tomonida ettitadan jabra teshiklari bo‘ladi. Orqa tomonida oldingi va keyingi toq orqa suzgich qanotlari hamda dumida toq dum suzgich qanotlari joylashadi. Dum suzgich qanoti birlamchi teng pallali protatserkal tipda bo‘ladi. Gavdaning ostida, tana bilan dum qo‘shilgan erda orqa chiqaruv teshigi va siydik-tanosil organlari joylashgan. Teri qoplag‘ichi yumshoq bo‘lib, unda tashqi skeletning asari ham yo‘q. Terisida talaygina bir hujayrali bezlar bor. Skeleti asosan tog‘aydan tashkil topgan. O‘q skeleti bo‘lib, umrbod saqlanadigan xorda xizmat qiladi. Xordani va orqa miyani biriktiruvchi to‘qimali parda o‘rab turadi. Orqa miya kanalining tashqi devorida xordaning chetlari bo‘ylab mayda tog‘aylarning juft qatori bor. Bu tog‘aylar umurtqalar murtagi hisoblanadi. Bosh skeleti miya qutisi, og‘iz oldi voronkasi skeleti va visseral apparat skeletidan iborat.Miya qutisi bosh miyani ostidan, yonidan va qisman ustidan o‘rab oladi. Miya qutisining engsa bo‘limi taraqiy etmagan. Miya qutisining tagida asosiy plastinka, oldingi tomonida xidlov kapsulasi, keyingi qismida eshituv kapsulasi joylashadi. Og‘iz oldi voronkasi skeleti faqat to‘garak og‘izlilarga xosdir. U voronka devorining yuqori va yon tomonlaridan tutib turadigan tog‘aylardan tuzilgan. Visseral skelet jabra qutisidan, stilesimon tog‘aydan va ko‘z osti yoyidan iborat. Jabra kutisining o‘zi tog‘ay panjaradan iborat. Jabra qutisiga yurak oldi tog‘ayi tegib turadi. Muskul sistemasi mioseptalar yordamida qator miomerlarga aniq ajralgan. Nerv sistemasi juda sodda tuzilgan. Bosh miyaga nisbatan kichik va miyacha uzunchoq miyadan ajralmagan, bosh miyaning bo‘limlari bitta gorizontal tekislikda joylashgan. Oldingi miya yarim sharlarining tagi targ‘il tanadan tuzilgan, usti yupqa epiteliy bilan qoplangan. Bosh miyadan 10 juft bosh miya nervlari chiqadi. Orqa miyasi lentasimon shaklda bo‘ladi. Orqa miya nervlarining orqa va qorin butoqlari boshqa umurtqalilarga qarshi o‘laroq bir-biri bilan qo‘shilib, aralash nerv tanasi hosil qilmaydi. Sezuv organlari kam taraqqiy etgan. Eshitish organi faqat ichki quloqdan tashkil topgan va unda ikkita yarim doira kanali bor. Ko‘zida shox parda rivojlanmaydi. Xid bilish organi toq. YOn chiziq organi teri yuzasiga joylashgan. Ovqat hazm qilish organlari og‘iz oldi voronkasidan boshlanadi. U og‘iz bo‘shlig‘iga ochiladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida shox tishlar va til bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘idan faqat to‘garak og‘izlilarga harakterli ikkita nay-pastda nafas nayi va ustida qizilo‘ngach nayi ketadi. Qizilo‘ngach ichakka va ichak anal teshigiga ochiladi. Ichakning ichida xazm qilish yuzasini kengaytiruvchi spiral klapani bo‘ladi. Ichakning oldingi past tomonida jigar joylashadi. Oshkozon osti bezi ichakning oldingi past tomonida jigar joylashadi. Oshkozon osti bezi ichakning butun devoriga tarqalgan. Nafas olish organlari yaproqsiz tashqi jabra teshiklari jabra xaltachalariga ochiladi. Jabra xaltachalarining ichki tomonidan yaproqsiz ichki jabra yo‘llari ochiladi. Ichki jabra yo‘llari nafas nayiga chiqadi. To‘garak og‘izlilarning jabra xaltachalari va ularning yaproqlari baliqlardan farqli ravishda entodermadan rivojlanadi. Nafas olishda suv tashqi jabra teshiklaridan jabra xaltachalariga va shu yo‘l bilan orkaga qaytib tashqariga chiqib ketadi. Qon aylanish sistemasi — lansetnikning qon aylanish sistemasi shaklida tuzilgan. Lekin minogalarda yurak bo‘lmasi va yurak qorinchasidan iborat ikki kamerali yurak bor. YUrak qorinchasidan qorin aortasi chiqadi. Uning har qaysi tomonidan qon olib keluvchi jabra arteriyalari chiqib, jabra oraliq to‘siqlaridagi jabra yaproqlariga keladi. Oksidlangan qon olib ketuvchi jabra arteriyalari toq aorta ildiziga yig‘iladi. Aorta ildizidan oldingi tomonga qarab gavdaning bosh tomonini qon bilan ta’minlovchi uyqu arteriyasi, keyingi tomonga qarab, butun gavdaning qolgan qismini arterial qon bilan ta’minlovchi orqa aortasi chiqadi. Gavdaning bosh tomonidan venoz qon bir juft kardinal venalarga yig‘iladi. Bularning har qaysi mustaqil ravishda vena sinusiga quyiladi. Ichakdan venoz qon-jigar o‘pka venasiga yig‘iladi. Bu erdan venoz qon jigar venasi nomi bilan vena sinusiga quyiladi. Vena sinusi yurak bo‘lmasiga, yurak bo‘lmasi esa yurak qorinchasiga ochiladi. Ayirish organlari bir juft mezonefritik tipdagi buyrakdan iborat. Bu buyrak gavda bo‘shlig‘ida joylashgan. Buyrakning oldingi chetida bosh buyrak qoldig‘i bor. Siydik kanali bo‘lib Volf kanali xizmat qiladi va siydik tanosil teshigiga ochiladi. Ko‘payish organlari toq bo‘ladi. Pishib etilgan jinsiy hujayralar gavda bo‘shlig‘iga tushadi va siydik tanosil teshigi orqali tashqariga chiqariladi, urug‘lanish suvda o‘tadi. To‘garak og‘izlilarning sistematikasi va ahamiyati. Jag‘sizlar (Agnatha) ikkita sinfga: To‘garakog‘izlilar (Cyclostomata) va qolqondorlar (Ostracodermi) sinflariga ajratiladi. qolqondorlar kichik baliqsimon ko‘rinishdagi hayvonlar bo‘lib, silur-devon davrida qirilib ketgan. To‘garakog‘izlilar sinfi 2 ta kenja sinfga bo‘linadi. 1-kenja sinf — minogalar Minogalar bitta minogasimonlar turkumini va minogalar oilasini o‘z ichiga oladi. Bular dengiz va daryolarda erkin suzib yuradi, chala parazitlik qilib ovqatlanadi. Minogalar ko‘pincha baliqlarning gavdasiga yopishib olib, uning qoni va go‘shtini so‘radi. Ko‘zlari yaxshi rivojlanmagan. Jabra teshiklari 7 juft bo‘lib, qar biri mustaqil ravishda tashqariga ochiladi. Minogalarga vakil qilib, gavdasining uzunligi 1 m gacha boradigan dengiz minogasi va daryo minogalarini misol keltirish mumkin. 2-kenja sinf — miksinalar Miksinalarning orqa suzgich qanoti yo‘q, ko‘zlari terisi ostiga yashiringan. Jabra teshiklari 15 juftgacha bo‘ladi. Ichki qulog‘ida faqat bitta yarim doirali kanali bo‘ladi. Jabra teshiklari kanallar holida borib, teri tagidan bir juft teshik bilan tashqariga ochiladi. Bu belgilarning hammasi miksinalarning ovqatlanishiga asoslangan, ya’ni miksinlar baliqlarning gavdasi ichiga kirib oladi va ichki organlarini eydi. SHu sabali bular parazit hayvonlar deb ataladilar. Ahamiyati. Minogalar ovqatga ishlatiladi. Rossiyada minogalar, asosan, Volga daryosidan tutiladi. Miksinlar to‘rga tushgan baliqlarni eb ko‘yadi va shu bilan baliqchilikka sezilarli darajada zarar etkazadi. Savollar 1. Tugarak og‘izlilar sinfi qanday harakterli belgilarga ega? 2. Daryo minogasining tuzilishi qanday? 3. To‘garak og‘izlilar sinfi qanday kenja sinflarga va turkumlarga bo‘linadi? 4. To‘garak og‘izlilar sinfi vakillarining o‘rganishning qanday ilmiy va amaliy ahamiyati bor. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling