I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


13-AMALIY MASHG’ULOT 
 
Mavzu: To’garak og’izlilar sinfi. Tuzilishi, skeleti, xazm qilish organlari, jabra apparati
qon aylanish sistemasi. 
 
Mazmuni. Ixtiologiya kursida jag‘sizlar yoki baliqsimonlar va baliqlar birlamchi suv 
hayvonlari hisoblanadi. Ularning tuzilishida va hayot tarzida o‘xshashliklar mavjud. Jag‘sizlar 
umurtqali hayvonlar orasida eng oddiy tuzilishga ega. Og‘zi so‘ruvchi tipda, boshqa umurtqali 
hayvonlarga xos bo‘lgan harakatchang jag‘lar mavjud emas. Juft harakat organi yo‘q, tanasining 
harakati juda sodda. Ichki slet tog‘aydan iborat. Lekin qirilib ketgan formalarida tashqi suyak 
sklet rivojlangan. Ko‘pchilik vakillarida burun teshigi toq. Jag‘sizlar murtak pardasiz umurtqali 
hayvonlarg (Anamnia) kiradi. 
Jag‘sizlar katta sinfi 2 ta sinfga bo‘linadi: 
3.
Qalqonlilar (Ostracodermi) 
4.
Hozirgi to‘garak og‘izlilar (Cyclostomata). 
To‘garak og‘izlilar (Cyclostomata) sinfi 
To‘garak og‘izlilar hozirgi umurtqalilarning eng oddiy guruhidir. SHuning bilan birga 
ularda yarim yoki to‘liq parazitlik qilishga moslashgan maxsus belgilari mavjud. Tashqi tuzilishi 
va biologiyasi bilan baliqlarga o‘xshash bo‘lsada, lekin qator belgilari bilan ulardan farq qiladi. 
Bu hayvonlar umurtqalilarning alohida tarmog‘i hisoblanadi. To‘garak og‘izlilarning jag‘i va juft 
harakat organi bo‘lmasligi ularning oddiyligidan dalolat beradi. Hidlash kapsulasi toq bo‘lib, 
tashqariga bitta teshik orqali ochiladi. Jabra apparati ektodermadan kelib chiqqan, o‘ziga xos 
tuzilishga ega, ya’ni jabra xaltachalaridan iborat, shuning uchun to‘garak og‘izlilar jabra 
xaltalilar ham deyiladi.
Parazitlik hayotga moslashgan belgilari so‘rish voronkasi va uning asosida joylashgan 
og‘iz teshigi. SHox moddadan iborat tishlari va bezlarga juda boy bo‘lgan tuksiz terisi ham 
parazitlikka moslashgan belgilardan.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling