I X t I o L o g I y a
-rasm. Suyakli baliqlarning bosh miyasi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jag‘sizlar katta sinfi 2 ta sinfga bo‘linadi
2.13-rasm. Suyakli baliqlarning bosh miyasi: l-hidlov kapsulalari, 2-hidlov bo’laklari, 3-oldingi miya yarim sharlari, 4-o’rta miya, 5-miyacha, 6-uzun-choq miya, 7-orqa miya, 8-uchlik nervning ko’zga bora-digan tarmog’i, 9-eshitish nervi, 10-adashgan nerv. Nazorat savollari: 1. Baliqlarning markaziy nerv sistemasi haqida ma’lumot byering? 2. Baliqlarning bosh miyasi necha qismdan tashkil topgan? 3. Bosh miya qismlarining vazifalari nimalardan iborat? 4. Baliqlarda orqa miya qayerda joylashgan? 5. Baliqlarning bosh miyasi qayerda joylashgan? 6. Baliqlarning orqa miyasi qayerda joylashgan? 12-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu:Jag’sizlar kata sinfi Jag‘sizlar katta sinfi, tuzilishi va xarakterli belgilari (Agnatha). Ixtiologiya kursida jag‘sizlar yoki baliqsimonlar va baliqlar birlamchm suv hayvonlari hisoblanadi. Ularning tuzilishida va hayot tarzida o‘xshashliklar mavjud. Jag‘sizlar umurtqali hayvonlar orasida eng oddiy tuzilishga ega. Og‘zi so‘ruvchi tipda, boshqa umurtqali hayvonlarga xos bo‘lgan harakatchang jag‘lar mavjud emas. Juft harakat organi yo‘q, tanasining harakati juda sodda. Ichki slet tog‘aydan iborat. Lekin qirilib ketgan formalarida tashqi suyak sklet rivojlangan. Ko‘pchilik vakillarida burun teshigi toq. Jag‘sizlar murtak pardasiz umurtqali hayvonlarg (Anamnia) kiradi. Jag‘sizlar katta sinfi 2 ta sinfga bo‘linadi: 1. Qalqonlilar (Ostracodermi) 2. Hozirgi to‘garak og‘izlilar (Cyclostomata). To‘garak og‘izlilar (Cyclostomata) sinfi To‘garak og‘izlilar hozirgi umurtqalilarning eng oddiy guruhidir. SHuning bilan birga ularda yarim yoki to‘liq parazitlik qilishga moslashgan maxsus belgilari mavjud. Tashqi tuzilishi va biologiyasi bilan baliqlarga o‘xshash bo‘lsada, lekin qator belgilari bilan ulardan farq qiladi. Bu hayvonlar umurtqalilarning alohida tarmog‘i hisoblanadi. To‘garak og‘izlilarning jag‘i va juft harakat organi bo‘lmasligi ularning oddiyligidan dalolat beradi. Hidlash kapsulasi toq bo‘lib, tashqariga bitta teshik orqali ochiladi. Jabra apparati ektodermadan kelib chiqqan, o‘ziga xos tuzilishga ega, ya’ni jabra xaltachalaridan iborat, shuning uchun to‘garak og‘izlilar jabra xaltalilar ham deyiladi. Parazitlik hayotga moslashgan belgilari so‘rish voronkasi va uning asosida joylashgan og‘iz teshigi. SHox moddadan iborat tishlari va bezlarga juda boy bo‘lgan tuksiz terisi ham parazitlikka moslashgan belgilardan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling