4-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Mavzu: Baliqlar katta sinfi (Pisces). Tog‘ayli baliqlar sinfi.
Kerakli materiallarva jihozlar: spirtda yoki formalinda fiksirlangan akula; vannachalar,
pinset, skalpel, qaychi, doka ro’molcha, preparoval va oddiy to’g’nog’ich ninalar, lupa (4x6),
paxta; akula va skatlarning tashqi, ichki tuzilishi aks ettirilgan rangli jadvallar.
Laboratoriya ishining maqsadi: Talabalarga baliqlar kattasinfi (Pisces), tog‘ayli baliqlar
sinfi to‘g‘risida umumiy ma’lumot byerish va mavzu to‘g‘risida bilim, malaka va kunikmalarni
shakllantirish.
Mazmuni. Baliqlar (Pisces) ikkita sinfga bo‘linadi.
3.
Tog‘ayli baliqlar sinfi (Chondrichthyes).
4.
Suyakli baliqlar sinfi (Osteichthyes).
Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlar sinfining xaraktyerli
belgilari quyidagilardan
iborat:
-
skleti tog‘aydan iborat bo‘lib, egiluvchan va mustahkam;
-
tog‘ayli baliqlarning tanasi plakoidli
tangachalar bilan qoplangan,
ayrimlari esa
yalong‘och;
-
yukagida arterial konus mavjud.
-
Ichaklarida spiral kanallar bor;
-
suzgich pufagi yo‘q;
-
juft suzgichlari gorizontal joylashgan;
-
jinsiy
demorfizm yaxshi rivojlangan, yerkaklarida
qorin suzgichlarida maxsus
o‘simtalari – pterigopodiylari bor;
-
Otalanish ichki, tuxumlari yirik, kapsula bilan qoplangan;
-
tuxum qo‘yadi, tirik tug‘uvchi vakillari ham bor
-
kloakasi mavjud.
Tog‘ayli baliqlar sinfiga 600 turdan ortiq baliq kiradi. Ular
asosan dengiz baliqlari
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: