I X t I o L o g I y a
Laboratoriya ishining maqsadi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
Laboratoriya ishining maqsadi: Talabalarga nafas olish tizimi, nafas olish tizimining
tuzilishi, qon aylanish tizimi, qon aylanish tizimi, ayirish va jinsiy tizimi, baliqlarning rivojlanishi, nerv tizimi va sezgi azolari to‘g‘risida laboratoriya ishlarini olib borish va natijada ularda bilim, malaka va kunikmalarni shakllantirish. Mazmuni. Baliqlar asosan suvda yerigan kislorod bilan nafas oladi. Ba’zi bir baliqlar atmosfyera havosidan ham kislorodni oladi (ilonbosh). Baliq nafas olganda suvni jabra orqali tashqariga chiqaradi. Jabradagi qon kislorodga boyiydi. Jabra yaproqlari tashqi tomondan mayda yaproqchalar bilan qoplangan. Aynan shu yaproqchalarda gazlar almashinuvi sodir bo‘ladi. Baliqlarning intensiv ravishda nafas olishi muhit faktorlarining fizik-ximiyaviy xolatiga bog‘liq, baliklarning turiga, katta kichikligiga va fiziologik sharoitiga bog‘liq. Baliklarning kislorodga bo‘lgan qo‘shimcha moslashuvi bu ularning kislorod mikdorining o‘zgarishiga chidamligi bo‘lib xisoblanadi. Bu moslashuv baliq terisi orqali amalga oshiriladi. Baliq terisi orqali ham suvda yerigan kislorodni foydalanishi mumkin. (teri orkali nafas olish) va xavo pufagi, ichaklar va maxsus qo‘shimcha a’zolar orqali atmosfyera xavosidan kislorodni olishidir (xavo orqali nafas olish). Ba’zi bir baliqlarda kislorod etishmaganda, suvda yerigan kislorod kamayganda teri orqali nafas olish ancha rivojlangan (karp, karas, lakka, ilonbalik). Lekin havo olish miqdori unchalik katta emas, nam atmosfyera havosida havodan kislorod olishda nafaqat tana yuzasi balki jabra ham ishtirok etadi. Ko‘pincha ho‘l teri paytida va jabra ham syernam bo‘lganda ilonbalik bir necha kun suvsiz yashashi mumkin. SHu xususiyat orkali ilonbalik quruqlik orqali bir suvlikdan ikkinchi suvlikka o‘ta oladi. Baliklarni suvsiz xolatda tashigan paytda, kislorodga bo‘lgan talab teri orkali amalga oshiriladi. Baliq jabra apparatining tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 1 - rasmda berilgan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling