I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishining maqsadi
- Jag‘sizlar katta sinfi 2 ta sinfga bo‘linadi
3-LABORATORIYA MASHG’ULOTI. Mavzu: Jag‘sizlar katta sinfi. To‘garak og‘izlilar sinfi. Tuzilishi, skeleti, xazm qilish organlari, jabra apparati, qon aylanish sistemasi. Kerakli materiallarva jihozlar: spirtda yoki formalinda fiksirlangan akula; vannachalar, pinset, skalpel, qaychi, doka ro’molcha, preparoval va oddiy to’g’nog’ich ninalar, lupa (4x6), paxta; akula va skatlarning tashqi, ichki tuzilishi aks ettirilgan rangli jadvallar. Laboratoriya ishining maqsadi: Talabalarga jag‘sizlar katta sinfi to‘garak og‘izlilar sinfi, tuzilishi, skeleti, xazm qilish organlari, jabra apparati, qon aylanish sistemasi to‘g‘risida mikroskopik ishlarni amalga oshirish va talabalarda mikroskopda mustaqil ishlash kunikmalarini shakllantirish. Mazmuni. Ixtiologiya kursida jag‘sizlar yoki baliqsimonlar va baliqlar birlamchi suv hayvonlari hisoblanadi. Ularning tuzilishida va hayot tarzida o‘xshashliklar mavjud. Jag‘sizlar umurtqali hayvonlar orasida eng oddiy tuzilishga ega. Og‘zi so‘ruvchi tipda, boshqa umurtqali hayvonlarga xos bo‘lgan harakatchang jag‘lar mavjud emas. Juft harakat organi yo‘q, tanasining harakati juda sodda. Ichki slet tog‘aydan iborat. Lekin qirilib ketgan formalarida tashqi suyak sklet rivojlangan. Ko‘pchilik vakillarida burun teshigi toq. Jag‘sizlar murtak pardasiz umurtqali hayvonlarg (Anamnia) kiradi. Jag‘sizlar katta sinfi 2 ta sinfga bo‘linadi: 5. Qalqonlilar (Ostracodyermi) 6. Hozirgi to‘garak og‘izlilar (Cyclostomata). To‘garak og‘izlilar (Cyclostomata) sinfi To‘garak og‘izlilar hozirgi umurtqalilarning eng oddiy guruhidir. SHuning bilan birga ularda yarim yoki to‘liq parazitlik qilishga moslashgan maxsus belgilari mavjud. Tashqi tuzilishi va biologiyasi bilan baliqlarga o‘xshash bo‘lsada, lekin qator belgilari bilan ulardan farq qiladi. Bu hayvonlar umurtqalilarning alohida tarmog‘i hisoblanadi. To‘garak og‘izlilarning jag‘i va juft harakat organi bo‘lmasligi ularning oddiyligidan dalolat byeradi. Hidlash kapsulasi toq bo‘lib, tashqariga bitta teshik orqali ochiladi. Jabra apparati ektodyermadan kelib chiqqan, o‘ziga xos tuzilishga ega, ya’ni jabra xaltachalaridan iborat, shuning uchun to‘garak og‘izlilar jabra xaltalilar ham deyiladi. Parazitlik hayotga moslashgan belgilari so‘rish voronkasi va uning asosida joylashgan og‘iz teshigi. SHox moddadan iborat tishlari va bezlarga juda boy bo‘lgan tuksiz terisi ham parazitlikka moslashgan belgilardan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling