I X t I o L o g I y a
Tog‘ayli baliqlar sinfi sistematikasi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
Tog‘ayli baliqlar sinfi sistematikasi:
5. Plastinkajabralilar kenja sinfi. 6. Selnogolovie (yaxlit boshlilar) kenja sinfi. Plastinkajabralilar kenja sinfi. Plastinkajabralilar kenja sinfining xaraktyerli belgilari: - jabra yaproqlari o‘troq, jabra to‘sig‘i plastinka ko‘rinishida; - o‘q skleti umurtqalardan iborat bo‘lib, amfitsel umurtqali ko‘rinishida; - jabra yoriqlari 5 tadan 7 tagacha bo‘lib, jabra yoriqlari jabra qopqog‘i bilan mahkamlanmagan; - purgagichlarga ega; - dum suzgichlari getyerotsyerkal. Plastinkajabralilar kenja sinfi akula va skatlar katta turkumlariga bo‘linadi. Akulalar katta turkumi (Selachomorhpa). Akulalarning tanasi duksimon. Jabra yoriqlari boshining ikki yonida joylashgan. 15 sm dan 20 metr uzunlikda. Masalan, pakana akulalarda 15 sm, kitlarda 20 metr. Akulalarning 300 turi ma’lum. Akula – dengiz baliqlari hisoblanadi, lekin ba’zilari chuchuk suvlarda uchraydi, doimiy yashaydiganlari ham bor. CHuchuk suvda uchraydiganlari asosan issiq sevarlar bo‘lib jahon okeaning tropik va subtropik joylarida uchraydi. Ayrimlari sovuq suvlarda uchraydi, masalan qutb akulasi, seldsimonlar, mushuksimon akula va boshqalar. Akulalar qirg‘oqqa yaqin joylarda va okean o‘rtasida yashaydi, ayrim turlari 100 m chuqrlikda yashaydi. Akulalar tuxum qo‘yadi va tirik tug‘adi. Tuxum qo‘yuvchilar: qutb akulasi va mushuksimonlar, tirik tug‘uvchilar: katran, seldsimonlar. Syerpushtligi 3 malkovdan 300 ta tuxumgacha qo‘yadi. Akulalarning ko‘pchiligi yirtqich bo‘lib, baliqlar, kalmarlar, qisqichbaqasimonlar va dengiz yulduzlari bilan oziqlanadi. Eng yirik akulalar kitsimonlar va yirik gigant akula zooplanktonlar bilan oziqlanadi, mushuksimonla esa bentos oziqlanadi. Ko‘pchilik turlari oziq qidirib, yoki oziqni orqasidan migratsiya qilib hayot kechiradi, masalan seldsimonlar va yirik akulalar. Ayrimlari sutkalik migratsiya qiladi, ya’ni kechalari yuqoriga ko‘tariladi ozi uchun kunduzlari suv qa’riga tushadi. Ayrimlari tuxum, yoki malkovlarni qo‘yish uchun qirg‘oqqa yaqin kelish uchun migratsiya qiladi. Akulalarning 50 dan ortiq turi odam uchun xavfli. Xo‘jalik ahamiyatiga ega turlari ko‘p. Masalan, mushuksimonlar, katran, qutb akulasi, seldsiomonlar ko‘k akula va boshqalar. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling