I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teri qoplami.
Tashqi ko‘rinishi. Aksariyat akulalar tanasi uzunchoq, duksimon. Boshining oldingi
tomonida rostrumi bor. Boshining har ikki tomonida, odatda, 5 tadan jabra yoriqlari bor; faqat ayrim hozirgi akulalarda (Chlamydoselachidae va Hexachidae) ular 6-7 bo‘ladi. Ko‘zlarining orqasida halqumga ochiluvchi ikkita teshik bor. Bular jag‘ va til osti yoylari orasida joylashgan jabra yoriqlarining rudimenti – sachratgichlarlardir. Tanasining ostki tomonida, dumining asosida kloaka joylashgan. Dum suzgichi notekis pallali. Bunday tipdagi suzgich getyerotsyerkal suzgich deb ataladi. Juft harakat organlari ko‘krak va qorin suzgichlaridan iborat bo‘lib, ular gorizontal joylashgan. Yerkaklarida qorin suzgichlarining ichki tomonida kopulyativ organ vazifasini bajaruvchi barmoqsimon o‘simta hosil bo‘ladi. Teri qoplami. Epidyermisi ko‘p qavatli bo‘lib, sekretini tashqariga chiqaruvchi bezli hujayralarga ega. Koriumi pishiq va tolali. Terisi plastinkalar shaklidagi plakoid tangachalar bilan qoplangan. Tangachalari koriumda rivojlanib, boshqa umurtqalilar tishining dentininga yaqin bo‘lgan suyak modda – osteodentindan hosil bo‘ladi. Ular baliqning butun tanasini qoplaydi va og‘iz teshigining chetlari bo‘ylab jag‘larigacha etadi. Bu yerda u tananing boshqa qismlaridagiga nisbatan ancha yirik bo‘lib, tish vazifasini bajaradi. Bu holat, shuningdek, tishlar bilan plakoid tangachalar rivojlanishidagi o‘xshashlik ular gomologik ekanligidan dalolat byeradi. Skeleti. Akulalarning skeleti (ayrim joylarida ohak tuzlari bo‘lishiga qaramay) butun umr tog‘aydan iborat bo‘lib qoladi. O‘q skeleti umurtqa pog‘onasi faqat ikki qismga: tana va dum qismga bo‘linadi. Umurtqalar tanasi oldindan va orqadan botiq (amfitsil umurtqa) bo‘ladi. Ikkita umurtqa tanasi orasidagi bo‘shliqda xorda saqlanadi. Bundan tashqari, xorda har bir umurtqaning o‘rtasida bo‘lgan tor teshikchalardan ham saqlanadi. Umurtqa pog‘onasiga kelib qo‘shiladigan qovurg‘alar tanani faqat yuqoridan va qisman yon tomondan chegaralab turadi. Bosh skeleti miya qutisi, sezgi organlarikapsulasidan va rostrumdan iborat. Sezgi organlarining barcha kapsulalari juft bo‘lib, miya qutisining asosiy plastinkasiga qo‘shilib ketgan. Miya qutisining tepasi tog‘aydan iborat bo‘lib, u hali to‘liq emas. CHunki uning oldingi tomonida parda (oldingi fontenel) bilan qoplangan katta joy bor. Birinchi umurtqaning miya qutisiga qo‘shilib ketishi natijasida uning ensa bo‘limi hosil bo‘ladi. Rostrum miya qutisining oldingi tomonidan chiqadigan tayoqchasimon uchta tog‘aydan iborat. Vissyeral skelet jabra yoylari, til osti yoyi va jag‘ yoyidan tashkil topgan. Jag‘ yoyi ikki juft tog‘aydan tashkil topgan. Ustki juft tanglay – kvadrat tog‘ayi deb atalib, yuqori jag‘ vazifasini bajaradi. Pastki jag‘ vazifasini bajaruvchi ostki juft tog‘ay mekkel tog‘ayi deb ataladi. Ko‘p akulalarda tanglay-kvadrat tog‘ayi faqat oldingi qismi bilan miya qutisiga tutashadi. Uning orqa qismi esa miya qutisiga bevosita emas, balki til osti tog‘ayining ustki elementi bo‘lgan giomandibulyar tog‘ay orqali (giostiliya) birikadi.kamroq turlarida tanglay- kvadrat suyagining orqa bo‘limi miya qutisiga bevosita birikadi. Biroq bu holatda ham giomandibulyar tog‘ay tanglay-kvadrat suyagiga birikadi (amfistiliya). Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling