I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
Nazorat savollari:
1.Suyakli baliqlar sinfi, xaraktyerli belgilari qanday? 2. Panjaqanotli baliqlar qanday tuzilgan?. 3. Cho‘tka qanotli baliqlar qanday tuzilgan?. 4. Ikki xil nafas oluvchi baliqlar qanday tuzilgan? 5. Shu’la qanotli baliqlar qanday tuzilgan? 6. Tog‘ay-ganoidli baliqlarning tavsifi. 7. Suyak ganoidli baliqlar va ularning umumiy tuzilishi qanday? 14-MA’RUZA Mavzu: Panjaqanotli baliqlar. Cho’tka qanotli baliqlar. Reja: 1. Cho’tka qanotli baliqlarning tuzilishidagi asosiy xususiyatlar va evolyusion ahamiyati. 2. Cho’tka qanotli baliqlarning biologiyasi. Tayanch iboralar: Selokantlar, Degenerasiya, Bazaliya, Radialiya, Arterial konus, .Kosmoid, Amfibiya, Diffeserkal, Karakord, Sachratgich, vebyer apparati, pilorik pridatkilar, akklimatizatsiya, ikra, mezokaroid, sikloid, metamormoz, Pilorik pridatkilar, akklimatizatsiya, ikra, Panja qanotli baliqlar (Crossopterygii yoki Crossopterygiomorpha) — balikdar infra sinfi (baʼzan kenja sinfi yoki katta turkumi). Ilk devondan maʼlum, boʻr davri oxi-riga kelib deyarli qirilib ketgan. Oʻrta devonda Panja qanotli baliqlar b.dan dastlabki quruqlikda yashovchi umurtqalilar kelib chiqqan. Uz. 7 sm dan 5 m gacha. Bosh qutisi toʻliq suyaklangan, yuqori jagʻi bosh qutisi bilan bogʻlangan. Tishlari koʻp, konussimon. Chanoq kamari 2 ta plastinkaga oʻxshash. Juft suzgichlari yoʻgʻon, muskulli, bir necha panjasimon tarmoqdangan boʻgʻimlardan iborat; tayanch funksiyasini ba-jaradi. 5 ta (jumladan, 4 ta qazilma) turkumi mavjud. Chuchuk suv ripidistlari suvda va quruqlikda yashovchshshrning bevosita ajdodi hisoblanadi. Selakantasimonlar turkumiga mansub 1 ta turi hozirgi Hind okeani (Afrikaning sharqiy sohillari yaqini)da uchraydi. [1] Qadimiy va deyarli butunlay qirilib ketgan o’ziga xos baliqlar guruhi. Cho’tka qanotli baliqlar devon va karbon davrlarida nisbatan keng tarqalgan. Mezozoyda turlarining soni va tarqalish areali ancha qisqargan. Yaqin vaqtgacha cho’tka qanotlilar yuqolib ketgan, deb hisoblangan. Bu ajoyib baliqlarning birinchi nusxasi 1938 yilda Hind okeanida Afrikaning janubiy qirg’oqlarida Xalumna daryosi quyiladigan joyda 70 m chuqurlikdan tutilgan. Bu baliqning uzunligi 150 sm, massasi 57 kg bo’lgan. U latimeriya (Latimeriya chalumnae) deb atalgan. Qunt bilan qidirishlarga qaramay, 1952 yilda ikkinchi cho’tka qanotli baliq, topilgan. U ham Hind okeanining Anjuan oroliga yaqin joyda (12° 15 1 j. k va 44°33 1 sh. q) qirg’oqdan 200 m ichkarida 15 m chuqurlikdan tutilgan. Uzunligi 139 sm bo’lgan. Keyinchalik shu rayonda cho’tka qanotli baliqlar bir necha marta tutilgan. Hozirgi cho’tka qanotlilar— latimeriyalar, ya'ni selokan-lar faqat Komor orollari rayonida 400—1000 m chuqurlikda va suv temperaturasi +10 + 14°C bo’lgan joylardan topilgan. Ular yorug’likdan qochadi. Selokantlar yirtqich baliqlar bo’lib, og’zida o’tkir tishlari bor. Jinsiy jihatdan voyaga yetgan baliqlarning uzunligi 125—180 sm, massasi 25—80 kg. Umurtqalari boshlang’ich holatda va xordasi bir umr yaxshi rivojlangan. Birlamchi bosh skeletining ko’p qismi tog’aydir. Tana bo’shlig’ida moy bilan to’lgan degeneratsiyalashgan katta o’pka topilgan. Ichki burun teshiklari bo’lmaganligi va havo kislorodi bilan nafas olmasliklari bilan mezozoyda yashagan cho’tka qanotlilardan farq qiladi. Cho’tka qanotlilar suvda ham quruqda yashovchilar paydo bo’lgan baliqlarning tarmori bo’lishi bilan qiziqarlidir. Ikki xil nafas oluvchi baliqlardagi singari, bular uchun ham ikki xil nafas olish, ya'ni o’pka va jabra bilan nafas olish xosdir. Qirilib ketgan ko’p turlarida burun teshiklarining ochiq bo’lganligi ana shundan dalolat beradi. Ammo hozirgi cho’tka qanotlilarning ochiq burun teshiklari yo’q. Juft suzgichlari alohida tuzilishga ega. Ularning asosida seret keng palla joylashgan bo’lib, uning ichida suzgichning skeleti joylashgan. Shunday qilib, ularning harakat organlari muskulaturasi boshqa baliqlardagi singari faqat tanada emas, balki quruklikda yashaydigan umurtqalilardagi singari, erkin harakat organlarining o’zida joylashgan. Ba'zi cho’tka qanotlilar suzgichining shakli xuddi besh barmoqli harakat organlari skeletiga o'xshash. Suzgichning asosi bitta element (bazaliya) bilan saqlanadi. Bu element orqa suyagiga gomologdir. Undan keyin bilak va tirsak suyaklariga gomolog bo’lgan yana ikkita element (bazaliyalar) joylashgan. Oxirida periferiyada kaft suyaklariga mos keladigan qator nurlar (radialiyalar) joylashgan (1- pasm). Tanasi to’garak yoki romb shakldagi kosmoid (o’zgargan dentin) va yupqa emal qavati bilan qoplangan qalin suyak kosmoid tangachalar bilan qoplangan. Birlamchi amfibiyalar tanasida ham suyak pansir hosil qiluvchi harakterli teri suyak elementlari bo’lganligini qayd qilib o’tish nihoyatda muhimdir. Nixoyat, amfibiyalarda o’rta quloq bo’shlig’iga aylanuvchi, cho’tka sanotlilarda bo’lgan visseral yoriq qoldig’i—sachratkichni ko’rsatish lozim. 1.17-rasm. Cho’tka sanotli baliq, suzgichining skeleti. Cho’tka qanotlilar, shubhasiz ikki xil nafas oluvchi baliqlarga yaqin bo’lib, extimol, ular bir tomirdan kelib chiqqan. Dastlab ular vaqt-vaqti bilan kislorod yetishmaydigan chuchuk suv havzalarida yashagan. Shu munosabat bilan ikki xil nafas olish rivojlangan. Kislorod kam bo’lganda ular hozirgi ikki xil nafas oluvchilar singari suv yuzasiga ko’tarilib, xavo yutgan. Suv havzalarida o’simliklarning ko’plab o’sishi va ularning chirishi natijasida paydo bo’lgan holatlar natijasida ehtimol, aytilgan suzgichlarning o’z muskuli juft harakat organlari rivojlanishiga va skeletning qismlarga ajralmaganligi tufayli ular faqatgina suzish uchungina emas, balki, qattiq substratga tayanishda ham xizmat qilgan. Masalan, o’simliklar tanasi va shoxlariga ham tayanishda xizmat qilgan. Bu o’z navbatida bunday suzgichlarining besh barmokli harakat organlariga aylanishiga imkon bergan. Cho’tka qanotlilar chuchuk suv havzalarida paydo bo’lib, keyin dengizga o’tgan. Hozirgi latimeriyalar shu cho’tka qanotli baliqlarning qoldig’idir. Nazorat savollar: 1. Cho’tka qanotli baliqlar mezazoyda yashagan cho’tkaqanotlilardan qanday farq qiladi? 2. Cho’tka qanotli baliqlar qaysi davrlarda nisbatan keng tarqalgan? 3. Cho’tka qanotli baliqlar birinchi marta qayerda tutilgan? 4. Juft suzgichlari qanday tuzilgan? 5. Jinsiy jihatdan voyaga yetgan cho’tka qanotli baliqlarning uzunligi va massasi qancha? 6. Cho’tka qanotli baliqlarning tanasi qanday tuzilgan? 7. Cho’tka qanotli baliqlar kislorod kam bo’lganda qanday nafas oladi? 8. Ikkichi cho’tka qanotli baliq nechanchi yilda topilgan? 9. Cho’tka qanotli baliq tanasidagi o’zgargan detin yana qanday nomlanadi? 10. Karakoid nima? Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling