I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Acipenseriformes
- Osetrasimonlar turkumining xarakterli belgilari
Xarakterli belgilari: ichaklarida spiral klapan mavjud, arterial konus saqlangan, bosh
suyagining aksariyat qismi tog‘aydan iborat. Osetrasimonlar turkumi. Osetrasimonlar oilasi. Osetrasimonlar tog‘ay-suyakli baliqlar (Chondros) hisoblanadi. Bu kenja sinfi o‘z ichiga faqat Osyotrsimonlar (Acipenseriformes) turkumini oladi. Osyotrsimon baliqlar xo‘jalikda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ulardan juda qimmatbaho go‘sht va qora ikra olinadi. SHuning uchun osetrasimonlarga kengroq to‘xtalib o‘tamiz. Osetrasimonlar tuzilishlarida qadimgi belgilar saqlanib qolgan. Tanasida beshta bo‘ylama qator rombsimon suyak plastinlar mavjud. Suyak plastin ganoidli tangachalarning rudiment organi hisoblanadi. Ganoidli tangachalar - fulkr asosan dum suzgichlarining yuqori qismda saqlangan. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra osetrsimon baliqlar akulalarga ancha o‘xshab ketadi. Boshining uchida qazg‘ichi (rostrumi) bor, uning tagida og‘iz teshigi ko‘ndalang bo‘lib joylashadi. Dum suzgich qanoti geteroserkal tipda. Juft suzgich qanotlari tanaga nisbatan gorizontal joylashadi. Tangachalari o‘ziga xos bo‘lib, katta-katta suyak bo‘rtmalaridan iborat. Bu bo‘rtmalar gavdasi bo‘ylab 5 qator bo‘lib joylashadi. Ichki sklet tog‘aydan iborat.O‘q skeletining asosini biriktiruvchi to‘qima pardasi bilan o‘ralgan xorda hamda ustki va ostki umurtqa yo‘llari tashkil qiladi. Miya qutisi asosan tog‘aydan tashkil topgan, lekin uning qopqog‘i, bosh skeletining yon tomonlari va tagi qoplovchi suyaklardan iborat. SHuning uchun bular tog‘ay-suyakli baliqlar yoki tog‘ay-gonoidli baliqlar deyiladi. Ichagida spiral klapani, yuragida arterial konusi bor. Osetrasimonlar turkumining xarakterli belgilari: primitiv belgilar saqlangan, ya’ni tanasida 5 qator rombsimon suyak plastin mavjud, Ganoidli tangacha dum suzgichining yuqori panjasida saqlangan shuning uchun bu baliqlar tog‘ay gonoidli yoki tog‘ay-suyakli baliqlar deyiladi. Ichki skleti tog‘ay. Haqiqiy suyak bu baliqlarda tog‘ayli bosh miyasini ustida bo‘ladi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling