1-MA’RUZA
Mavzu: Kirish.
Ixtiologiya fanining maqsadi, vazifalari. Fanning rivojlanish tarixi.
Baliqlarning hayvonlar sistemasidagi o’rni.
Reja.
1. Kirish.Ixtiologiya fanining maqsadi, vazifalari. Fanning rivojlanish tarixi.
2. Xordalilar orasida baliqlarning tutgan o’rni.
3. Baliqlarning xo’jalikdagi ahamiyati
Tayanch iboralar: tip, sinf, turkum, oila, avlo, tur, filogeniya, xorda.
Kirish. Baliqlar sistematikasi fani zoologiya fanlari tarkibiga kirib, baliqlar sistematikasi
bo’yicha bilimlarni o’z ichiga oladi. Bu fan hayvonot dunyosini, aniqrog’i baliqlarni o’rganishda
nazariy va amaliy masalalrni hal etishda biologiyani ayrim yo’nalishlarini,
ayniqsa baliqchilik
sohasini rivojlantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: