I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
Iqlimlashtirish. Ovlanadigan baliqlar vunasini sun’iy ravishda qimmatbaho baliqlar
bilan boyitish ishlari ancha rivojlangan. Masalan, asrimizning 30-yillarida Qora dengizdan Kaspiy dengizga 3 mln dona kefal balig’i ko’chirilgan edi. Bu baliq muvaffaqiyatli iqlimlashdi va u 1937 yildan ovlana boshlandi. Kaspiy dengizida (1930-1931 yillarda) Qora dengiz kambalasining ikki turi iqlimlashtirila boshlangan edi. Ammo bu ish muvaffaqiyatsiz chiqdi. Shimoliy-sharqiy oblastlarda yashaydigan siglar Ural, Zaurale, Armanistondagi, Krasnoyarsk o’lkasidagi ko’llarda muvaffaqiyatli iqlimlashtirilgan. Bunday ishlar natijasida ayrim joylarda suv xavzalarining baliq maxsuldorligi bir necha marta ortgan. O’rta Osiyodagi katta ko’llardan birida – Issiqko’lda (Qirg’iziston) Sevan ko’lidan 1930 va 1936 yillarda keltirilgan gulmoy (forel) muvaffaqiyatli iqlimlashtirilgan edi. Qizig’i shundaki, Issiqko’lda gulmoy tez o’sib ancha katta bo’ldi. Shu yerda leshch ham iqlimlashtirilgan. Zog’orabaliqni ko’paytirib tarqatish va iqlimlashtirish bo’yicha ham ko’p muvaffaqiyatli ishlar qilingan. U Leningrad, Novgorod oblastlarida, Belorussiyada va Zauraledagi ko’llarda va boshqa joylarda muvaffaqiyatli iqlimlashtirilgan. Tinch okean lososlarirni Shimoliy Amyerikaning Atlantika qirg’oqlarida iqlimlashtirish muvaffaqiyatli bo’lgani ehtimoldan xoli emas. Keyingi yillarda Janubi–SHarqiy Osiyoda o’simlikxo’r baliqlardan oq amur bilan, do’ngpeshona (tolostolobik) muvaffaqiyatli iqlimlashtirilmoqda. Bu tadbirlardan birdaniga ikki maqsad: suv havzalarining baliq mahsulotini oshirish va ularni o’simliklar bilan qoplanishdan saqlash ko’zda tutiladi. Shimoliy Kavkazdagi sug’orish uchun xizmat qiladigan suv omborlarida do’ngpeshonaning yillik mahsuldorligi 2 s/ga. Qoraqum kanalining o’simliklar bilan qoplanish masalasi o’txo’r baliqlarni iqlimlashtirish yo’li bilan birmuncha hal qilinadi. Oq amur qator oblastlarda, jumladan, Volga, Amudaryo, Kuban, Simlyansk suv obmborlarida iqlimlashtirilgan. Baliqlar chivinga qarshi kurash maqsadida ham iqlimlashtiriladi va ko’paytiriladi. Amyerikaning mayda gambuziya balig’i bizga birinchi marta 1924 yilda keltrilgan edi. Hozirgi vaqtda u butun Zakavkaze respublikalarida, O’zbekiston, Turkmaniston, Qozog’iston, Shimoliy Kavkazda keng tarqalgan. Shimoliy Qozag’istonda sovuqqa chidamli irqlari yaratilgan. O’zbekistondagi gambuziya boqiladigan ko’llarning har 1 m 2 sathida chivin lichinkalarining soni 200-500 tadan 10-25 tagacha kamaygan. Suv havzalaridagi oziqlanish muhitini yaxshilash orqali ularning baliq mahsuldorligini oshirish mumkin. L.A. Zenkevich tashabbusi bilan Kaspiy dengizida Qora-Azov dengizi chuvlchangi bo’lgan nyereisni iqlimlashtirish bu yerda baliqlar ozig’ining ko’payishiga va baliq mahsuldorligining ortishiga sabab bo’ladi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling