I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
Nazorat savollari.
1. Kirish.Ixtiologiya fanining maqsadi, vazifalarinimalardan iborat? Fanning rivojlanish tarixi qanday? 2. Xordalilar orasida baliqlarning tutgan o’rni qanday? 3. Baliqlarning xo’jalikdagi ahamiyati nima? 2-MA’RUZA Maruza: Baliqlarning tashqi tuzilishi. Reja: 1. Baliqlarning tashqi tuzilishi. 2. Baliqlarning tana tuzilishlari, harakatlanish a’zolari. 3. Terisi, tangachalari va suzgichlarining tuzilishi. Tayanch iboralar: jabra qopqog’i, yon chizig’i, ko’krak suzgich qanoti, qorin suzgich qanoti, anal teshigi, orqa suzgich qanoti, anal suzgich qanoti, dum suzgich qanoti, og’iz teshigi. Suyakli baliqlar sinfining xaraktyerli belgilari misolida zog’ora baliqning tashqi va ichki tuzilishi. Zog’ora baliqning gavdasi duksimon bo’lib, yon tomondan birmuncha qisilib kelgan. O’tkir uchli boshi tanasi bilan qo’shilib ketadi. Tanasi esa torayib borib dum bo’limiga aylanadi. Orqa chiqaruv teshigining bevosita orqa tomonida siydik tanosil so’rg’ichi joylashgan bo’lib, unda jinsiy teshik va uning orqasida siydik teshigi bo’ladi. Ko’krak suzgich qanotlari gavdaning ikki yonida jabra yoriqlari orqasiga joylashgan, qorin suzgich qanotlari qorin tomonga o’rnashgan. Toq suzgich qanotlari ikkita orqa suzgich qanotdan, dum suzgich qanot bilan orqa chiqaruv suzgich qanotlaridan iborat. Zog’ora baliqning barcha suzgich qanotlarini suyak shu’lalar tutib turadi. Dumi gomotsyerkal tipda yani teng suzgich qanotli. qovoqlari bulmaydi. boshining ustki tomonida ko’zining oldida bir juft burun teshigi bor. Boshining orqasida– tanasining ikki yonida jabra qopqoqlari bor, undan pastroqda jabra pardasining tutib turadigan shullalar bor. Dum suzgich qanoti dum bilan birga rol vazifasini bajaradi. Juft suzgich qanotlarining yordami bilan baliq o’ng va chap tomonlarga buriladi. Bundan tashqari gavdani tutib turishga xam yordam byeradi. Agar juft suzgich qanotlari kesib tashlansa baliq chalqanchasiga ag’dariladi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling