I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
Teri qoplag’ichlari. Zog’ora baliqning tanasi xamma qismi boshini xisobga olmaganda
suyak tangachalar bir qadar yumaloqlangan yupqa plastinkalar bilan qoplangan bo’lib, tangachaning asosiy qismi teri ichida turadi. Bu tangacha ktenoid deyiladi, sikloid tangacha xam bo’ladi. Bu tangachaning cheti arrasimon bo’lmay, balki tekis bo’ladi. Zog’ora baliq gavdasining bosh qismidan to dumigacha bo’lgan tangachalarini teshib tarnovsimon egik yon chiziq o’tadi. Bir hujayrali teri bezlari shilimshiq modda ajratadi. Bu suyuqlik ishqalanishni kamaytirishga yordam byeradi. Suyakli baliqlar gavdasining shakli har xil bo’ladi chegarasigacha bir xil kenglikda bo’lib, keyin sekin-asta torayib, dum qismiga aylanadi.. Zog’ora baliqning ustki ensa bo’limi yon tomonlaridan birmuncha qisilib do’nglik (bo’rtma) hosil bo’lgan. Tananing qolgan qismi dum qismining oldingi Boshining ikki yon tomonida jabra qopqoqlari joylashgan bo’lib, ularning keyingi qirralari bosh bilan tana bo’limlari o’rtasidagi chegara hisoblanadi. Orqa chiqaruv teshigi dum bo’limining oldingi chegarasidir. Orqa chiqaruv (anal) teshigining bevosita orqa tomoniga o’rnashgan siydik-tanosil so’rg’ichida jinsiy teshigi va uning orqasida siydik teshigi ochiladi. Ko’krak juft suzgich qanotlari, barcha baliqlardagiga o’xshash gavdaning ikki yonida jabra yoriqlari orqasida, qorin juft suzgich qanotlari esa tana bo’limining qorin qismi o’rtasida o’rnashgan. Toq suzgich qanotlar bittadan. Ular orqa, dum va orqa chiqaruv (anal) suzgich qanotlaridan iborat. Orqa va anal suzgichlarining oldida tishli bittadan qattiq suyak nurlari bo’ladi. Zog’ora baliqning tanasi sarg’ish tillasimon suyak tangachalar bilan qoplangan. Suyak tangachalar chcrepitsalar kabi bir-birining ustida to’g’ri qator bo’lib joylashgan. Har qaysi tangacha birmuncha yumaloqlangan yupqa plastinkadan iborat bo’lib, oldingi asosiy qismi (qirrasi) teri ichiga kirib turadi, qolgan tashqi cheti esa tekis bo’ladi. Bunday tangacha sikloid tangacha deb atala-di. Zog’ora baliq tanasining boshidan to dum suzgich qanotigacha to’g’ri yon chizig’i o’tadi. 1.1-rasm. Zog’ora baliqning tashqi tuzilishi: l-jabra qopqog’i, 2-buain teshigi, 3-yon chizig’i, 4-ko’krak suzgich qanoti, 5-qorin suzgich qanoti, 6- anal teshigi, 7- orqa suzgich qanoti, 8- anal suzgich qanoti, 9- dum suzgich qanoti, 10- 0g’iz teshigi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling