I X t I o L o g I y a


Gidroinshootlar va baliq xo’jaligi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Gidroinshootlar va baliq xo’jaligi. Volga, Don, Dneprda va boshqa daryolarda 
gidroinshootlar qurilishi bilan baliqchilikda o’ziga xos katta vazifalar paydo bo’ladi. Umumiy 
maydoni 3 mln ga bo’lgan katta suv omborlari qurilmoqda. Fan bu suv omborlarida foydali baliq 
turlarini ko’paytirib, ulardan oqilona foydalanish usullarini ishlab chiqishi kyerak.
To’g’onlar urchish joylari (suv oqimi bo’ylab) ancha yuqorida bo’lgan qimmatbaho 
baliqlar (losossimonlar va osyotrsimonlar) yo’lini to’sadi. SHuning uchun ham baliq o’tish 
yo’llari (inshootlar) qurish masalasi kelib chiqdi. Bular ikki xil bo’ladi: zinapoya shaklidagi baliq 
o’tish yo’li va baliq ko’targichlar.
Tulom gidroelektrstansiyasida qurilgan zinapoya 57 pog’onadan iborat bo’lib, pog’onalar 
balandligi 30 sm. Mana shu suv yo’li orqali quyi b’efdan 16-19 m yuqoriga semga, kumja, xarius 
tuxum tashlash uchun ko’tariladi. Bu zinapoya ostonalaridagi suv oqimining tezligi 2,5 m/s. 
Losossimonlar tabiiy holatda yo’lda bundan tezroq suv oqimini engib o’tishi tufayli bu tezlikni 
ham osonlik bilan o’tadi.
Kanada o’tkinchi baliqlar dam olishi uchun zinapoyalarda dam olish kamyeralari ham 
quriladi. Bu kamyeralar bir-biridan 300 m zoqda bo’ladi.
Ostyortsimon baliqlar to’siqlardan yaxshi o’ta olmaganligi tufayli zinapoya shaklidagi 
o’tish yo’llaridan ular muvoffoqiyatli o’ta olmaydi. Kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, ko’p o’tkinchi 
ostyorlar birinchi to’g’onga etmasdanoq tabiiy urchish joylaridan uzoqda urchiydi. Bu tabiiy 
chegarada tuxum tashlash uchun optimal sharoit yaratish yo’li bilan uning ahamiyatini oshirish 
mumkin.
Nihoyat, o’tkinchi baliqlarni o’tish yo’llaridan o’tkazmasdan to’g’on pastidan ovlangan 
baliqlar tuximini sun’iy urug’latish va yoshlarini parvarish qilib, dengizga o’tishi uchun daryoga 
qo’yib yuborish imkoniyati borligini nazarda tutish lozim. To’g’ondan pastdan tutilgan o’tkinchi 
baliqlarning tuhumi hali etilmagan bo’ladi. Shuning uchun ularga miya ortig’i-gipofizning 
oldingi pallasidan tayyorlagan preparat purkash yo’li bilan jinsiy mahsuloti etilishini tezlashtirish 
mumkin. Qonda gipofiz gormoni konsentratsiyasining oshishi jinsiy mahsulot tez etilishiga 
sabab bo’ladi va uvildiriq olib, uni sun’iy urug’lantirishni tezlashtirish imkonini byeradi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling