Baliqlar sistematikasi fanining maqsadi baliqlar sinfi vakillarining bir-biri bilan qon
qarindoshlik belgilarini, va ularning o’zaro bog’liqlik qonuniyatlarini o’rgatadi.
Baliqlar sistematikasi fanining vazifalariga alohida taksonlarga mansub hayvonlarning
xaraktyerli belgilarini tushinish, shu asosda taksonlarning bir-biri bilan bog’liqliklarini o’rganish
va turlarni aniqlash, sistematik guruhlarga solish.
Sistematika haqida tushuncha. Sistematika hayvonlarni qon-qarindoshlik belgilari
asosida alohida guruhlarga (tasonlarga) solish. Hayvonlarni o’rganishda sistematika fanining
ahamiyati katta. Zoologiya fani umurtqasizlar va umurtqalilar zoologiyasiga bo’linadi.
Umurtqalilar
zoologiyasi
sistematik
zoologiyaning
yakunlovchi
qismi
hisoblanadi.
Umurtqasizlar hayvonlar nihoyat darajada ko’pchilikni tashkil etadi. Umurtqali hayvonlar 40
ming yaqin hayvonlarni o’z ichiga oladi. Hayvonlarni sistemaga solib o’rganish fanda ancha
qulaylik tug’diradi.
Sistematik birliklar. Hayvonot olami ikkita kenja olamga bir hujayralilar kenja olami va
ko’p hujayralilar kenja olamiga bo’linadi. Har bir kenja olam bir nechta tiplarni o’z ichiga oladi.
Tip sistematik birliklarga kiradi. Biologiya fanlarida sistematik birliklar bir nechta bo’lib,
bularga tip, sinf, turkum, oila, avlo, tur kiradi. Eng katta sistematik birlik bu tip. Tip bir nechta
sinflarni, sinf bir nechta turkumlarni, turkum bir nechta oilalarni, oila bir nechta avlodlarni avlod
esa turlarni birlashtiradi. Taksonlar organizmlarning bir-biriga o’xshashlik belgilari asosida
tuziladi. Sistematik birliklarning eng kichigi tur. Taksonlardan tashqari oraliq taksonlar ham bor,
masalan, katta tip, katta sinf, kichik sinf, kichik tip va hokozo.
Tur tushunchasi va tur hosil bo’lish jarayoni. Tur – bir-biri bilan yerkin chatisha
oladigan, ma’lum bir arealda tarqalgan individ.
Do'stlaringiz bilan baham: |