I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Nazorat savollari. 
1. Zog’ora baliq bosh skeletining uzunasiga va yon tomondan ko’rinishi qanday? 
2. Miya qutisining ensa bo’limi qisimlarini sanang? 
3. Vissyeral skeletining yon tomondan ko’rinishiqanday? 
4. Yelka kamari va ko’krak suzgich qanot skeletlariqanday? 
5. Chanoq kamari va qorin suzgich qanot skeletlari qisimlarini sanang? 
6. Tana bo’limi umurtqasining oldingi tomondan ko’rinishiqanday? 
7. Dum bo’limi umurtqasining oldingi tomondan ko’rinishiqanday? 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
4-MA’RUZA 
Mavzu: Ovqat hazm qilish tizimi. 
Reja: 
1.
 
Ovqat hazm qilish tizimi.
2.
 
Ovqat xazm qilish tizimi bo’limlari. 
3.
 
Og’iz bo’shlig’i. Halqum. Oshqozon. Ichaklar tuzilishi. 
4.
 
Jigar, o’t pufagining tuzilishi va vazifalari. 
Tayanch iboralar: kyuvyerov quyilishi, jabra, oshqozon, o’n ikki barmoqli ichak, ingichka 
ichak, to’g’ri ichak, anal teshigi, jigar, o’t pufagi, o’t yo’li, oshqozon osti bezi, taloq, 
 
Ovqat hazm qilish sistemasi. Zog’ora baliqning og’iz bo’shlig’idan keyin barcha 
baliqlardagidek halqum boshlanadi. Og’iz va halqum bo’shliqlari orasida aniq chegara yo’q. 
Boshqa baliqlarga o’xshash zog’ora baliqda ham haqiqiy til yo’q. Til singari uchi og’iz 
bo’shlig’iga chiqib turadigan til osti yoyining kopulasi faqat shilimshiq parda bilan qoplangan 
bo’lib, u mustaqil bo’lmagani tufayli harakat qila olmaydi. Nag tomonida beshtadan jabra yorig’i 
bo’lgan halqum qisqa qizilo’ngachga, qizilo’ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozondan kam 
diffyerensiallashgan haqiqiy ichak boshlanadi, bu ichakning oldingi bo’limini o’n ikki barmoqli 
ichak, so’ngra ingichka ichak va anal teshigi bilan tugaydigan to’g’ri ichak tashkil etadi (ba’zi 
baliqlar oshqozonining atrofida har xil sondagi ko’r pilorik o’simtalar bor, zog’ora baliqda 
bo’lmaydi). Jigari yurakning orqasi, oshqozonning ostida va yon tomonlarida joylashgan bo’lib, 
uning pallalari orasida o’t suyuqligi bilan to’la o’t pufagi bo’ladi. O’t pufagidan o’n ikki 
barmoqli ichakka ochiladigan o’t yo’li chiqadi. Oshqozon osti bezi ichak tutqichi bo’ylab 
tarqalgan. Ichak bog’ichiga esa uzunchoq to’q qizil rangli taloq o’rnashgan. Tana bo’shlig’ining 
yuqori qismida, ya’ni ichakning ustida gidrostatik organ suzgich pufak joylashgan. 
Yaqinda tutilgan tirik baliqni yoki fiksirlangan baliqning qornini tepaga qilgan holda 
chap qo’lga olib, qaychi bilan qorin devorini anal teshigiga yaqin joydan dastlab ko’ndalangiga 
kichik kesik hosil qiling. 
Qaychining o’tmas uchini kesilgan teshikka kirgizib, qorin tomonining o’rtasidan 
og’izgacha kesing.
Anal teshigi oldidagi kesikdan yuqoriga tomon to umurtqa pog’onasigacha ko’ndalangiga 
kesing. Kesikdan hosil bo’lgan tana ko’tarib, umurtqa pog’onasi bo’ylab bosh tomonga qarab 
kesikni jabra qopqog’igacha davom ettiring va hosil bo’lgan parchani tanadan ajratib oling. 
Baliqning jabra qopqoqlaridan birini kesib olib, uning suyaklari hamda terisining 
tuzilishini o’rganing. Qopqoq ostidagi jabralardan birini kesib olib, suvda yaxshilab yuving va 
Petri shisha idishidagi suvga soling. Idish ostiga oq qog’oz qo’yib, jabra ravoqlari tuzilishini 
o’rganing. Baliqning og’ziga cho’p tiqib, cho’pni jabra yoriqlaridan chiqishiga ishonch hosil 
qiling. 
Ostiga mum solingan idishga yorilgan baliqni solib, labi va dumidan nina bilan sanchib 
baliqni idish tubiga yopishtiring. So’ngra idishga yorilgan baliqni ko’madigan miqdorda suv 
quying (ichki organlar suv yuzasiga qalqib chiqib, ularni ko’zdan kechirishni osonlashtiradi). 
Yorilgan baliq yuragini ajratib olib, Petri shisha idishdagi suvga solib ko’rib chiqing. Yurakning 
och qizg’ish qorinchasi va to’q qizg’ish yurak old bo’lmachasini toping. Barmog’ingizni 


tekkizib, yurak qorinchasi devorining yurak old bo’lmachasi devoriga nisbatan zichroq va 
qalinroq ekanligiga ishonch hosil qiling. 
Ichi yorilgan baliqning ovqat hazm qilish sistemasini o’rganish uchun uni og’iz 
bo’shlig’i, halqumi, qizilo’ngachi, oshqozon va ichak bo’limlari, jigari, o’t pufagi va oshqozon 
osti bezlarini topib, sinchiklab ko’rib chiqing. Suzgich pu-fagini chiqarib olib, uning shakli va 
tuzilishini o’rganing. 
Baliqning ichki a’zolarini chiqarib olib, orqa miyasidan chiqadigan nervlami toping. 
Baliq bosh miyasini ochib ko’rish uchun boshni chap qo’lga olib, bosh suyagining tepasini 
ensadan ko’zga qarab, to bosh skeleti bo’shlig’i ochilguncha o’tkir skalpel bilan tarashlang. Bosh 
skeleti bo’shlig’i och kulrang ko’pik (moy tomchilari) bilan to’lgan bo’ladi. Uni pipetkadan suv 
tomizib yuving. So’ngra pinset bilan ko’z oldidagi va ular o’rtasidagi suyaklarni olib tashlang. 
Hosil bo’lgan preparatni suvga solib, bosh miyaning ayrim qismlarini ko’rib chiqing. Tayyor 
preparatdan ham foydalanib, baliqning bosh miya bo’limlari bilan tanishib chiqsangiz bo’ladi. 
Bu ishlar bajarib bo’lingach, ichki organlar tuzilishi bilan quyidagi tartibda tanishib 
chiqing (2-rasm). 
1.2-rasm. Zog’ora baliq ichki organlarining umumiy joylashish sxemasi: 
l-venoz qo’ltig’i, 2-yurak bo’lmasi, 3-yurak qorinchasi, 4-qorin aortasi, 5-aorta so’g’oni, 6-olib 
keluvchi jabra arteriyalari, 7-kyuvyerov quyilishi, 8-jabra, 9-oshqo-zon, 10-o’n ikki bannoqli 
ichak, 11-ingichka ichak, 12-to’g’ri ichak, 13-anal teshi-gi, 14-jigar, 15-o’t pufagi, 16-o’t yo’li, 
17-oshqozon osti bezi, 18-taloq, 19-suzgich pufagi, 20-buyrak, 21-siydik yo’li, 22-siydik-tanosil 
o’sig’i, 23-jinsiy bez, 24-jinsiy teshik. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling