I yozma nutqqa qo’yiladigan talablar


II. YOZISH KO`NIKMASINI SHAKLLANTIRISH USULLARI


Download 150.5 Kb.
bet2/7
Sana22.12.2022
Hajmi150.5 Kb.
#1042697
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11.1-ing20 Botirova Jayrona Kurs ishi (2)

II. YOZISH KO`NIKMASINI SHAKLLANTIRISH USULLARI


Yozish ko`nikmasi haqida ko`p bahslar yuritilishiga qaramay, ko`p kitoblarda uni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarga yetarlicha e’tibor berilmaydi. Til o`rganishga mo`ljallangan darsliklarda, asosan, eshitib tushunish hamda gapirish ko`nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashq va topshiriqlarga juda katta e’tibor, o`rin ajratiladi. O`tgan asrning 80-yillariga qadar chet tili darslarida yozish ko`nikmasiga bo`lgan e’tibor juda sust bo`lib, rasmiy xatlar, formulyarlar va hakozolarni yozish tilda o`z o`rniga ega emas edi. Ammo internetning rivojlanishi bilan yozish ko`nikmasini rivojlanishiga turtki bo`la boshladi. Yangi davr tadqiqotlarda aks etayotgan neyropsixologik izlanishlar barcha til ko`nikmalarini (yozish, gapirish, eshitib tushunish, o`qish) uzviy bog`liq ekanligini ta’kidlaydi. Chet tili darslarida yozish ko`nikmasini rivojlantirish ikki bosqichdan iborat deb ko`rsatiladi: 1-bosqich mashqlarni taqsimlash, tayyorlash, boshqarish, boshqa ko`nikmalar (eshitib tushunish, o`qib tushunish, gapirish, grammatika, so`z boyligi, talaffuz) ni baholash. Ikkinchi bosqich esa aynan faqat yozuv ko`nikmasini shakllantirish bosqichi hisoblanadi. Yozish orqali yozuvchi o`zining o`y va hayollari matn sifatida materiallashadi va harflar, qalam, qog`oz, yozuv mashinasi yoki kompyuter orqali o`z aksini topadi. Yozuv taxtasi esa dars jarayonida yozuvlarni aks ettirishning yana bir vositasi hisoblanadi. Yozish ko`nikmasini shakllantirish uchun bir necha mashqlar tipologiyasini keltirish mumkin. Unga oid eng yaxshi ma’lumotlarni Kastning “Fertigkeit Schreiben” nomli asarida o`qish mumkin.9 Unga ko`ra:1. Tayyorlovchi mashqlar – bunday mashqlar aynan yozish ko`nikmasi uchun maxsus mo`ljallanmagan bo`lib, kelgusida yozish ko`nikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Masalan: So`z boyligini ustida ishlash, uni kengaytirish, mustahkamlash, mavjud bilimlarni faollashtirish, iboralarni mustahkamlash, to`g`ri yozish mashqlarini amalga oshirish kabi. Bunday mashqlar o`yin sifatida ham amalga oshirilishi mumkin. Maktablarda asosan so`z zanjiri (Wortschlange) o`yini mashhur bo`lib, ko`plab chet tili o`qituvchilari undan unumli foydalanib kelishadi. Bunday o`yinlarda ham plenumda, ham guruhlarda o`tkazish mumkin. Musobaqa tarzida tashkillash ham juda yaxshi samara beradi. O`quvchilarning motivatsiyasini kuchaytiradi.
2. Aufbauende mashqlar – bunday mashqlar asosan yozish ko`nikmasini shakllantirishda uchrashi mumkin bo`lgan ma’lum muammolarga qaratilgan bo`lib, unda o`quvchilar o`zlari matn ishlab chiqarmasdan, mavjud matn bilan ishlab, uni variantlarga ajratib, o`qib tushunish va yozish ko`nikmasining farqli va o`xshash tomonlarini o`zlashtirishadi. Bunday mashqlarga gaplarni konstruktsiyalash, bog`lovchilarni qo`yish, bo`shliqlarni to`ldirish, parallel matn yaratish kabilarni misol qilib keltirish mumkin.10
3. Strukturalashga xizmat qiluvchi mashqlar – bunday mashqlarda, asosan, o`quvchining mehnati talab etiladi. Mashq natijasida og`zaki yoki yozma matn yuzaga keladi. Bunday mashqlarga dialoglarni matnga yoki qisqa xabarga aylantirish, matnlarni to`ldirish, matnga xulosa yozish, rasmlarga oid hikoya tuzish, matn shablonlarini yangi mazmun bilan boyitish kabilar misol qilib keltirilishi mumkin. Masalan rasmlar yordamida hikoya tuzib chiqish topshirig`ini berish mumkin. Bu topshiriq natijasida sinfda turli qiziqarli matnlar yuzaga kelishi mumkin.
4. Kreativ va erkin yozish uchun mashqlar – bunday mashq turlari matn na’munasisiz erkin matn yaratishni talab etadi. Buni shaxsiy yozish sifatida ham tushunish mumkin. Matn yaratuvchisi o`z matnida o`zining fikrlarini, hissiyotlarini aks ettiradi. Kreativ yozish deganda ijodiy yozish tushunilib, ko`pincha "sachorientierte yozish“ ga qarshi qo`yiladi. Bunday mashq turlariga assotsiogramm, klaster, audio, vizual yoki verbal turtki yordamida gipoteza yaratish kabilar kiradi. Kast kooperativ yozish haqida fikr bildirib, matn bir insonning emas, balki bir jamoa ishtirokchilarining fikri mahsuli bo`lishi ham mumkinligini aytib o`tadi. Bunday yozish shakli o`quvchilarga motivatsiya berishi, kuchsiz o`quvchilarni dadil qilishi, yozishdan qo`rqishni yengishga xizmat qilishini ta’kidlaydi. Masalan bir necha o`quvchilardan tashkil topgan o`quvchilar jamoasiga bir necha qiziqarli rasmlar beriladi. Ularni gazeta, jurnal yoki komikslardan olish mumkin. Rasmlar aralashtirilib, o`quvchilarga tarqatiladi. Har bir o`quvchi to`rttdanrasm oladi. Ularni yordamida hikoya tuzishga harakat qiladi.
5. Haqqoniy kommunikativ jarayonlarga bog`liq bo`lgan mashqlar – bunday mashqlar hayotimizda uchraydigan real jarayonlarda yo`naltirilgan mashqlar bo`lib tabrik kartalari, xatlar, bayonnomalar, formulyarlar va shunga o`xshash narsalar bo`lishi mumkin. Yozishning eng asosiy komponentlari adresat, yozish usuli va adresant kabilar hisoblanadi. Yozilayotgan matn yoki xatning kim uchun ekanligi juda muhimdir. Bunday mashqlarga tug`ilgan kun yoki bayramlar uchun kartochkalar tayyorlash, grafik yoki sxemalarni verballashtirish kabilarni misol qilib keltirish mumkin. 11
Yuqorida keltirilgan mashq turlarini chet tili darslariga joriy qilinishi o`quvchilarda yozish ko`nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi.
O’qish va yozma nutq savodxonligi o’zaro bir-biriga bog’liq jarayon hisoblanadi. Ko’pchilik so’zlarning to’g’ri yozilishigagina e’tibor qaratadi, lekin til vositalaridan o’rinli va unumli foydalangan holda imlo qoidasiga mos o’z fikrini to’g’ri, ravon va sodda bayon qilish malakasi ham yozma nutq savodxonligiga kirishini unutib qo’yadi.
O’quvchilarning yozma nutqiga quyidagicha talablar qo’yish mumkin:
1. Har bir so’z, har bir jumla mazmunni va muallif maqsadini ochishga xizmat etishi, shuningdek, nutq ixcham, izchil va mantiqli ifodalanishi zarur.2. Yozma nutqdagi fikr qoniqarli, ifodali, uslub jihatdan soda va ravon bayon etilishi kerak.3. Berilgan fikrlar asosida zarur xulosa chiqarishga alohida e`tabor berish zarur.Yozma nutqning mohiyatli chiqishi uchun material yig’ilgandan so’ng ularni sistemalashtirish, reja tuzish, ishni xomaki nushasini tayyorlash, matn ustida qayta ishlab, takomillashtirish va oqqa ko’chirish zarur.Yozma nutqning sifati fikrning mustaqil ravishda bayon etilishi bilan belgilanadi.
Yozma nutqning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri uni tekshirish, tuzatish, takomillashtirish mumkinligidir. Bu jihatdan u og’zaki nutqqa qaraganda ancha qulay imkoniyatlarga ega. O’quvchi yozma nutqidagi xato va kamchiliklar ustida ishlaydi, ularni bartaraf etadi, keying ishlarida bu kamchiliklariga yo’l qo’ymaslikka intiladi. Yozma nutq murakkab jarayon bo’lib, ko’p vaqt mehnat talab qiladi. Bunday nutq davomida inson o’zini kuzatib boradi. Yozma nutq ko’nikmasining shakllanishida ilg’or innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Yozma nutq ko’nikmasini rivojlantirish uchun berilgan har bir o’quv mashg’ulotining o’ziga xos qiziqarli va samarali bo’lishi yuqori natijaga erishishda xizmat qiladi. Yozma nutqni rivojlantirishda o’qish ko’nikmasining muhim ekanligi ham katta ahamiyatga ega. O’qish jarayonida o’qigan matnini tushunib o’qish va unga yozma munosabat bildirish og’zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon sanaladi. Yozma nutq grammatik va mazmun jihatdan to’g’ri jumla qurishni har bir so’zni o’z o’rnida to’g’ri qo’llash, fikrni ixcham va izchil, ifodali, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni, bayon qilingan fikrlar asosida xulosalar chiqarishni talab etadi. Yozma nutqning murakkab tomoni yana shundaki, unda imlo, tinish belgilari va uslub bilan bog’liq xatolarga yo’l qo’ymaslikni talab etadi. So’zlarni to’g’ri yozish, tinish belgilarini o’rinli qo’llash, fikrni uslub talabiga muvofiq bayon qilish, bildirilgan fikrlar asosida zarur xulosa chiqarishni talab etadi. Shuning uchun yozma nutqning me’yorlari o’quvchilarda asta-sekin shakllanadi.Buning uchun 6-sinf ona tili darsliklarida matn yaratish, uning mavzusiga mos ma’lumotlarni berish va o’z mustaqil fikrlarini izchil bayon etishga o’rgatish hamda jumlani to’g’ri tuzish, so’zlardan unumli foydalanish, ibora, epitet, sinonim, omonim, antonim, bo’yoqdor so’zlardan samarali foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish ham darkor.
O’zbekiston ko’p millatli va har xil shevalarga boy xalq. Shu sababli kichik bir hududda ham har xil shevani uchratish mumkin. Masalan, Samarqand viloyati Narpay tumani misolida ko’rsak, Kattaqo’rg’on shahri atrofida o’zlarini arablarning ajdodi hisoblovchi aholi shevasi boshqa tumanlardan keskin farq qiladi. Masalan, Ana u yerda so’zi o’rniga” ag’ga, bag’ga so’zining ishlatilishi kuzatiladi. Oltio’g’il qishlog’ida Nayman shevasida “y” harfi o’rniga “j” harfi ko’proq ishlatiladi. Masalan, Aytib yuboring o’rniga “aytib jaring” ishlatiladi. Ayniqsa, o’quvchi o’rtasida i va e harfi talaffuzida sheva tufayli imlo xato qilish ko’p uchraydi. Masalan, “ilon” so’zini “elon” yozishadi. Bunday hollarni oldini olish maqsadida o’quvchilarga ko’proq amaliy mashq va topshiriqlar berilib, adabiy til me’yorlarini o’rgatishga harakat qilmoq darkor. Quyidagi topshiriq bunga misol bo’la oladi.12
1-topshiriq. Nuqtalar o’rniga mos keladigan harflarni qo’ying.
Xafa…ol, …rnak, mumk…n, …rganmoq, k…rsatdi, sha…ba, ta…bur, ma…sh, mu…llim, a…tomobil, g’uv…lladi, chirs…lladi.
Ona tili darslarida o’quvchilarga shevadagi so’zlarning adabiy tildagi muqobilini bilishi, qaysi o’rinda qaysinisini ishlatishi kerakligini o’rgatish maqsadida darslar davomida quyidagi topshiriqlarni berish mumkin. Maktablarda darslar davomida o’qituvchilar o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish maqsadida bir necha mashg’ulotlar o’tkazadilar. Ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilarning yozma nutqining rivojlanishini qiyinlashtirayotgan omillardan yana biri o’quvchilarning uyda,ko’chada yoki sinfdan tashqari paytlarda turkman,tojik,rus (sheva) yoki boshqa tilda so’zlashib, maktabda o’zbek tilida o’qishi ekanligi.Ota-onalar uyda farzandlarining nutqiga e’tibor bermasligidir.
O’quvchilar nutqida paydo bo’layotgan bunday kamchiliklarni oldini olish uchun o’quvchilarning yozma nutqini o’stirishga mo’ljallangan ba`zi topshiriqlarni berishimiz zarur. Masalan:
1.Matn berib, berilgan matndan zarur o’rinlarini ko’chirib yozish.2. Matn mazmuniga mos reja tuzdirish.3. Matn mazmunini qisqartirib yozish.4. Matn mazmunini kengaytirib yozish.5. Berilgan savol va topshiriqlarga javob yozish.
6. She`riy asarlar mazmunini hikoyaga aylantirish.7. Ilmiy uslubda berilgan matnni badiiy uslubga aylantirib yozish.
Bunday topshiriqlar yozma nutqning rivojlantirishga va adabiy nutq me’yorlaridan unumli foydalanishga xizmat qiladi.


Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling