I yozma nutqqa qo’yiladigan talablar


Download 150.5 Kb.
bet1/7
Sana22.12.2022
Hajmi150.5 Kb.
#1042697
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11.1-ing20 Botirova Jayrona Kurs ishi (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
11-1 ING-20- guruh talabasi
Botirova Jayronaning
MANTIQIY VA GRAMMATIK BOG’LIQLIKNING YOZISH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
mavzusidagi
KURS ISHI

5120112 – Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili)
Ilmiy rahbar: Akramov I.I

Buxoro – 2022

MUNDARIJA:



I. YOZMA NUTQQA QO’YILADIGAN TALABLAR 4
II. YOZISH KO`NIKMASINI SHAKLLANTIRISH USULLARI 11
III. YOZMA NUTQNING RIVOJLANTIRISHDA MANTIQIY BOG’LIQLIKNING AHAMIYATI . 16
IV. GRАMMАTIK QURILISHNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI. 18
V.TIL KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA KOMMUNIKATIV YONDASHUVNING O’RNI 24
XULOSA 27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 28

I. YOZMA NUTQQA QO’YILADIGAN TALABLAR


Nutq madaniyati - tildan maqsadga muvofiq va ta’sirchan tarzda foydalana olishni ta’minlaydigan ko’nikma, malaka va bilimlarning yig’indisi bo’lib, tilda mavjud bo’lgan, uning imkoniyatlaridan kelib chiqadigan xilma-xil ifoda vositalaridan fikr uchun eng ma’qullarini tanlay bilish va shu asosda go’zal nutq tuza olish mahorati hisoblanadi.
Nutqning madaniyligi to’g’riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ifodaliligi, boyligi, sofligi kabi bir qator kommunikativ sifatlarga asoslanadi. Bu sifatlar nutqiy aloqani ta’minlash bilan birga tinglovchi yoki o’quvchiga nutq orqali ko’rsatiladigan ta’sirini kuchaytiradi.
1. Nutqning to`g`riligi. «To`g`rilik deganda, - deb yozadi V.G. Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma`lum paytda qabul qilingan normasiga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy lug’at va fammatik normalarini egallashni tushunishimiz lozim bo`ladi».Nutqning to`g`riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutq to`g`ri bo`lmasa, boshqa kommunikativ sifatlari ham vayron bo`ladi. Nutqning tuzilishi to`g’ri bo`lmasa, uning mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur yetadi.
Nutq to`g`ri bo`lishi uchun, asosan, ikki normaga – urg`u va grammatik normaga qattiq amal qilishni talab qiladi. So`zlardagi urg’uning ko`chishi bilan ma`nosi ham ba`zan o`zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Bu ham nutqning buzilishiga olib keladi: Olma-olma; hozir-hozir, yigitcha-yigitcha; o`quvchimiz-o`quvchimiz, yangi-yangi va hokazo. Gap tarkibidagi bir so`zga tushadigan mantiqiy (logik) urg’uni ham ma`noni farqlashdagi xizmati katta.1
Grammatik normaga rioya qilish deganda gap tuzish qoidalaridan to`g`ri foydalanish, o`zak va qo`shimchalarni qo`shishda xatoga yo`l qo`ymaslik, kelishik qo`shimchalarini o`z o`rnida qo’llash, ega va kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo`laklarni ularga bog’lanish qonuniyatlari tushuniladi.
2. Nutqning aniqligi - bu so`zning o`zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri sifatida qadimdan ma`lum. G’arb mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti deb hisoblanganlar. Aristotel: Agar nutq noaniq bo`lsa, u maqsadga erishmaydi»,- degan bo`lsa, Kaykovus: «Ey farzand so`zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so`zlag’anda ma`noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so`zning qanday ma`noga ega ekanligini bilmasang qushga o`xshaysan...» deydi. Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorqin ifodalash qobiliyati bilan, nutq predmetining ma`nosi bilan, nutqda ishlatilayotgai so`z ma`nolarini bilish bilan bog`liq bo`ladi.
Agar notiq o`zi fikr yuritmoqchi bo`lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos so`zlar tanlasa va o`zi tanlagan so`zlarning ma`nolariga mos vazifalar yuklasa nutq aniq bo`lishi tayin. Aniqlik ikki xil bo`ladi: narsaning aniqligi va tushuncha aniqligi.
3. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari to`g`rilik va aniqlik bilan chambarchas bog’langandir. Chunki grammatik jihatdan to`g`ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifodalash uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan lug`aviy birlik ham matiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o`quvchiga ifodalanayotgan fikrning to`liq borib yetmasligiga, ba`zan umuman, anglashilmasligiga olib keladi. Nutqni tuzishdagi e`tiborsizlik natijasida ba`zan, hatto, mantiqsizlik yuz beradi. Quyidagi misolga e`tibor qiling «Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatidan oldin bajaradilar (gazetadadan)» Gapda so`zlarning tartibi to’g’ri bo’lmaganligi, «olti oylik» birikmasining «sotish» so`zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetyapti, hatto xato fikr ifodalanyapti.
Tushuncha mantiqiyligi alohida olingan matnda fikriy ketma-ketlik, mantiqiy izchillik bo`lishini taqozo qiladi. Ammo, bu talabni nutqiy jarayonning hamma ko`rinishlarida ham o`rtaga qo`yib bo`lmaydi. Masalan: vazifaviylik uslublarda, xususan, ilmiy va badiiy nutq uslublarida bu talabga qanday amal qilinishini olib ko`raylik. Ilmiy uslubda yozilgan asarlar yaxlit bir tuzilishga ega. Unda kirish, asosiy qism va xulosa mavjud bo`lib, ular yagona bir halqaga birlashadi. Matnda bayon qilinayotgan fikrlar qat`iy izchillikda bayon qilinadi. Badiiy nutq tuzilishi esa, bir oz boshqacha. Aytaylik, fikrlar bir maromda bayon etib kelindi-yu birdaniga uzilish yuz beradi va endi boshqa voqealar hikoya qilinib ketiladi. Bu narsa go`yo mantiqiy izchillikka putur yetkazganday ko`rinsa-da, aslida unday emas. Badiiy asarlarda, xususan, qissa, roman kabi janrlardagi keng planlilik tasvir qurilishini ana shunday tuzishni taqozo qiladi. Mantiqan putur yetmaganlik, bunday asarlarning oxirida ma`lum bo`ladi.
Xulosa qilganimizda, nutqning mantiqiyligi deganda, yaxlit bir sistema asosida tuzilgan, fikrlar rivoji izchil bo`lgan, har bir so`z, ibora aniq maqsadga mo`vofiq ravishda ishlatiladigan nutqni tushunamiz.
4. Nutqning tozaligi. Nutqning tozalish degaida, eng avvalo, uning adabiy tilning lisoniy normasiga muvofiq kelish-kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat, yaxshi, ideal nutq hozirgi o`zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo`lishi, turli til, g`ayri adabiy til unsurlaridan holi bo`lishi kerak.2 Bu masalaning lisoniy tomoni bo`lib, nutqiy tozalikning nolingvistik jihatlari ham undan kam bo`lmagan ahamiyatga ega.
Nutqimizning toza bo`lishiga halaqit berayotgan lisoniy unsurlar, asosan, dialektizmlar va varvarizmlardir3. To`g`ri, ular tilimizda ishlatilishi kerak, busiz bo`lmaydi. Chunki, badiiy adabiyot tilimizda dialektizm va varvarizmlar bilan ma`lum badiiy-estetik vazifani bajarishi, mualliflik ma`lum g`oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin. Aytaylik, muallif milliy kaloritni bermoqchi yoki asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilishda dialektizm va varvarizmlarga murojaat qilishi, hatto, zarurdir. Masalan: «Yoshulli, saning qizing bunda gatirilmagan. Ova, yoshulli. San, manglayi qara batkirdor, na sababda mundoq yomon so`zlarni elga tarqatding» (Mirmuhsin). Ushbu misolda dialektizmlar hududiy kaloritni berishga xizmat qilgani kabi quyidagi misolda varvarizmlar - chet so`zlar xarakter yaratishda yozuvchiga ko`maklashgan. «Dubora» yana bordi bir ishga shul, (so`kib -net, - dedi, kelma durrak, poshul!) (Mirmuhsin).
Parazit so`zlar deb ataluvchi lug`aviy birliklar ham til madanyati uchun yotdir. Ular, asosan, so`zlashuv nutqida ko`p ishlatilib, notiqning o`z nutqini kuzatib bormasligi, e`tiborsizligi natijasida paydo bo`ladi va bora-bora odatga aylanib qoladi. Masalan: ayrim kishilar o`zlari sezmagan holda demak, xo`sh kabi so`zlarni qaytaraverishga o`rganib qolganlar. «Bir dokladchining bir soatli nutqida, - deb yozadi A.Ahmedov -«o`rtoqlar» so`zi 101 marta, «ya`ni» so`zi 73 marta, «demak» so`zi 60 marta takrorlanganligining guvohi bo`lamiz.4 Qarang, bir soatlik nutqda 234-ta ortiqcha, «bekorchi» so`z ishlatilgan» .
5. Nutqning ta`sirchanligi. Nutqning ta`sirchanligi deganda, asosan, og`zaki nutq jarayoni nazarda tutilgan va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e`tiborga olish ham muhimdir. Ya`ni, notiq tinglovchilarni hisobga olishi kishilarning bilim darajasidan tortib, hatto yoshigacha, o`z nutqining tinglovchilar eshitayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib turishi, o`z nutqining tinglovchilar tomonidan qanday qabul qilayotganini nazorat qilishi lozim bo`ladi. Professional bilimga ega bo`lgan kishilar oldida jo’n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo’lmagani kabi, oddiy, yetarli darajadagi ma`lumotga ega bo`lmagan tinglovchilar oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilish kerak emas. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bo`lgan fikrni to`laligicha tinglovchilarga yetkazishga harakat qilish vazifa qilib qo’yiladi. Xo`sh, ta`sirchan nutq deganda qanday nutqni tushunmoq kerak? Unga B.L. Golovin shunday ta`rif beradi: «Ta`sirchan nutq deb nutq qurilishining tinglovchi va o`quvchi e`tibori va qiziqishini qozonadigan xususiyatlariga aytiladi, o`z pavbatida shu xususiyatlarga ega bo`lgan nutq ta`sirchan sanaladi».5
Omma tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish notiqlar oldiga qo`yiladigan asosiy shartlardan hisoblanadi. Buning uchun esa, yuqorida aytilganidek, mavzuni yaxshi bilshdlan tashqari, uni bayon etishning aniq belgilangan rejasi bo`lishi kerak. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tugashi, ularni o`zaro bog`lab, tinglovchilarga avval nutq rejasini taklif qilib, gapni, bog`lash lozim. Vaqtni hisobga olish notiqlik fazilatlaridandir. Chunki so’zlash muddati oldin e`lon qilinib, shunga rioya qilinsa, agar iloji bo’lsa, sal oldinroq tug’atilsa, tinglovchilar zerikmaydi.
So`zlovchining o`z nutqiga munosabati ham muhimdir, chunki shunday bo`lgandagina quruq rasmiyatchilikdan qochish bo`ladi. So`zlovchi va tinglovchilar o`rtasida aloqa yaxshi bo`ladi. Notiq fikrlarni o`zi yoki tinglovchilar hayotidan olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir sub`yektiv fikr mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta`sirli bo`ladi.
Kishilar yoshlikda o`zi mansub bo`lgan sheva normalari asosida til o`rganadilar. Dialektal normalar juda qat`iy va qattiq amal qilgani uchun ularni buzish, ulardan qutulish oson ish emas. Nutq shaxsiy hodisa. Nutqni har bir shaxsning o`zi tuzadi. Normativlarni tanlash, baholash ham shaxs tomonidan bajariladi. Norma bir variantni tanlaganiga qaramasdan, uning yonida boshqa (shaxsiy) variantlar ham turadi. Agar so`zlovchi adabiy normalarni yaxshi egallamagan bo`lsa yoki o`z shevasi bergan "shaxsiy" variantni afzal deb qarasa, uning nutqi adabiy normadan chetlashuvi mumkin. Adabiy normani buzish nutq so`zlayotgan jarayonda to`siq hosil qilmagan hollarda ham tinglovchiga malol keladigan nimanidir paydo qiladi. Qiyoslang: Rais boradigon bo`pti.
Talaffuz deganda tilning tovush sistemasi - fonemalar, ularning sifatlari, ma`lum fonetik sharoitlarda o`zgarishlari ko`zda tutiladi.
O`zbek tili xususiyat jihatidan qariyb mustaqil qardosh tillarga teng bo`lgan uch lahjadan tarkib topgan. Bu lahjalar adabiy tilda so`zlayotgan kishilar nutqida har qadamda o`zining borligini sezdirib turadi.
Adabiy talaffuz ba`zi bir uslubiy xususiyatlariga ham egadir. Ba`zan so`z, so`z birikmalarining oddiy talaffuzidan nazmiy yoki kitobiy talaffuzi farq qilib turadi. Bunday talaffuzda so`zlar uslubiy buyokka ega buladi. So`zlashuv nutqida esa ular uslubiy buyoksiz aytila beradi. So`zlarning talaffuzi turli shaxslarda turli nutq sharoitlariga ko`ra qandaydir darajada o`ziga xoslik kasb etishi mumkin.
5. Nutq madaniyati va tilning adabiy me`yori (normasi) o`rtasida uzviy aloqa mavjud. Nutq madaniyati tilning adabiy me`yoriga asoslanadi. Demak, nutq madaniyati haqida gapirishdan oldin adabiy me`yori haqida fikr yuritish lozim bo`ladi.6
6. Adabiy me`yor ma`lum bir tilning muayyan bir davrida umumxalq tomonidan e`tirof etilgan va badiiy til ustalari, tilshunoslik mutaxassislari tomonidan belgilangan til me`yorlari sistemasidir.
Adabiy me`yor sistema ekan, demak, u ham ma`lum ichki tuzilishga ega bo`ladi. Uning ichki tuzilishi quyidagilardan iborat:
a) Fonetik me`yor:
b) Orfografik me`yor:
v) Leksik me`yor:
g) Morfologik me`yor:
d) Sintaktik me`yor.
Normativlik xususiyati adabiy tilning markaziy va eng muhim belgisidir. Normativlik adabiy tilning o`ziga xos mohiyatidan iborat bo`lib, adabiy tilning ko`p vazio’alilik, umumxalqiylik, umummajburiylik xususiyatlari mana shu belgisiz amalga oshmaydi. Chinakam ma`noda normativlikka erishgan, adabiy normalari mana shu asosda shakllangan tilgina o`zining umumiylik doirasidagi kommunikativ vazifalarni to`liq amalga oshira oladi. Shu tufayli ham milliy adabiy tilda uning okzaki va yozma shaklida norma (me`yor) tushunchasi belgilovchi xususiyat hisoblanadi.7
Norma termini tilshunoslikda ko`pincha ikki ma`noda tushuniladi: birinchidan, tildagi umum tomonidan qabul qilingan va mustahkamlangan ikkinchidan, norma deb grammatikalarda lug`atlarda, qo`llanmalarda tavsiya qilingan yetakchi yozuvchi yoki shoirlar asarlaridan keltirilgan nufuzli faktlar bilan isbot qilingap va mustahkamlangan qoida tushuniladi.
Normativlik, ya`ni me`yoriylik adabiy tilning yashash shartlaridan biridir. Adabiy tilda mavjud bo`lgan tovushlar, so`zlar, so`z birikmalari, turli qo`shimchalar, sintaktik qurilma nutq jarayonida ma`lum qonun-qoidalarga aytaylik kelishilgan ko`pchilik tomonidan ma`qullangan norma deb tan olingai ko`rsatmalarga bo`ysungan holda amal qiladi. Mana shu qonun - qoidalarning buzilishi yoki ulardan chetlashish tilda normaning buzilishi, unga amal qilmaslik deb baholanadi. Demak, adabiy til muaayyan konkret normativ vositalar, imkoniyatlar ularni qo`llash bilan bog`liq, qonun-qoidalar ko`rsatmalar yng`indisidan iboratdir. O`zbek adabiy tili normalari ilmiy asoslarda tubandagicha tasnif etiladi:8
1.Leksik-semantik normalar-leksik (so`z-qo`llash) normalari.
2.Talaffuz (orfoepik) normalar.
3. Aktsenologik (so`z va formalarda urg`uning to`g`riligi) normalari.
4. Fonetik normalar.
5. Grammatik (moro’ologik va sintaktik normalar).
6. So`z yasalishi normalari.
7. Imloviy normalar.
8. Yozuv (grafik) normalari.
9. Punktuatsion normalar.
10. Uslubiy normalari.
Norma tilning ijtimoiy vazifa bajarilishining asosiy sharti bo`lib, unga amal qilish shu tilda so`zlashuvchi va yozuvchilar uchun majburiydir. O`zbek tilining qanchalik normaga keltirilganligi va unga qanchalik amal qilinishi umummilliy o`zbek madaniyatining taraqqiyot darajasini belgilovchi omillardan biri.


Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling