Ibn Hajar Asqaloniy riyoni quyidagicha taʼriflaydi: "Riyo odamlar ko‘rib, egasini maqtashlari uchun ibodatni izhor qilishdir"
Download 21.74 Kb.
|
riyo
Riyoning davosi
Avvalgi satrlarda riyoning halokatli zararlari haqida ko‘p narsalar zikr qilindi. Endi undan qutilish yo‘llari haqida ham to‘xtalib o‘taylik. Riyoning muolajasi ikki turli bo‘ladi. Birinchisi – uning asl tomirlarini qo‘porib tashlash. Ikkinchisi – sodir bo‘lib turgan riyoni daf qilish. So‘zni birinchisidan boshlaylik. Riyoning asli obro‘ va martaba muhabbatidir. Bu narsaning tafsiloti uch narsaga borib taqaladi. 1.Maqtov lazzati muhabbati. 2.Tanqid alamidan qochish. 3.Odamlar qo‘lidagi narsaga taʼmagirlik qilish. Bunga imom Buxoriy va imom Muslimning “Sahih”larida kelgan bir hadis dalildir. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bir odam kelib Nabiy alayhissalomdan: “Ey Allohning Rasuli! Ayting-chi, shijoat bilan urushga kirgan odam Allohning yo‘lida urushgan bo‘ladimi, tarafkashlik uchunmi yoki riyo uchunmi?” dedi. U zoti bobarakot: “Kim Allohning so‘zi oliy bo‘lishi uchun urushga kirsa, Allohning yo‘lida urushgan bo‘ladi”, dedilar». Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan. “Shijoat bilan” degani zikr qilinishi va maqtalishi deganidir. “Tarafkashlik uchun” degani – tanqiddan qo‘rqib degani. “Riyo uchun” degani uning kimligini ko‘rib qo‘ysinlar uchun degani. Mana buning oti obro‘ va martaba muhabbatidir. Gohida inson maqtovni istamasligi mumkin. Ammo qoralanishdan qo‘rqadi. Bunga shijoatlilar ichiga tushib qolgan qo‘rqoq misol bo‘ladi. U qoralanmaslik uchun qochmay sobit turishi mumkin. Shuningdek, ilmsizlikda ayblanishidan qo‘rqqan odam bilmasa ham fatvo berib yuborishi mumkin. Riyokorlik shu kabi tarzlar ila sodir bo‘ladi. Riyoning asl tomirlarini qo‘porib tashlash iloji qanday bo‘ladi?! Maʼlumki, inson o‘zi uchun hozir yoki kelajakda foydali bo‘lgan narsalarga rag‘bat qiladi. Agar u bir narsaning hozirda huzurbaxsh bo‘lsa ham keyin zararli ekanini bilsa, undan rag‘batini kesishi turgan gap. Misol uchun, asalga zahar qo‘shiliganini bilgan odam aslning lazzatidan o‘ylab o‘tirmay voz kechadi. Riyo ham xuddi shunga o‘xshashdir. Agar inson riyoning bu dunyo va oxiratdagi zararlarini anglab yetsa, uni tark qilish turgan gap. Inson o‘ziga o‘xshagan odamlarning maqtovi deya riyo qilayotganda Robbisining maqtovidan mahrum bo‘lishini va azobiga qolishini o‘ylasin. Inson o‘ziga o‘xshagan odamlarning qoralashidan qo‘rqib riyo qilyotganda Robbisining qoralovidan va azobidan qo‘rqsin. Inson o‘ziga o‘xshagan odamlarning qo‘lidagi narsaga taʼmagir bo‘lib riyokorlik qilayotganda Alloh taoloning yolg‘iz O‘zigina qalblarga man qilish va berish tuyg‘usi va istagini soluvchi zot ekanini o‘ylasin. Undan o‘zga rizq beruvchi yo‘q. Bandadan taʼmagir bo‘lgan odam murodiga yetganda ham, xoru zor bo‘lishi turgan gap. Bas, shunday ekan, qandoq qilib Alloh taoloning huzuridagi narsani qo‘yib bandadagi narsaga taʼmagir bo‘ladi?! Bu boradagi foydali davolardan biri nafsini ibodatni maxfiy qilishga o‘rgatishdir. Zotan, riyoning amallarni maxfiy qilishdan afzal davosi yo‘q. Bu ish avvalda juda ham qiyin bo‘ladi. Ammo bir muddat qiynalib bo‘lsa ham sabr qilib borsa, keyin ish osonlashib ketadi. Alloh taolo unga madad beradi. Bandadan harakat, Allohdan barokat. Ikkinchisi – sodir bo‘lib turgan riyoni daf qilish. Ibodat paytida paydo bo‘ladigan riyoni daf qilishni ham o‘rganish lozim. Shayton ibodat paytida bandani tek qo‘ymaydi. U laʼnati riyo xotiralarini esga solib turadi. Shuning uchun banda nafsiga qarshi jihod qilib turishi kerak. Qanoat va o‘zini odamlar nazaridan tushirish ila qalbidagi riyo o‘sadigan joylarni qo‘porib tashlamog‘i kerak. Odamlarning maqtoviga ham, qoraloviga ham eʼtibor bermasin. Odamlar bildi nimayu, bilmadi nima, Alloh taoloning O‘zi bilsa bo‘ldi, desin. Maqtov ofatiga rag‘bati qo‘zib qolsa, nafsiga riyo ofatini va Alloh taoloning g‘azabiga uchrashini eslatsin. Toatni oshkora qilishga ruxsat Toatni maxfiy qilishda ixlos va riyodan saqlanish foydasi bor. Toatni oshkora qilishda esa, birovlarning ergashishi va odamlarga yaxshilikni targ‘ib qilish foydasi bor. Hajga o‘xshash ibodatlarni esa, maxfiy qilishning umuman iloji yo‘q. Bas, shunday ekan, amalni oshkora qilgan odam qalbini kuzatib borishi lozim. Toki unda maxfiy riyoning muhabbati paydo bo‘lmasin. Doimo odamlar ergashishini niyat qilib tursin. Bas, kimning nafsi baquvvat bo‘lib, ixlosi but bo‘lsa, uning nazdida odamlarning maqtovi va qoralovi hech narsa bo‘lmay qolsa, amalini oshkora qilaverishi mumkin. Chunki yaxshilikka targ‘ib qilish yaxshilikdir. Salafi solihlarning bir jamoalari odamlar o‘rnak olishi uchun o‘zlarining ahvoli shariflaridan baʼzilarini oshkora qilar edilar. Ulardan birlari jon taslim qilish payti kelganda: “Menga yig‘lamanglar! Men musulmon bo‘lganimdan biror og‘iz xato gap gapirganim yo‘q”, degan. Abu Bak ibn Ayyosh rahimahullohu o‘g‘liga: “Bu hujrada Alloh taologa maʼsiyat qilishdan hazir bo‘l! Men unda o‘n ikki ming marta xatm qilganman”, degan. Download 21.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling