I–bob. Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga hamda mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’siri


 Koronavirus pandemiyasining mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy


Download 253.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana17.06.2023
Hajmi253.63 Kb.
#1540574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nodira. Korona virus.

1.2. Koronavirus pandemiyasining mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy 
ta’siri va uning oqibatlari. 
‘‘Pandemiyaning salbiy ta’siri 2020 yilning birinchi yarmiga to‘gri keldi 
va bu iqtisodiyot uchun o‘g‘ir sinov bo‘ldi. Lekin o‘z vaqtida cheklash va qo‘llab 
quvvatlash, samarali choralar, hamda iqtisodiy tadbirlarni samarali qo‘llab bilish 
natijasida yilning oxirigacha O‘zbekiston iqtisodiyoti ijobiy tomonga o‘sdi”,- deb 
ta’kidladi. 
Respublikamiz uchun koronavirus pandemiyasi ta’siridagi iqtisodiy 
yo‘qotishlarni qoplash uchun bizningcha bu yil 5 yoki 6 oy talab etiladi va o‘tgan
yilda iqtisodiy o‘sish pasayib 1,4 – 1,6 foiz atrofida bo‘ldi va joriy yili esa qabul 
qilingan Inqirozga qarshi chora tadbirlarning mahsuli sifatida o‘sish sur’ati 7,0 
atrofida va undan yuqori bo‘ladi. 
Vaziyatning keskin o‘zgaruvchan bo‘lishini inobatga olib bugungi kunda 
kutilayotgan makroiqtisodiy vaziyat bo‘yicha nisbatan aniq prognoz 
ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish murakkab bo‘lib qolmoqda. 
O‘zbekistonning "Bir makon-bir yo‘l" davlatlari bilan hamkorligi ulkan va hali 
to‘la amalga oshirilmagan salohiyatga ega ekanligini ahamiyatga olish darkor. 
O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan bildirilgan transport, innovatsiya 
va ta’lim sohalaridagi aniq tashabbuslar O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini yangi 
darajaga ko‘tara oladi va "Bir makon-bir yo‘l" doirasida barqaror iqtisodiy o‘sish va 
rivojlanishga to‘siq bo‘lib turgan eng dolzarb muammolarni hal qilish bo‘yicha 
hamkorlikka yo‘naltiradi. O‘zbekiston “Bir makon-bir yo‘l” loyihasini, transport, 
savdo, investitsiya, energetika va yuqori texnologiyalar sohalaridagi tashabbuslarni 
amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Hamkorlik doirasida Markaziy Osiyoni 


10 
Xitoy va Rossiya orqali Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari 
bozorlari bilan bog‘laydigan transport-logistika yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha 
dasturlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda. 
"Bir makon-bir yo‘l"ga a’zo mamlakatlar bilan sayyohlik sohasida faol 
hamkorlik O‘zbekiston uchun katta imkoniyatlarni ochadi. “Bir makon-bir yo‘l”ning 
60 mamlakati eng yirik tashqi turist “yetkazib beruvchilar”dir. Jahon sayyohlik 
tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi sayyohlar tomonidan sarflangan 
pullarning 20 foizidan ko‘prog‘i Xitoy ulushiga to‘g‘ri keladi. Ular 2017 yilda 
turizmga 250,6 milliard dollar sarflagan. Ekspertlarning qayd etishicha, 2021 yilga 
kelib jahondagi Xitoy sayyohlarining soni 200 millionga, ularning xarajatlari 429 
milliard dollarga yetadi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, hozirgi davrda nafaqat insoniyat hayotiga, balki 
ayrim davlatlar va umuman dunyo iqtisodiyotiga ham jiddiy xavf tug‘dirmoqda. 
Investorlarning vahima sababli aksiyalarini sotib yuborishi oqibatida dunyo bo‘ylab 
yetakchi bo‘lgan birjalarda yuzaga kelgan inqirozni ekspertlar oxirgi 10 yillikda 
kuzatilmagan, deb baholashmoqda.
3
Mazkur vaziyat oddiy “informatsion panika” emas, balki jahon iqtisodiyotiga 
jiddiy tahdid ekanini dunyodagi yetakchi moliyaviy institutlar, xalqaro tashkilotlar 
va ayrim davlatlar amalga oshirayotgan harakatlardan ham kuzatish mumkin. 
Jumladan, AQSh Federal Rezerv Tizimi iqtisodiy faollikni barqaror holatda 
ushlab turish maqsadida, bazaviy foiz stavkasini 0,5 foiz punktga tushirdi. Mazkur 
qaror 2008 yilgi inqiroz davridan beri birinchi marta bo‘layotgani ahamiyatga 
molikdir. AQSh moliya vazirligi huzurida kichik va o‘rta tadbirkorlikni 
rivojlantirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan. 
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) 2020 yildagi jahon 
iqtisodiy o‘sish sur’atlari prognozini 0,5%ga kamaytirdi. IHRT, savdo urushlari va 
siyosiy tanglik tufayli o‘zi shundoq ham “jar yoqasida”gi dunyo iqtisodiyotining 
hozirgi kundagi ta’minot zanjirining uzilishi, resurslarga bo‘lgan talabning 
3
https://review.uz/uz/post/koronavirus-pandemiyasining-global-iqtisodiyotga-va-ozbekistonning-iqtisodiy-hamkor-
mamlakatlariga-tasiri 


11 
sustlashishi, turizmdagi pasayish tendensiyasi va kasallik sababli iste’molchilar 
ishonchining kamayishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. 
IHRT hisobotiga ko‘ra, eng yomon ssenariy (Downside scenario) bo‘yicha, 
ya’ni pandemiya ko‘lamining dunyo bo‘ylab kengayishi, pandemiyaga qarshi 
qo‘llaniladigan choralar va vahima sababli, ishlab chiqarishga jiddiy zarar keltirishi 
va oqibatda iqtisodiy retsessiyani olib kelishi, global iqtisodiy o‘sish 1,5% gacha 
pasayishi prognoz qilingan. O‘z navbatida, bu holatning ta’siri mamlakatlar uchun 
judayam kuchli va davomli bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. 
O‘zbekistonda mazkur vaziyat yuzasidan bo‘lgan qisqa muddatli muhim 
choralarni ko‘rish ehtiyojini tug‘dirmoqda. 
Buning uchun: 
birinchidan, fiskal va pul-kredit siyosatni qo‘shimcha qo‘llab-
quvvatlash va mamlakatdagi tarkibiy islohotlarni kuchaytirish lozim. 
Mazkur choralar iqtisodiy o‘sishni barqarorligiga, iste’molchilar va 
investorlarning ishonchini oshirishga va noaniqlikni kamaytirishga yordam beradi; 
ikkinchidan, korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlashga 
qaratilgan choralar, jumladan soliq stavkalarini ma’lum muddatga kamaytirish, 
“soliq ta’tillari”, “soliq kreditlari”ni taqdim qilish va uzoq muddatda qaytarish 
imkoniyatini yaratish, QQSni tezkor qaytarish mexanizmlarini joriy etish choralarini 
ko‘rish maqsadga muvofiq. Naqd pul oqimi bilan bog‘liq muammolarga duch 
kelayotgan korxonalarga, ayniqsa, kichik va o‘rta korxonalarga yordam berishga 
banklar tomonidan imkon berilishi lozim. Zarar ko‘rishi ehtimoli bo‘lgan hududlar 
va tarmoqlar uchun energiya manbalari narxini pasaytirish choralari ko‘rilishi lozim. 
Rossiya rublining kuchsizlanishi – so‘mning almashuv kursini kuchaytirishi, 
bu esa, Rossiya bozorida O‘zbekiston eksport mahsulotlarining qimmatroq 
bo‘lishiga va mahalliy eksportyorlarning daromadlari kamayishiga, o‘z navbatida, 
bu ham O‘zbekistondagi valyuta hajmini kamayishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Shuningdek, Rossiya iqtisodiyotining sustlashishi oqibatida, O‘zbekistonlik 
migrantlarning mamlakatimizga keltirayotgan 3,4 mlrd. dollarlik (YaIMga nisbatan 
5,9 foiz) foydasining qisqarishiga olib kelishi ham mumkin. 


12 
Aholi umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan keladigan daromadlar 
25,3%ni tashkil etishini hisobga olganda, mazkur vaziyat O‘zbekistonda aholining 
yashash darajasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Buning uchun, iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish va bandlikni qo‘llab 
quvvatlash choralarini ko‘rish maqsadga muvofiq. Jumladan, kichik tadbirkorlikni 
moliyalashtirishni kengaytirish, berilayotgan kreditlar imtiyozli davrini uzaytirish 
lozim. 
Barcha ruxsat beruvchi va byurokratik tartib-tamoyillarga ma’lum muddat 
maratoriy e’lon qilish, tadbirkorlik faoliyatidagi vujudga kelayotgan to‘siq va 
muammolarni tezkorlik bilan hal etish, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keskin 
choralar ko‘rish, qisqa muddatli ish o‘rinlari tashkil etilishini rag‘batlantirish lozim. 
Bugungi kunda aynan bu holatni oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 yanvardagi “Uy-joy sharoitlarni yaxshilashga 
ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №39 sonli qaroriga O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish 
kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida” 2019 yil 20 avgustdagi PF-
5785-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini 
amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila 
a’zolarining uy-joy sharoitini yaxshilash uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida 
ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda uy-joylar qurilishi bo‘yicha davlat 
dasturlarining ijrosi doirasida ko‘p kvartirali uylardan 3 462 ta xonadon ajratilishi; 
2021 yil va keyingi yillarda uy-joylar qurish parametrlarini shakllantirishda ularga 
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ko‘p 
kvartirali uylardan xonadonlar kiritilishi belgilanganligi; Uy-joy sharoitlarini 
yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish 
bo‘yicha 2020 yil dasturlari ijrosi doirasida:
4
- ipoteka kreditlari bo‘yicha imtiyozli davr 1 yil etib belgilanadi; 
4
Shodmonov Sh/, G‘afurov U. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. T.:Iqtisodiyot, 2017


13 
- ipoteka kreditidan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz 
stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib 
boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish 
stavkasida belgilandi; 
- ipoteka kreditlari foizlarini annuitet to‘lovlari formulasi bo‘yicha hisoblash 
tartibi tatbiq etiladi (oylik to‘lov asosiy qarz qoldig‘iga hisoblangan foizlar bo‘yicha 
to‘liq to‘lovni hamda kreditning bir qismini o‘z ichiga oladi, bu shunday hisoblashni 
nazarda tutadiki, har oylik barcha to‘lovlar kredit to‘lashning butun davrida bir xil 
bo‘ladi); 
Mazkur ko‘riladigan choralar, tashqi global iqtisodiy oqibatlarni O‘zbekistonga 
ta’sirini kamaytirish, iqtisodiy vaziyatni muvozanatlashtirish uchun xizmat qiladi. 
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ko‘pgina davlatlarning markaziy banklari 
asosiy foiz stavkalarini tushirishi moliyaviy sektorda emas, balki iqtisodiyotning 
real sektorida investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan. Agar 2008 yildagi 
tajribadan kelib chiqsak, o‘sha paytdagi ushbu vaziyat kapital oqimning rivojlangan 
davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga (Xitoyga) qarab harakatlanganligi 
kuzatilgan. Shu sababdan, O‘zbekistonning ayni paytdagi vaziyatdan foydalanib 
qolish 
imkoniyati 
mavjudligini 
inobatga 
olib, 
qulay investitsion 
muhitni yaratishga katta e’tibor qaratish, investitsion jozibadorlikni oshirish muhim 
ahamiyat kasb etadi. 

Download 253.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling