I–bob. Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga hamda mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’siri


Jahon iqtisodiyotining yangi inqirozi – iqtisodiy harakatsizlik


Download 253.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana17.06.2023
Hajmi253.63 Kb.
#1540574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nodira. Korona virus.

2.2. Jahon iqtisodiyotining yangi inqirozi – iqtisodiy harakatsizlik. 
2020 yilda qarz inqirozidan o‘zgacha tusga ega bo‘lgan, boshlanishidan 
iqtisodiy xususiyat kasb etmagan inqiroz omili – bu pandemiya ekanligini 
kuzatishga to‘g‘ri kelmoqda. Natijada, iqtisodiy qulashlarning yuz berishi bo‘yicha 
ayrim signallar vujudga kelmoqda. Bulardan asosiysi “iqtisodiy ta’til”larning yuz 
berishidir. Boshqacha aytganda, yalpi iste’molning tushib ketishi va yalpi taklifning 
to‘xtalishi bilan bevosita bog‘liqdir. Mazkur iqtisodiy inqirozning eng asosiy belgisi 
sifatida – iqtisodiy harakatsizlikni keltirish mumkin. Bu sharoitda, davlatlarning eng 
7
 
www.stat.uz

8
Shodmonov Sh/, G‘afurov U. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. T.:Iqtisodiyot, 2017




19 
asosiy vazifasi - minimal iqtisodiy harakatni ta’minlab turishdan iborat bo‘lishi 
lozim. 
2020 yil fevralidan boshlab ayrim Xitoy kompaniyalari “Koronavirus 
obligatsiyalari”ni emissiya qilishni boshlashdi. Shenzhen Airlines aviakompaniyasi 
600 mln. yuan miqdoridagi obligatsiyalarni muomalaga chiqardi. Jalb etilgan 
mablag‘lar asosan bekor qilingan parvozlar uchun biletlarning qiymatini 
yo‘lovchilarga qaytarib berish va oziq-ovqatlarni transportirovka qilish uchun 
moliyalashtirish tadbirlariga yo‘naltirilishini ma’lum qilindi. 
Shunga o‘xshash holatlarni tahlil etsak, fevral oyidan buyon 25 ta Xitoy 
kompaniyasi 24 mlrd. yuan (3,4 mlrd. AQSh dollari) miqdorida korporativ 
obligatsiyalar hisobidan qarz mablag‘larini jalb etdi. 
Jahon bozorida esa, yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlar o‘rtasida milliy 
valyutalari vositasida o‘zaro iqtisodiy musobaqalar boshlanib ketdi. Ba’zi 
ekspertlarning xulosalari AQSh dollarining xalqaro valyuta bozoridagi o‘rni 
yuanning qadri oshishi ortidan xavf ostida qolishini aks ettirmoqda. 
Masalan, 2020 yil Rossiya moliya vazirligi “Milliy barqarorlik fondi”ning 
kapitali tarkibiga yuanni ham joylashtirishni boshlashini e’lon qildi. Hozir kunda 
ushbu fondning asosiy qismini AQSh dollari va yevro tashkil etadi. 2020 yil 1 mart 
holatiga YaIMning 7,3 foizini tashkil qiladigan fond valyuta tarkibini yanada 
diversifikatsiya qilish sanksiyalar va geosiyosiy vaziyatda iqtisodiyotni inqirozli 
holatlardan himoya qilishda muhim chora bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Jumladan, 
yuanning ulushini 15-20 foiz, dollarning ulushini esa 20-25 foiz atrofida bo‘lishiga 
erishish nazarda tutilmoqda. 
Bu kabi salbiy oqibatlarni iqtisodiyotimiz tarmoqlariga salbiy ta’sirini 
yumshatish maqsadida Davlatimiz rahbari va Hukumatimiz tomonidan tezkor chora-
tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz 
holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi 
navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5969-sonli Farmonining qabul qilinishi 
ayni muhim tadbir bo‘ldi. Ushbu hujjatga ko‘ra, makroiqtisodiy muvozonatni 


20 
barqarorlashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar belgilab berildi. Natijada, 
belgilangan yo‘nalishlarda vazifalarni amalga oshirish quyidagi makroiqtisodiy 
muvozonat ko‘rsatkichlarini ta’minlashga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, 
Inqirozga qarshi jamg‘armaning tuzilishi pandemiya oqibatlarini aniq 
moliyalashtirish manbasini belgilab berdi. 
Fikrimizcha, ushbu holat davlatning ijtimoiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga 
olayotganligi va uni samarali amalga oshirayoganligidan dalolat beradi. Shu bilan 
birga, ushbu farmon doirasida makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashda kam 
ta’minlangan aholi qatlamlariga moddiy yordam berish hajmini oshirish orqali ichki 
iste’molni rag‘batlantirish va iqtisodiy o‘sish sur’atini saqlash nazarda tutilganligi 
bu sohadagi salbiy oqibatlarni yumshatishi bilan ahamiyatlidir. 
Eksport bilan shug‘ullanuvchilarning ayrim xarajatlarini to‘lab berilishi, 
ushbu turdagi korxonalarning to‘lovga qobilligini saqlashga yordam berilishi;
9
❖ iqtisodiy qiyinchilikka uchrayotgan korxonalarga uch yilgacha byudjet 
ssudalari berilishi; 
❖ to‘lovsizlikning makroiqtisodiy multiplikatsion ta’sirini oldini olishi kabi 
tadbirlar shular jumlasidandir. 
Ijtimoiy soliq va shu kabi soliq, boshqa majburiy to‘lovlarning kechiktirilishi 
yoki ma’lum foizda kamaytirilishini joriy etilishi tadbirkorlarga barqaror “moliyaviy 
ta’til”ga chiqishini anglatadi. Natijada, makroiqtisodiy talab va taklif muvozanatiga 
erishishga sharoit yuzaga keladi. 
Bir so‘z bilan aytganda, favqulodda yuzaga kelgan virusning ta’sirini kengayib 
ketmasligi uchun o‘z vaqtida choralarni, jumladan, iqtisodiy vazifalarni ishlab 
chiqilishi va hayotga tadbiq etilishi iqtisodiy inqiroz oqibatlarini yumshatishga va 
bartaraf etishga to‘liq shart-sharoit yaratib beradi, deb hisoblaymiz. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, AOKA, O‘zbekiston 
Yoshlar ittifoqi hamda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish 
jamoat fondi hamkorligida tashkil qilingan rasmiy telgeram kanali 2020 yil 2 aprel 
soat 20:40da e’lon qilingan “Oylik daromadsiz qolsangiz, jamg‘armangiz qancha 
9
Shodmonov Sh/, G‘afurov U. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. T.:Iqtisodiyot, 2017


21 
vaqtga yetadi?” nomli so‘rovnomada 467000 dan ortiq (o‘zbek tilida 312000, rus 
tilida 155000)dan ortiq insonlar ishtirok etgan. Javob berganlarning 40 
foizga yaqini “jamg‘armam yo‘q” deb javob bergan. Xulosa qilib aytganda, uzoq 
muddatli davrda iste’molni ta’minlash dolzarb vazifa ekanligi ko‘zga tashlanadi. 
Umuman olganda, 2019 yildan boshlab aholining sotib olish qobiliyatini 
oshirishga qaratilgan choralarning qo‘llanganligi, xususan, daromad solig‘i 
tushirilganligi o‘zining ijobiy tasdig‘ini topdi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda 
epidemik holat natijasida aholining iste’moli ayrim xarajatlari vaqtinchalik 
qisqarishi natijasida aholi daromadlarining iste’mol muddatini oshirishga yordam 
berishi mumkin. 
O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlari orqali jami 312,4 ming kishi ishtirok etgan 
anonim so‘rovnoma natijalariga asosan fuqarolarning 21%i vaqtincha ishini 
yo‘qotgan, 7%i o’z hisobidan mehnat ta’tilida, 7%i haq to‘lanadigan mehnat 
ta’tilida, 18%i uyda masofadan turib va 21%i ishxonaga qatnab ishlayotganligini 
bildirishgan. 
Xalqaro mehnat tashkiloti kichik biznesda va o‘zini o‘zi band qilgan aholini, 
ayniqsa, norasmiy iqtisodiyotda ishlayotganlarni himoya qilish uchun shoshilinch 
va muhim siyosat choralarini ko‘rishga chaqirmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 
rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra bugungi kunda O‘zbekiston mehnat bozorida 13,5 mln 
kishi band bo‘lib, ulardan 5,7 mln kishi rasmiy va 7,8 mln kishi norasmiy sektorda, 
shu jumladan, 2,6 mln kishi mehnat migranti sifatida mehnat qilmoqda. 
Jahon banki tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Covid-19 pandemiyasi 
va qo‘llanilgan karantin choralari ta’sirida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz tufayli, 
pul o‘tkazmalarining umumiy hajmi 20%ga keskin tushadi. O‘zbekistonlik mehnat 
muhojirlari sonidan kelib chiqadigan bo‘lsak bu ko‘rsatkich 500 mingdan ko‘proq 
kishi koronavirus pandemiyasi ta’sirida doimiy ish joylariga ketolmay qolish 
ehtimoli yuqori. 
Aksariyat hollarda norasmiy sektorda bandlar ko‘rsatkichi qishloq joylarida 
ko‘proq bo‘lishi hududlar kesimida tahlil qilinganda ham ko‘rinib turibdi. 


22 
Ko‘rilgan choralar natijasida O‘zbekistonda Covid-19 virusidan zararlanganlar 
orasida o‘lim darajasi 0,4% ni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda kasallikdan 
davolanayotganlar ham, kasallikda gumon qilinganlar ham, karantinda 
saqlanayotganlarning barchasi bepul, davlat byudjeti hisobidan davolanmoqda. 
21 apreldan boshlab koronavirus bilan kasallanishlar soni kunlik statistikada 
tuzalganlar soni kasallanganlar sonidan oshayotganligi qabul qilingan qarorlar va 
ko‘rilgan choralarning samarali ekanligidan dalolat beradi. 
Karantin davrida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi va Jamoat ishlari 
jamg‘armasi hisobidan, 141 ming 800 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi 
ta’minlanib, ularga 43 milliard 225 million so‘m ish haqi to‘lab berildi. 
Ta’kidlash joizki, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bu yangi ish o‘rinlarini 
yaratish, bozorda talab va taklifni shakllantirish, pirovardida iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlash uchun katta imkoniyat va zaxira hisoblanadi. 
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun qonuniy faoliyat yuritish uchun qulay 
va sodda huquqiy tizim yaratish. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligada 22 va 24 
aprel kunlari o‘tkazilgan videoselektor majlislarida karantin davrida aholi bandligi 
va daromadi keskin kamayishini oldini olish bir qator muhim tashabbuslar ilgari 
surildi: 
• O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun faoliyat turlari ro‘yxatini kengaytirish va 
qonunchilikda taqiqlanmagan barcha tadbirkorlik shakllariga ruxsat berish (hozirda 
85 ta faoliyat turiga ruxsat berilgan); 
• Aholi bandligini ta’minlashdagi muhim bo‘lgan servis sohasini rivojlantirish 
(ovqatlar va tovarlarni uyga yetkazib berish, ko‘chma savdo va xizmatlarni tashkil 
etib, bu korxonalarning kamida 70 foizini bemalol ishlatsa bo‘ladi); 
• Onlayn ishlasa bo‘ladigan sohalarga maksimal imkoniyatlar yaratib berish; 
• Tovarlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishni rag‘batlantirish; 
• Yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik sub’yektlariga faoliyat yuritish 
uchun sharoit yaratib berish; 


23 
• Uy-joylarni remont qilish hamda avtotransport, maishiy texnika va boshqa 
tovarlarga kreditlar berishni kengaytirish; 
• Qishloq xo‘jaliklari tomonidan dala tomorqalarida ekin ekishga aholiga yordam 
berish; 
• “oborot”dan chiqqan yerlarni o‘zlashtirib, kooperativlarni tashkil qilish; 
• Aholi xonadonlarida issiqxonalarni ishga tushirish; 
• O‘zlashtirilmagan yerlarni uchun sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali muhtoj 
shaxslarni parvarishlash va boshqalar). 
• jaligi kooperativlarini qo‘llab-quvvatlash orqali mavsumiy ishlarga aholini keng 
jalb qilish; 
• Fermer xo‘jaligining eng asosiysi, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun faqat 
xabardor qilish orqali ro‘yxatdan o‘tib ishlash mexanizmini joriy etish bo‘yicha o‘ta 
dolzarb va muhim bo‘lgan topshiriq berildiyangi maydonlar tashkil etish va 
qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish; 
• Ijtimoiy xizmat turlarini kengaytirish asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish 
(jamoat joylarini dezinfeksiyalash, qariyalar, nogiron va o‘zgalarning yordamiga 
• . Mazkur topshiriq bilan uzoq vaqt mobaynida norasmiy sektorda band bo‘lgan 
aholini davlat ro‘yxatiga olish tizimini keskin soddalashtirish, bunda kundalik 
hunari bilan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatayotgan fuqarolardan umuman soliq 
undirilmasligi belgilandi. Mazkur tashabbus shu kungacha mehnat bozorini 
rivojlantirish bo‘yicha qilingan eng samarali islohotlardan biri sifatida e’tirof etish 
lozim. 


24 

Download 253.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling