Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi


V. Konsepsiyani amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari


Download 360.6 Kb.
bet5/93
Sana10.11.2023
Hajmi360.6 Kb.
#1764982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi

V. Konsepsiyani amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari.
V.1. Umumiy masalalar.
O‘zbekistondagi ta'lim tizimi va jarayoni, qanday shakl va mazmunda bo‘lishidan qat'i nazar, mamlakatdagi barcha ta'lim muassasalarida o‘zbek tiliga davlat ramzlari sirasidagi muqaddas timsol sifatida qaralishi hamda shunday munosabatning shakllanishiga yo‘naltiriladi.
Mamlakatimizning maorif sohasiga daxldor har bir xodimi, mutasaddisi o‘zbek tilida yetarli darajadagi og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak hamda ular kasbiy faoliyatida tarbiyalanuvchilarda ushbu kompetensiyalarni shakllantirishga o‘zbek ona) tili o‘qituvchilari bilan teng barobarda mas’uldir.
V.2. Til ta'limini yangilash asoslari.
Til ta'limida lingvistikaga oid nazariy bilimlarning amaliy tabiatli nutqiy kompetensiyalar ustida ishlashga yo‘naltirilishi va unga bo‘ysundirilishi yetakchi tamoyil sifatida belgilanadi.
O‘zbek tili ta'limida xorijiy tajribalarga ijodiy va tanqidiy yondashiladi, milliy pedagogikamiz tarixidagi boy tajribalarga tayaniladi hamda mamlakatimizda vujudga kelgan ilg‘or tajribalar o‘rganilib, umumlashtirilgan holda amaliyotga tatbiq etiladi.
Zamonaviy raqamli texnologiyalar va ta'lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasi ta'minlanadi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta'lim dasturlari tashkil etiladi.
V.3. O‘zlashtiriladigan bilim va malakalar
O‘quv materiallari vositasida o‘zlashtiriladigan bilim va malakalar quyidagilardan iborat:
tilning milliy tabiati, ijtimoiy hodisa ekanligi, uning qurilishi, vazifalari va taraqqiyoti to‘g‘risidagi zarur bilimlarni egallash; nutqiy faoliyat turlarini tinglash, o‘qish, so‘zlash, yozish) yaxlit o‘zlashtirish, muloqotning barcha sohalarida nutq malakalaridan to‘g‘ri foydalanishni bilish;
og‘zaki va yozma nutq savodxonligiga erishish;
o‘zbek tilining boshqa fanlar bilan aloqasini idrok etish, ona tili o‘qitish o‘zbek tilida olib boriladigan barcha ta'lim muassasalarida o‘qitiladigan fanlar, o‘quv predmetlarining o‘rganish va o‘rgatish vositasi ekanligini chuqur anglagan holda undan ilmiy va amaliy faoliyatda foydalanish;
ijtimoiy hayotning turli qirralarini aks ettiradigan, shuningdek, ta'lim oluvchilarning yosh, gender va etnomadaniy xususiyatlarini inobatga olib yaratilgan matnlardan foydalanish;
axborot-kommunikativ vosita va resurslari chop etiladigan va elektron lug‘atlar, tarjimon dasturlari, imloviy nazorat dasturi, qidirish tizimlari va b.)dan foydalanish;
yakuniy davlat attestatsiyasida bitiruvchining nafaqat yozma, ayni paytda og‘zaki nutqini ham baholash.

Download 360.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling