Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi


V.4. O‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish


Download 360.6 Kb.
bet6/93
Sana10.11.2023
Hajmi360.6 Kb.
#1764982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi

V.4. O‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
O‘zbek tili o‘qituvchilari ish faoliyati sifat va samaradorligini oshirishda quyidagilar muhim sanaladi:
o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yangi shakl va mazmundagi muqobil tizimini yaratish;
pedagog xodimlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash va malakasini oshirishda nazariy bilimlar berish bilan birga asosiy e'tiborni nutqiy kompetensiyalarni o‘zlashtirish hamda ularni o‘qitish bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik darajasiga qaratish;
sohasidagi ilg‘or tajriba, pedagogik texnologiya, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, targ‘ib qilish, bunda alohida o‘rnak ko‘rsatayotgan pedagoglarni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish;
axborot-kommunikativ texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan o‘qish, malaka oshirish va o‘qitishning samarador mexanizmlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirib borish;
o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish, ularning ish sifatini o‘quvchida shakllantirilgan bilim va kompetensiyalardan kelib chiqib baholash tizimini yo‘lga qo‘yish;
o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari uchun kasbiy tayyorgarligini oshirishga yordam beradigan o‘quv, metodik adabiyotlar hamda didaktak materiallarni davomli tarzda tayyorlab borish va yetkazib berish.
VI. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali o‘zbek ona) tili fanini umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘qitishni rivojlantirishda 2030- yilgacha quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda:
konsepsiya umumiy o‘rta ta'limning malaka talablari DTS)da belgilangan talablar uchun asos bo‘ladi;
konsepsiyada belgilangan maqsad va vazifalarni keng amaliyotga joriy etish o‘quvchi-yoshlarning intellektual rivojlanishiga samarali ta'sir etadi;
o‘zbek tili fanini o‘qitish bosqichlari, o‘quv fani bo‘yicha ta'lim mazmuni va malaka-talablari me'yorlari aniqlashtiriladi; umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida, zamonaviy va innovatsion texnologiyalardan foydalanib ona tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishiladi;
ta'lim muassasalarida o‘zbek ona) tilini o‘rgatish va uni bilish darajasini baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi, barcha fan, sohalarga oid ilmiy tadqiqotlarda o‘zbek ona) tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzi yanada ortadi.
O‘quvchiga tilni o‘qitish orqali shu til bo‘yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy to‘rt turi: nutqni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish amallari bo‘yicha har bir sinfda taqozo etiladigan malaka va ko‘nikmalar me’yorini rivojlantirish, bunda o‘qish hamda mehnat jarayonida, oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni o‘qish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi.

Download 360.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling