Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi


Mashq. Avval matn mazmuni yuzasidan savollarga javob bering, so’n


Download 360.6 Kb.
bet89/93
Sana10.11.2023
Hajmi360.6 Kb.
#1764982
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi

Mashq. Avval matn mazmuni yuzasidan savollarga javob bering, so’ngra matn mazmunini o’z so’zingiz bilan hikoya qiling. Bir nechta so’zni oldin qo’shimchasi bilan, keyin qo’shimchalarini tushirib qoldirib ko’chiring. Ko’p bo’g’inli otlarni aniqlang.
Xullas, matn asosida lug’at ishiga doir beriladigan mujassam topshiriqlar, bajariladigan mujassam leksik mashqlar o’quvchilarning so’z boyligini oshirishga, talaffuzi va imlo savodxonligini yaxshilashga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Imloviy mashqlar.
Matndan ajratib ko’rsatilgan so’zlarni bo’g’inlarga bo’g’in ko’chirish qoidalariga amal qilib ajratib yozing.
Matn tarkibidagi barcha so’zlarni bo’g’inlarga ajratib ko’chirib yozing.
Ushbu mashq turining ahamiyati haqida M.Yo’ldoshevannng “So’zlarni bo’g’inlarga ajratib yozish mashqlari - savodxonlikni oshirishniig muhim omili” degan maqolasida atroflicha so’z yuritiladi.
Grammatik materiallarni o’rganishga doir mashqlar.
Berilgan so’zlardan so’zlarni o’zaro bog’laydigan qo’shimchalarni tushirib qoldirib o’qing.
Nuqtalar o’rniga zarur qo’shimchalarni qo’shib gaplarni o’qing.
So’z shakllarini ona tiliga tarjima qiling.
So’z shakllarini o’zbek tiliga tarjima qiling.
Gaplarni nuqtalar o’rniga qavs ichidagi qo’shimchalardan birini qo’yib o’qing. (Masalan, -sh, -ish, -v, -uv.)
Nuqtalar o’rniga zarur so’zni (bog’lovchini) qo’yib gaplarni o’qing.
Xullas, ta’lim rus, tojik va qozoq tillarida olib boriladigan maktablar uchun moslab tuzilgan amaldagi ayrim “O’zbek tili” darsliklari sharoitida nutq o’stirishning matndan foydalanish yo’li tavsiya etilgan.
Kommunikativ sintaksis sanalmish matnda leksik va grammatik vositalarni, ularning funktsional-semantik jihatlarini, gapda so’zlarning, shuningdek, gaplarning o’zaro bog’lanishi, matn tuzilishini kuzatish, umuman, yozma nutq qonun-qoidalari, uning og’zaki nutq bilan munosabatini o’rganish imkoniyatlaridan unumli foydalanish darslar samaradorligini oshirishning muhim omili bo’lib maydonga chiqadi.
Bir matn asosida faqat bitta qo’shimcha yoki talaffuz va imlo qoidasiga ko’ra bir xillik kasb etadigai qo’shimchalar ustida ish olib boriladi. O’zbek tili darslarida qo’shimchalarning talaffuzi va imlosini izohlash talab etilgan o’rinlarda qoidalarni ongli ravishda amalda qo’llash, nutq jarayonida qo’shimchaning zarur fonetik variantini tez farqlab ishlatish vaziyati mavjud. Tajribalarning tasdiklashicha, o’quvchilar mashq ia topshiriqlarni bajarishda mustaqil qaror kabul kilish vaziyatiga tez-tez tushib turadilar, bu holat ularni mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishda katta yordam beradi.
O’zbek tili darslarini har tomonlama to’g’ri, ijodiy tashkil etishda mashq va topshiriqlarni o’quvchilar uchun tushunarli tarzda bayon etish, bunda o’quvchilar ona tili darslarida o’rgangan tushunchalarni ifodalovchi terminlardan foydalanish onglilikni ta’minlaydi, vazifaning kutilganidek bajarilishiga erishish imkonini beradi.

Download 360.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling