Iborat. Haqiqatdan ham "Iste’molchi shoh" degan shior bu falsafaning negizidir
Download 58.55 Kb.
|
Marketing kommunikatsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
XULOSAInsoniyat paydo bo‘lgandan buyon savdo inson taraqqiyoti bilan hamohang ravishda shakllanib kelgani sir emas. Savdo rivojlanib, savdogarlar o‘rtasida bozor va xaridorlar jihatidan ustunlik va yetakchilikka harakat qilish ular o‘rtasidagi narx va sifat vositasida raqobatni keltirib chiqardi. Endi ular o‘z mahsulotlarini maqtab xaridorda nisbiy afzallik va moyillikni kuchaytirishga o‘tdilar. Bu raqobat o‘z navbatida reklamaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Tarixiy manbalar shundan darak beradiki, dastlab misrliklar tijorat maqsadlari uchun papirusga bitilgan savdo narxlari yozilgan mayda xabarlar va devoriy xabar matnlarini qo‘llaganlar. Pompeya xarobalari va Qadimgi Arabistonda tijoriy xabarlar va siyosiy namoyishlar lavhalari ham topilgan. Devorlarga o‘yib yoki chizib ishlangan tasvirlar reklamaning qadimgi turlaridan hisoblangan va kelib chiqishi Hindistonga borib taqalib, miloddan avvalgi 4000-yilda paydo bo‘lgan. Yana tarixdan shu narsa ma’lumki, reklamaning ilk ko‘rinishlari uy tashqarisidagi reklamalar (qadimgi davrlarda xizmat ko‘rsatish joylari xizmat ko‘rsatuvchilar uylarining bir qismida qurilgan) va devorga ilingan e’lonlar bo‘lgan. O‘rta asrlarda aholining asosiy qismi savodsiz bo‘lganligi sababli hunarmandlar kasblariga doir belgilarni o‘zini reklama va mo‘ljal sifatida qo‘llaganlar. Masalan, taqachilar ot taqasi rasmini yoki aynan, temirchilar bolg‘a, kosiblar etik va sartaroshlar ustara tasviridan foydalanganlar. Meva va sabzavot sotuvchilari esa shahar markazlariga kelgan holda o‘zlari yoki biror kishini yollab o‘z mahsulotlarini maqtab jar solganlar yoki jarchi yordamidan foydalanganlar. Ilm-fan taraqqiyoti asta–sekinlik bilan o‘sgan sari o‘qish ommalashdi va bu o‘z navbatida bosmaxonalar kashfiyotiga olib keldi. Endi odamlar tarqatmalar orqali reklama qila boshladilar. XVIII asrga kelib ingliz gazetalari reklamalarni bosib chiqara boshladi. Lekin bu reklamalar asosan turli yangi kitoblar va gazetaning o‘zini maqtashdan nariga o‘tmasdi. Keyinchalik dori vositalari reklamasini tarqata boshladilar va bu gazetalarning foyda olish yo‘nalishining o‘zgarib ketishiga olib keldi, ya’ni ular gazeta tirajlari bilan bir qatorda reklama orqali ham foyda ola boshladilar. Tahririyatlar reklama orqali daromad olishga shunchalik kirishib ketdilarki, buyuk Yevropa o‘latida ular ancha insonning uyi kuyishiga sabab bo‘ldilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLARO‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: Adolat, 2013. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.: Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. Jalolov J. Marketingni boshqarish strategiyalari: O‘quv qo‘llan- ma. Download 58.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling