Iborat. Haqiqatdan ham "Iste’molchi shoh" degan shior bu falsafaning negizidir


Marketing kommunikatsiyasi kompleksi (reklama, sotishni rag‘batlantirish, tashviqot, jamoa bilan ishlash, shaxsiy sotuv


Download 58.55 Kb.
bet10/11
Sana18.12.2022
Hajmi58.55 Kb.
#1031123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Marketing kommunikatsiyasi

2.3.Marketing kommunikatsiyasi kompleksi (reklama, sotishni rag‘batlantirish, tashviqot, jamoa bilan ishlash, shaxsiy sotuv,


bevosita sotuv)

Marketing tizimida kommunikativ jarayonlarni boshqarish:



      1. Kommunikatsiyalar va tovarlarni ilgari surish strategiyalarini ishlab chiqish samarali kommunikatsiyalar algoritmini asoslash.

      2. Hamkorlik, iste’molchilar va raqobatchilar bilan o‘zaro harakatlanishning samarali tizimini ishlab chiqish.

      3. Multimedia – kompaniyalarning optimal qarorlarini ishlab chiqish: reklama maqsadlarini tasdiqlash, reklama budjeti haqida qaror qabul qilish, reklama vositalarini tanlash, reklamaning samaradorligini baholash.

      4. Bevosita marketing dasturini ishlab chiqish, savdoni optimallashtirish va PR(Public Relations).

4P- (Mahsulot, Joy, Narx, Targ‘ibot).
Targ‘ibot marketingning zamonaviy ko‘rinishi. Targ‘ibot (Promotion) Sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi xaridorning xatti-harakati va fikrlashiga ta’sir etgan holda ma’lumot almashinuvi. Marketing menejerlarining asosiy vazifasi – mijozlar va ular guruhiga kerak mahsulot aynan qaysi joyda va ularga ma’qul narxni ma’lum qilishdir.
Targ‘ibot (Promotion) - marketingning zamonaviy ko‘rinishi:

Targ‘ibot usullari:



  1. Shaxsiy (Personal Selling) sotish – sotuvchi va potensial xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni bildiradi. Shaxsiy sotish orqali sotuvchi darhol xaridorni fikrini bilib olish va keyinchalik qaror qabul qilishni osonlashtiradi. Ko‘p marketologlar shaxsiy sotishni tatbiq qilishda juda qimmat va murakkab hisoblaydilar.

  2. Ommaviy sotish (Mass Selling) – bir vaqtning o‘zida ko‘plab potensial xaridorlar bilan muloqotda bo‘lish. Odamlar gavjum joyda

«ommaviy sotish»ning eng asosiy ko‘rinishlaridan biri. An’anaviy OAV-jurnal, gazeta, radio va TV hamda internet orqali xat yuborishni o‘z ichiga oladi. Reklama qilishda pul to‘lanadi, lekin «ommaviy sotish»ning boshqa ko‘rinishi publicity- oshkoralik «tekin».

  1. Sotish targ‘ibot qilish - (Sales promotion) – bu reklama qilish, ommaviy yoki shaxsiy sotishdan boshqa – mahsulotga mijozlarning qiziqishini orttirgan holda sotish hatti-harakatlari.

Biznesmen Richard Brenson Britaniya ishbilarmonlik maydoniga 1970 – yillarda o‘sha paytlarda yangilik (innovatsiya) bo‘lgan ovoz yozuvchi Virgin Records kompaniyasi bilan yorib kirdi. U boshqa hech kim nazariga ilmagan ijrochilar bilan shartnomalar tuzdi va o‘zining hozirgi kunga qadar davom etib kelayotgan marafonini boshladi. Virgin Records 1992–yilda Thorn-EMI kompaniyasiga deyarli 1 mlrd. doll.ga sotildi, biroq jamlangan daromadi 8 mlrd. doll.dan ortadigan 200 dan ortiq boshqa kompaniyalar tuzildi. «Virgin» nomi (darvoqe, bu Buyuk Britaniyadagi uchinchi eng obro‘li savdo markasi) va R.Brenson shaxsining o‘zi bilan turli xil tovarlar va xizmatlarni bog‘laydilar (samolyotlar, poyezdlar, moliyaviy mahsulotlar, yaxna ichimliklar, musiqali yozuvlar, mobil telefonlar, avtomobillar, vinolar, kitoblar, hattoki, to‘y liboslari ham). Ko‘p qirrali bu mahsulotlarga takliflar ham yetarli bo‘lishi bilan birga to‘langan puliga yuqori narxlardaligi, sifatliligi, innovatsiyalari, a’lo kayfiyat ulashishi, raqobatchilarni


«ko‘zini o‘ynata olishi» bilan xarakterli. Virgin Group o‘zi uchun bozorlarda qoniqarsiz talablarni, to‘lov qobiliyatlariga ega ehtiyojlar va uncha faol bo‘lmagan raqobat qidirmoqda. «Biz ularni topganimizdan keyin Virginga raqobatchilar o‘zini yaxshiroq ko‘rsata olish imkoniyatlari tug‘iladi. Biz xaridorlarga ishonch, innovatsiya va do‘stona munosabatlar yetmagan joylarda ularni yetkazib beramiz», - deydi R.Brenson.
1998–yilda Brenson AQShda Virgin Cola kompaniyasini ochganda, u shaxsan Nyu-Yorkning Beshinchi avenyusini kezib chiqar ekan, hamma ertalabki yangiliklar dasturlariga intervyu berishga ham ulgurgan edi. 2002–yilda u Virgin mobil aloqa operatoriga xizmat ko‘rsatishi e’lon qilindi. 2004–yilda «Virgin Puclse» umumiy nomi bilan yuqori texnologik elektron qurilmalar seriyasi chiqarilishi munosabati bilan R.Brenson yana sahnada paydo bo‘ldi – bu Nyu- Yorkdagi tungi klublardan birining sahnasi edi.

Download 58.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling